Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
209
boshladi. 
Shayboniyxon o‘n besh ming qo‘shinni darhol otlantirdi. Uch yuztacha navkarni qal’ada 
qo‘riqchilik qilish uchun qoldirdi-yu, qolganlarini qo‘rg‘on darvozalaridan tashqariga 
boshlab chiqdi. Uzoqda shoh askarlari chodir va o‘tovlarini aravalarga ortib, betartib 
chekinib bormoqda. 
Shayboniyxon baland bir joyga chiqib, Amudaryo tomonga uzoq tikilib qaradi. Qani endi 
o‘sha o‘ttiz ming qo‘shini hozir yetib kelsa! Lekin o‘sha yoqdan otini yeldirib kelgan 
chopar qo‘shinning hali ham Amudaryodan narida yurganini aytdi. 
Shoh Ismoil askarlari hamon chekinib bormoqda. Nahotki Shayboniyxon shunday qulay 
fursatni boy berishi kerak? Odamlar: «Xon qo‘rqoqlik qilgan, bo‘lmasa uning qo‘shini 
shohnikidan ko‘p, dadil hamla qilsa yengar edi», deyishmaydimi? Narigi sultonlar esa: 
«Ana, bizsiz xon hech vaqt jang qilolmaydi!» deyishi ham turgan gap. Eh, agar shu gal 
xon g‘alabani narigi Ubaydulla Sulton va Temur Sultonlarsiz qo‘lga kiritsa edi,  qolgan  
butun umri shon-shuhrat ichida o‘tmasmidi? 
Xon ikkilanib turganini ko‘rgan mulla Abdurahim izg‘irinda lablari ko‘karib, iltimos qildi: 
— Hazratim, biz sizning ulug‘ joningizni xavf-xatardan uzoqroq tutmog‘imiz darkor. 
Movarounnahrdan keladigan qo‘shinni kutaylik. 
Xon qahr bilan so‘radi: 
— Qani o‘sha qo‘shin! Qani?! 
— Qish izg‘irinida daryodan o‘tmoq mushkul. Biroq Ubaydulla Sulton bilan Temur 
Sultonlar hademay kelib qolurlar. 
— Shoh Ismoil Tabriziga yetganda kelurmi? Agar bu it sultonlar istasa allaqachon yetib 
kelmasmidi? Bu sultonlaring jo‘rttaga meni yolg‘iz tashlab qo‘ydi! «Hamma g‘alabani biz 
qo‘lga kiritamiz!» deb maqtanar emishlar, ablahlar! Men bo‘lmasam g‘alabani tushlarida 
ham ko‘rishmas edi! 
Haq gapni aytdingiz, hazratim! 
— Men mana bu shunqorlarim bilan erishganmen butun g‘alabalarga! — Shayboniyxon 
shunday dedi-yu, jangga shay bo‘lib turgan o‘n to‘rt mingdan ortiq qo‘shinning saflari 
orasiga ot choptirib kirdi: — Shunqorlarim, yog‘iyning safi buzilib chekinganini 
ko‘rdilaring. Ular son jihatdan ham bizdan oz! O‘zlari sovuqda diydirab holdan ketgan. 
Men ishonamen, ollohu taolo bizga yana bir ulkan g‘alabani in’om etgusidir! Muhammad 
alayhissalomning arvohlari pok sunniy mazhabidagilarni qo‘llab-quvvatlagusidir! 
Choryori bosafolar madadkoringiz bo‘lsin, shunqorlarim. Dushman o‘z saflarini qayta 
tuzib ulgurmasdan yetib boringlar! Xudo omadlaringni bersin! Omin ollohu akbar! 
Minglab ovozlarning: 
— Ollohu akbar! 
— Ollohu akbar! — degan hayqirig‘i barcha saflar bo‘ylab taraldi. 
Ko‘pakbiy va Qambarbiylar oldinda, Shayboniyxon qo‘shinning o‘rtarog‘ida qizilboshlar 
ketidan ot choptirib ketdilar. 
Ilgari xonga aniq axborotlar berib turadigan maxsus odamlar bu gal Shoh Ismoilning 
yolg‘ondakam chekinayotganini va harbiy nayrang ishlatmoqchi ekanini bilmay qolgan 
edilar. 
Shoh Ismoil Marvni qamal qilish uchun askarlarning ozroq bir qismini boshlab borgan 
edi. Uning yana yigirma ming kishilik saralangan askarlari Marvdan yigirma chaqirimcha 
naridagi qumtepalar ortiga pistirma qilib qo‘yilgan edi. 
Bunday harbiy nayrangni Shayboniyxonning o‘zi o‘n ikki yil muqaddam Buxoroning 
Qorako‘l shahrida qo‘zg‘olon ko‘targan isyonchilarga qarshi ishlatgan edi. U ham 
qo‘shinning asosiy qismini Qorako‘lning sharqidagi pana joylarga bekitib qo‘yib, ozgina 
askari bilan hujumga borgan, qal’a ichidagi isyonchilar yovning ozligidan dadillanib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish