Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
zahar odam zahri. Bunga davo yo‘q. Odam  odamni  chaqsa  albatta  o‘lim haqdir! Olloh 
biz — ilonlarni tuban qilib  yaratdi. Ammo biz bir-birimizni chaqmaymiz. Siz — odam 
bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir-biringizni chaqib o‘ldirasiz. Sen jonini saqlab 
qolmoqchi bo‘lgan xastaga mening zahrim davo emas, yanglishma. Uni o‘z do‘sti  
chaqqan. Uning dardiga davo topa olmassan. Bunga hatto Luqmon ham davo topmagay. 
Qo‘y, u o‘laversin. Azoblardan qutulsin...» Anvarning nazarida Hikmat O‘rolov bu 
gaplarni baland ovozda aytdi. Bu gaplarni pastdagilar ham, ko‘chadagilar ham 
eshitishdi... 
Anvar ostonada yana bir oz turgach, iziga qaytdi. 
«Bu ayol buncha sabotli bo‘lmasa, — deb o‘yladi u. — Shunaqa vaziyatda ham odob 
chegarasida qolish shartmi? Dod solmaydimi? «Erimni senlar o‘ldirdilaring, chaqib-chaqib 
o‘ldirdilaring! Ilon chaqsa o‘lmay qolardi, senlarning zahring jonini oldi! Keltirgan 
tobutlaring o‘zlaringga buyursin, o‘zlaring tushib yotlaring, rohatlanlaring!..» deb 
baqirsa  bo‘lmaydimi! «Sen ham shularning birisan!» deb meni-da yulib 
tashlamaydimi?..» 
Anvar tashqariga chiqdi. Tanish, notanish odamlar... Achingan ham, loqayd ham, 
musibatga sherik ham, «o‘lgani yaxshi bo‘ldi» deguvchi ham shu  yerda. Anvarning 
ko‘ziga hamma — do‘st ham, dushman ham ilon bo‘lib ko‘rindi. O‘zini ulkan bir 
ilonxonada his etib, badaniga muz yugurdi. Nazarida qo‘l qovushtirib, qayg‘uga 
berilganday bo‘lib turganlar odamlar emas, balki lunjini shishirib, tilini o‘ynatib, bir 
hamla bilan chaqishga tayyor turgan ilonlar edi go‘yo. Sudralib yuruvchi rosmana ilonlar 
chaqaman, deb niyat qilmaydi, ikki oyoqli ilonlar esa fursat poylaydi. Mana shu 
turganlarning qay biri qachon, qay birini chaqar ekan? Mana shu turganlarning qay biri 
qachon odam zahridan tatib o‘lar ekan? Rosmana ilonlar chaqadi-yu, qochadi. Ikki 
oyoqlilar esa to ko‘mib tashlamagunicha tinchimaydi... Jasadni ko‘mish bilan cheklansa 
koshki edi, xotirasini, nomini ham ko‘mishga intilsa-chi? 
Anvarning xayoli shu gaplar bilan band, ko‘zlari esa odamlar orasidan kimnidir qidirardi. 
Murda olib chiqilganda ham, masjid sari yurilganda, janoza o‘qilayotganida, hatto qabrga 
qo‘yilayotganida ham izladi uni. «Qilgan ishidan pushaymon yedimi, uyaldimi?» degan 
savolga javob topa olmadi. 
Qabrga tuproq tortilgach, tanish ovozni eshitib, hayrat bilan alangladi — «Qachon paydo 
bo‘ldi bular?!» 
— Hurmatli o‘rtoqlar! — dedi O‘lmas Akram baland ovozda. Hamma, jumladan, 
to‘nkarilgan tobut ustiga o‘tirib qiroatni boshlay deyayotgan imom ham ovoz kelgan 
tarafga qaradi. Tuproqni ketmon bilan shibbalayotgan go‘rkov yonida O‘lmas Akram, 
Xolidiy, Mirolim, yana bir necha nomdor olimlar paydo bo‘lgan edilar. 
O‘lmas Akram «ilm ahlining musibatini» bayon etgach, so‘zni «marhumning yaqin 
safdoshi ulug‘ olim Xolidiy»ga berdi. Anvar uning «Aziz birodarim...» degan dastlabki 
so‘zlarini eshitdi-yu, vujudini zirillatgan g‘azab quloqlarini kar qildi, ko‘z oldiga qizil 
parda tortdi. U tamoman o‘zini yo‘qotdi-da: 
— Munofiq! — deb baqirdi. 
Odamlar hayrat bilan unga qaradilar. Anvarni taniganlar maqsadni tushundilar. 
Tanimaganlar esa: «Bu yigit kimni «munofiq» deyapti, marhumnimi yo voiznimi?» — 
deb ajablandilar. Xolidiy esa bu hitobni eshitmaganday gapni xotirjam tarzda davom 
ettirdi: 
— Munofiq!! — Anvar yana baqirib notiq sari sapchidi. — Uni sen o‘ldirding, hayvon! 
Yana aziz birodarim, deysanmi?! 
Anvar og‘zidan chiqayotgan so‘zlarni nazorat qila olmas edi. Odamlar nima gapligini 
tushunib yetgunlariga qadar u Xolidiyning bo‘g‘ziga chang solishga ulgurdi. 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish