Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
Gurgonda va ayniqsa Kermonda shialar harakati juda avjiga chiqqan, Shayboniyxon bu 
shaharlardagi shialarning boshliqlarini ayovsiz qatl ettirdi, ularning masjid va 
ziyoratgohlarini buzdirdi, mol-mulklarini talattirdi. Bu hammasi shialar peshvosi Shoh 
Ismoilni darg‘azab qilishi va darhol jangga otlantirishi kerak edi. O‘sha paytda hal 
qiluvchi jang bo‘lsa, Shayboniyxon g‘olib chiqishi muqarrar, chunki Shoh Ismoilning 
yarim kuchi turk sultoni bilan urushda band edi. Buni shohning o‘zi ham sezgan bo‘lsa 
kerak-ki, hamma alamini ichiga yutib, Shayboniyxonga yaxshi muomala qildi, maxsus 
elchi yuborib, uni Movarounnahr va Xurosonning oliy hukmdori, deb tan oldi va oradagi 
adovatni urushsiz bartaraf qilishga istak bildirdi. 
Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton, jiyani Ubaydulla Sultonlar shoh elchisiga iloji 
boricha yaxshi muomala qilishni, unga shirin gaplar aytib, shohga sovg‘a-salomlar 
yuborib, uni Samarqanddagi Sulton Ali mirzo va Toshkentdagi Mahmudxon kabi g‘aflatda 
qoldirishni, keyin payti kelganda o‘shalarga o‘xshatib yo‘q qilib yuborishni istar edilar. 
Lekin orada dinu mazhab nizosi ajdahoga o‘xshab og‘zini ochib turardi. Shayboniyxon 
Xurosonda turgan o‘z qo‘shinining shialar ta’sirida shu ajdahoning domiga tortilib 
ketishidan qo‘rqar, «dinu imon yo‘lida murosa yo‘q, kimki shialarga qo‘l bersa, dindan 
qaytib, rofiziy bo‘lg‘ay», degan gapni ko‘p takrorlardi. Endi agar Shayboniyxon o‘g‘li va 
jiyanining so‘ziga kirib, Shoh Ismoilni tan olsa, unga yaxshi muomalada bo‘lsa, shu bilan 
beixtiyor shia mazhabini tan olgan bo‘lmaydimi? Odamlar: «Xonimizning o‘zi ham 
rofiziylik yo‘liga kiryapti!» demaydimi? Yo‘q! Shayboniyxon o‘zining pok e’tiqodiga dog‘ 
tushirishni istamaydi! Uningcha, g‘ayridindan ham rofiziylik yomon. Chunki g‘ayridin — 
hali musul-monchilikdan bexabar. Rofiziylar esa avval musulmon bo‘lgan, keyin 
choryorlar nomiga xiyonat qilib, ulardan yuz o‘girgan. Shayboniyxon bunday odamlarga 
shafqatsiz munosabatda bo‘lishi kerak. Shu fikr asosida u shoh elchisini behurmat qilib 
qaytardi. Shohning maktubiga esa osmondan kelib javob yozdi. «Sen bir shayxning 
o‘g‘lisan, toju taxtni senga kim qo‘yibdi, belingga kashkulingni bog‘lab, qalandarligingni 
qilsang-chi!» degan ma’noda unga kashkul va hassa «sovg‘a» qilib yubordi. Bu 
voqeadan keyin Shoh Ismoil turk sultoni bilan sulh tuzdi-yu, Shayboniyxonga qarshi 
jangga tayyorlana boshladi. Xonning Kermondagi shia masjidlarini buzdirgani ustiga endi 
Shoh Ismoilning elchisini behurmat qilib qaytargani qo‘shilgach, Shayboniyxondan qasos 
olishni istovchilarning soni ko‘payib ketdi. 
Xuddi shu paytlarda Movarounnahrdan ham tashvishli xabarlar kela boshladi — 
ko‘chmanchi sultonlar zulmiga chiday olmagan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro aholisi ularga 
qarshi isyon ko‘taradilar. G‘alayonlar Samarqandda ham, Hisorda ham bo‘layotganini 
eshit-gan Shayboniyxon Hirotdagi qo‘shinlaridan o‘ttiz mingini Movarounnahrdagi 
sultonlarga yordamga yubordi. Bu g‘alayonlarning sababini bilishiga yuborilgan maxsus 
kishilar Turkiston, Hisor va Buxoro sultonlarining o‘zboshimchalik yo‘liga o‘tganlarini 
aniqlab keldilar. Shayboniyxon uch yildan beri Hirotda yashamoqda edi. Uning 
uzoqdaligidan foydalangan sultonlar o‘zlarini xon, ko‘lankalari maydon bilib ish olib 
bormoqda edilar. Xufiyalar ularning ig‘vo gaplarini ham Shayboniyxonga yetkazib turar 
edilar. Xususan, Ubaydulla Sulton, Ko‘chkinchixon va Hamza Sultonlar 
Shayboniyxonning Shoh Ismoil bilan qaltis siyosat olib borayotganidan norozi edilar: 
«Jangni biz qilamiz, g‘alabani biz keltiramiz, xonimiz faqat yosh qizchalarni nikohiga olib, 
lazzatlanishni biladi, hech qaysimizning maslahatimizni olmaydi, shunday bo‘lgach, biz 
ham bu yerda istaganimizcha davron suraylik-da». Sultonlarning bu gaplari 
Shayboniyxonning g‘azabini avjiga chiqardi. U ichki nizolarni bir zarba bilan bartaraf 
qilmoqchi bo‘ldi-yu, Ubaydulla Sultonni Buxoro hokimligidan, Ko‘chkinchixonni Turkiston 
hokimligidan, Hamza Sultonni Hisor hokimligidan olib tashladi va ularning o‘rinlariga 
boshqa itoatkor odamlarni qo‘ydi. Albatta, bu keskin tadbir xon qo‘shini orasida katta 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish