Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
211
 
_________________ 
* Aql bovar qilishi qiyin bo‘lgan bu tafsilotlar Shoh Ismoilning dushmanlari tomonidan yozib qoldirilsa mubolag‘a deb o‘ylash mumkin edi. 
Lekin bu tafsilotlar Shoh Ismoilning xayrixohlari yozgan «Tarixi olam oroyi Abbosiy»da va Xondamirning «Habib us-siyari»da ham keltirilgan.
 
 
QUNDUZ. SAMARQAND 
IKKI QILICH ORASIDA 
 
1 
 
Zarrin popuklar bilan bezatilgan oq tuyaning ustida malikalar o‘tiradigan baxmal 
soyabonli kajavada Xonzoda begim to‘qqiz yashar o‘g‘ilchasi Xurramshoh bilan Balxdan 
tog‘ oshib, suv kechib Qunduzga bormoqda edi. Begimni besh-oltita kanizlari
xizmatkorlari va yuzga yaqin shoh navkarlari kuzatib kelmoqda edilar. 
Shayboniyxondan shunchalik shafqatsiz o‘ch olgan Shoh Ismoil xonning Marvda asir 
tushgan xotinlaridan biri — Bobur mirzoning egachisi ekanligini eshitib, unga alohida 
iltifot ko‘rsatgani tasodifiy emas edi. 
Marvdagi voqealarni Qunduzda turib eshitgan Bobur Shoh Ismoilga maxsus maktub 
yo‘llab, uni Shayboniyxon ustidan erishgan katta g‘alabasi bilan tabriklagan, so‘ng xon 
haramidagi egachisi Xonzoda begimni beshikast Qunduzga jo‘natib yuborishni iltimos 
qilgan edi. 
Boburni Shayboniyxon bilan dadil olishganligi uchun hurmat qiladigan Ismoil Safaviy 
endi uni o‘ziga ittifoqdosh qilgisi keldi-yu, Xonzoda begimga qo‘shib, eng ishongan 
kishilaridan biri — Muhammadjon eshik og‘asini Bobur huzuriga elchi qilib jo‘natdi. 
Xonzoda begim shohning yashirin niyatlarini bilmasa ham yana allaqanday xatarlar uni 
yosh o‘g‘ilchasi bilan birga o‘z girdobiga tortmoqchi ekanini elas-elas sezar va noma’lum 
bir tahlikadan yuragi dam-badam uvushar edi. 
Shohning elchisi va navkarlari butun yo‘l davomida Xonzoda begimni ham, uning o‘g‘li 
va kanizlarini ham o‘z odamlari kabi astoydil avaylab va qo‘riqlab kelmoqda edilar. 
Ularning ayollar bilan muomaladagi odoblarini, olijanob ehtiromlarini begim ko‘p marta 
sezdi. Shoh Ismoildan boshqa podshoh bo‘lsa, Shayboniyxonday ashaddiy dushmanning 
norasida o‘g‘lini yo‘q qilib yuborishi, xonning xotinini o‘z haramining asirasiga ay-
lantirishi yoki birorta bekiga nikohlab berishi mumkin edi. Shoh Ismoil shunday 
qilmagani, aksincha, Xonzoda begimni malikalarday izzat-ikrom qilib, yoniga mo‘’tabar 
elchilaru o‘nlab navkarlarini qo‘shib, Boburning huzuriga yuborgani, bu jabrdiyda 
juvonning qalbida umrbod unutilmaydigan bir minnatdorchilik tuyg‘usi uyg‘otgan edi. 
Xonzoda begimni butun yo‘l bo‘yi sergaklantirib borayotgan noma’lum xavf go‘yo 
bahaybat tog‘lar va o‘rmonlarda yashirinib turganga o‘xshardi. Qish endi chiqqan, 
tog‘larda hali qor ko‘p. Baland dovonlardan, tor-tangilardan o‘tayotganlarida Xonzoda 
begimning nazarida, tog‘dan ko‘chki tushib, hammalarini bosib qoladiganday bo‘lardi. 
Momaqaldiroqli yomg‘irlar yoqqanda daralarning sellari begimning yonidagi o‘g‘ilchasini 
oqizib ketadiganday vahmini keltirardi. Bir kecha Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi 
o‘rmonning chetida— Surbaytal degan joyda tunadilar. Xonzoda begim o‘rmonda kiyik 
ovlab yurgan yo‘lbarslarning haybatli bo‘kirishlarini eshitib, tuni bilan uxlay olmay chiqdi. 
Ilgari Shayboniyxonning ukasi — juda ko‘p xatarli janglarda o‘lmagan Mahmud Sulton 
mana shu Qunduzga kelganda allaqanday yomon bezgakka uchrab, bir necha kun ichida 
o‘lib qolgan, keyin uni Qarshiga eltib ko‘mishgan edi.  
Qunduzga yaqinlashganlarida G‘o‘ri daryosi Qunduz daryosi bilan qo‘shilib, Amudaryoga 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish