Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
210
tashqariga chiqqan edilar. Shunda xonning qo‘shini jo‘rttaga tumtaraqay bo‘lib qochgan, 
isyonchilar esa ularni «Yengdik» deb ketlaridan quvgan edi. Biroq qal’adan besh-olti 
chaqirim uzoqlashganlaridan keyin pistirmadagi xon askarlari yopirilib chiqqan va 
isyonchilarni qirib tashlagan edi. Keyin Shayboniyxon qal’a ichida qolganlarni ham 
qatliom qilib, Qorako‘lning otbozorida odam kallasidan ulkan minora yasatgan edi. 
Hozir o‘z kuchiga ortiq darajada ishonadigan Shayboniyxon bu hiylani boshqa 
lashkarboshilar unga nisbatan ham ishlatishlari mumkinligini xayoliga keltirmas edi. 
Shoh Ismoilning Marvga ko‘rinish bergan o‘n ming chog‘lik qo‘shini Mahmudi degan 
joyda Murg‘ob daryosi ustiga qurilgan ko‘prikdan shosha-pisha o‘tib ketdi. Shoh Ismoil 
go‘yo bu ko‘prikni himoya qilib turish uchun uch yuztacha askar qoldirgan edi. 
Shayboniyxon ko‘prikka yaqinlashgach, bu uch yuz qizilbosh xo‘jako‘rsinga tiraqaylab 
qochdi. Daryodan faqat shu ko‘prik orqali o‘tish mumkin edi — har ikki qirg‘oq ham 
baland jar, kechuv yo‘q, buning ustiga, qishki daryoning suvi juda sovuq, to‘ng‘ib qolish 
hech gap emas edi. Shayboniyxonning butun qo‘shini ko‘prikdan o‘tib bo‘lguncha Shoh 
Ismoilning pistirmada yotgan kuchlari o‘zini sezdirmadi. Shayboniyxon uzoqda «qochib 
ketayotgan» Shoh Ismoil qo‘shinining izidan tushib, ko‘prikdan ancha uzoqlashgandan 
keyin pistirmada yotgan kuchlar birdan maydonga chiqdi. O‘qlab qo‘yilgan zambaraklar 
xon ustiga to‘satdan o‘q yog‘dirdi. To‘rt tarafni qizilboshlar tutib ketdi. 
Shayboniyxon o‘zining Qorako‘lda ishlatgan harbiy hiylasini endi esladi-yu, orqada 
qolgan ko‘prikka qarab chekindi. Ammo yog‘och ko‘prik allaqachon buzib tashlangan edi. 
Chekinib borgan qo‘shinning bir qismi jardan daryoga qulab tushdi. Daryoning o‘zanini 
otlar va odamlarning o‘ligi tutib ketdi. Xonning o‘zi saralangan xos navkarlari bilan 
mollar qishlaydigan atrofi yopiq bir qo‘raga kirdi. Qo‘rani qizilboshlarning olov halqasi 
o‘rab oldi. Xonning xosnavkarlari qizilboshlar qurshovida o‘lgan-qolganlariga qaramay 
jang qildilar. Qo‘ra darvozasining oldilari, paxsa devorlarning taglari har ikki tomondan 
qirilganlarning jasadiga to‘lib ketdi. Xon himoyada qattiq turganini ko‘rgan Shoh Ismoil 
zambaraklarni qo‘raning atrofiga o‘rnattirib, devor osha o‘q ottira boshladi. 
Zambarak gumburlashidan hurkkan, yarador bo‘lib quturgan otlar bir-birlarini urib, 
yiqitib o‘zlarini u yoqdan-bu yoqqa tashlay boshladilar. Qo‘ra ichida dahshatli tiqilinch
ur-sur boshlandi. Shayboniyxon qo‘lida qilichi bilan odamlariga hayqirib, to‘polonni 
bosmoqchi bo‘layotganda to‘pning tosh o‘qlaridan biri xon mingan otning boshiga kelib 
tegdi. Ot gandiraklab bir yoniga yiqildi-yu, egasini ham yerga otib urdi. Shayboniyxon 
oyog‘ini uzangidan chiqarishga ulgurmadi— bir oyog‘i otining tagida qoldi. Shu zahoti 
yana bir ot surinib yiqildi-da o‘mrovi bilan xonning ko‘kragidan bosib tushdi. 
Shayboniyxon qovurg‘alari sinib, vujudi ezilib, nafas ololmay qoldi-yu, hushidan ketdi. 
Jang tugagandan keyin xonni taniydigan qizilbosh beklardan biri uning jasadini qalashib 
yotgan ot va odam o‘liklari orasidan arang qidirib topdi. Abdurahim Turkistoniy, Mansur 
baxshi ko‘taruvchi va boshqa juda ko‘p mulozimlar, navkarlar ham xonning nari-berisida 
o‘lib yotar edilar. 
G‘oliblar Shayboniyxonning boshini kesib, nayzaga sanchdilaru Shoh Ismoil minib turgan 
otning oyog‘i tagiga eltib tashladilar. Keyin qizilboshlar Shayboniyxon qirgan shialar 
qasdiga uning kesik boshidan terisini shilib olib ichiga somon tiqdilar. G‘arbda shialarni 
quvg‘in qilayotgan va Shoh Ismoilga alam o‘tkazgan sunniyparastlardan yana biri — turk 
sultoni Boyazid II edi. Shoh Ismoil Shayboniyxonning somon tiqilgan boshini turk 
sultoniga: «Men bilan qasdlashgan sunniylar qay ahvolga tushishini ko‘rib qo‘y!» degan 
ma’noda «sovg‘a» qilib yubortirdi. 
Sunniy — shia dushmanligi shu darajaga yetgan ediki, qizilboshlar bunga ham qanoat 
qilmay, Shayboniyxonning bosh suyagiga oltin qoplatib, undan may ichadigan kosa 
yasaydilar*. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish