www.ziyouz.com kutubxonasi
148
Sattorovich chiday olmadi. Ko‘zda yosh bilan hujjatxonani tark etdi...»
Anvar gazitni g‘ijimladi, so‘ng pora-pora qilib yirtdi. Keyin o‘rnidan turib, Gulnora
o‘tirgan stolga yaqinlashdi-da, undagi gazitni ham poralab tashlagach, stolni zarb bilan
tepdi. «Eng kichik ilmiy xodim» yugurib kelib, uni yelkasidan quchoqladi.
— Anvar aka, o‘zingizni bosing. Hech kim ishonmaydi bu gaplarga.
— Men bor edim o‘sha yerda, o‘qib bergan edi, maraz! Shularni yozish uchun atay
borgan u haromi!
Shu payt Anvarning qulog‘i shang‘illab, ko‘zlari tindi. Tanish ovoz eshitildi: «Hikmat
O‘rolovnikiga bor...»
Anvar «eng kichik ilmiy xodim»ning quchog‘idan bir yulqinib bo‘shadi-da, tez-tez yurib,
xonadan chiqdi. Ovozning hukmiga bo‘ysunmay Xolidiyning xonasiga bordi: eshik berk...
O‘lmas Akramning eshigi ham berk... Hatto kotibasi ham yo‘q. Anvar egasiz eshikni
tepib, bo‘ralab so‘kdi-da, ovozning buyrug‘iga itoat etib, Hikmat O‘rolovning uyiga qarab
ketdi.
Hikmat O‘rolov shahar markazida, olimlar uchun maxsus qurib berilgan ikki qavatli uyda
yashardi. Eshik qiya ochiq bo‘lsa ham Anvar qo‘ng‘iroqni bosdi. Dam o‘tmay ostonada
Hikmat O‘rolovning xotini ko‘rindi. Erini benihoya tarzda izzat qiluvchi, har qanday
beta’sir shamoldan asrashga intiluvchi, sochlari tekis oqargan xushro‘y, xushmuomala
bu ayol barchani shirinso‘zligi bilan maftun etardi. Hozir ham Anvarni mehribonlik bilan
qarshiladi.
— Kelganingiz yaxshi bo‘ldi. Domla sizni juda yaxshi ko‘radilar. Ko‘p gapiradilar. Ancha
vaqt ko‘rinmadingiz, xavotirlandilar.
Anvar nima deyishni bilmadi. «Tobim yo‘q edi», desa, jinnixonadan chiqqaniga ham
yarim yil bo‘ldi. Birrov kelib ketishi mumkin edi...
— Ayb menda, e’tiborsizlik qildim, — dedi Anvar dangal.
Ayol bu gapni eshitib, shiringina jilmaydi-da, boshini sarak-sarak qilib, dedi:
— Unday demang, jon o‘g‘lim, yoshlarning ishlari, tashvishlari ko‘p bo‘ladi. Eng muhimi,
dilingizda tutgan bo‘lsangiz bas.
Anvar ostona hatlab ichkari kirib, to‘xtadi.
— Nega to‘xtadingiz, kiravering.
— Domla... o‘qidilarmi?
— Ha... — ayol ma’yus jilmaydi. — Lekin siz qayg‘urmang. Bu hali fojia emas. Biz
bundan battarlarini-da ko‘rganmiz.
— Hammasi tuhmat...
— Qayg‘urmang, deyapman-ku. Domlajon mutlaqo e’tibor bermadilar. Odatdagidek
kitobxonalarida ish bilan bandlar. Yuring, yuravering....
Anvar uy bekasining izidan ikkinchi qavatga ko‘tarildi. Bu uydagi mehmon kutishga
mo‘ljallangan eng katta xona kitoblarga ajratilgan. To‘rt devor gir aylana, hatto eshik-
derazalarning yonlari, tepalariga ham taxtachalar qo‘yilib, kitoblar terilgan. Ko‘cha
tomonga qaragan katta deraza yonida yozuv stoli. Ikki kishining suhbatlashib o‘tirishiga
mo‘ljallangan ikkita yumshoq o‘rindiq, pastak kursi... Katta xonaning jihozlari shulardan
iborat.
Hikmat O‘rolov yumshoq o‘rindiqlardan birini band etgan, qo‘lida qadimdan qolgan
kitob. Ko‘zlari kitob sahifasiga qadalgan, xayoli esa nima bilandir qattiq band edi. U
zinadan ko‘tarilayotgan ikki kishining sharpasini sezmadi. Anvar uning o‘tirishiga
qaraboq, ish bilan band emasligini fahmlab, o‘girildi-da, uy bekasiga savol nazari bilan
qaradi. Uy bekasi boshini chayqab qo‘yib, yengil yo‘taldi. Hikmat O‘rolov bunga ham
e’tibor bermadi. Shunda Anvar balandroq ovozda salom berdi.
Xayol changalidan yulib olingan Hikmat O‘rolov cho‘chib tushdi-yu, ammo sir boy
Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |