Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bolajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) dost bolgan. 10-12 yoshidan she



Download 8,45 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi8,45 Kb.
#676640
Bog'liq
navoiy


Tarjimai hol
Alisher Navoiy (1441-1501) - buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi. Toliq ismi Nizomiddin Mir Alisher. Navoiy tahallusi ostida chigatoy (eki ozbek tili) hamda forsiyda (fors tilidagi asarlarida) ijod qilgan. Garbda chigatoy adabiyoti hisoblanmish ozbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yoqdir.

Navoiy yoshligidan Xurosonning (Transoksaniya) bolajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan (1469-1506) dost bolgan. 10-12 yoshidan sherlar yozishni boshlagan. Navoiyning zamondoshi bolmish tarixchi Xondamir (1473(76) -1534) qoldirgan malumotlarga kora, mashhur ozbek shoiri Lutfiy (1369-1465) qarigan choglarida bolakay Navoiy bilan korishadi va uning sheriy iqtidorini yuqori baholaydi.




Hayoti davomida Navoiy musulmon Sharqining turli mamlakatlarida boladi, oz davrining taniqli shaxslari bilan korishadi. Ozining sheriy mahoratini oshiradi. 1464-1465 yillar Navoiy ijodining shinavandalari uning ilk sheriy toplamini (devonlari) tayyorlashadi. Bundan korinib turibdiki, osha davrlardayoq Navoiy mashhur shoir bolib ulgurgan. 1469 yilgacha temuriylar ortasidagi ozaro ichki nizolar tufayli Navoiy ozining ona shahri Hirotdan uzoqda yashashga majbur bolgan.


1469 yil temuriy Husayn Boyqaro Hirotni egallaydi va Xuroson hukmdori boladi. Shu vaqtdan etiboran, Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi. U mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi. Shu yili Xuroson hukmdori Navoiyni davlat muhrdori etib tayinlaydi, 1472 yil vazir boladi. Egallagan mansabi orqali u mamlakatning madaniy va ilmiy taraqqiyotida katta yordam korsatadi. Katta mulk egasiga aylanadi.


1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda oz hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot (yolovchilar uchun bekat), 17 ta masjid, 10 ta sofiylar turarjoyi (xonaqoh), 9 ta hammom, 9 ta koprik va boshqalarni qurdiradi. Biroq, saroy amaldorlariga Navoiyning bu kabi faoliyati yoqmaydi va turli fitnalar orqali Husayn Boyqaro bilan munosabatlarini buzishadi.


Shunday qilib, Navoiy egallab turgan mansabidan ozod etilib, 1487 yil Astrobod shahriga hukmdor sifatida yuboriladi. Bu yerda u ikki yil xizmat qiladi. Mazkur muddat nihoyasiga yetgachgina, X. Boyqaro unga Hirotga qaytib, hokimiyatda mansabga ega bolishiga ruhsat beradi. Lekin Navoiy bu taklifni rad etadi. Rad javobiga qaramay, Boyqaro sultonning yaqin kishisi lavozimini (mukarrabi xazrati sultani) taklif etadi. Bunday lavozimda Navoiy barcha davlat ishlari bilan bogliq ishlarda qaror qabul qilish huquqiga ega edi.


Shu vaqtdan Navoiy hayotining yangi bosqichi boshlanadi va u koproq ijod bilan shugullanadi. U yaratgan asarlarining katta qismi aynan shu davrga tegishli. Navoiy temuriylarning songgi hukmronlik yillarida (1370-1506) yashab ijod qilgan. Shuning uchun uning asarlarida jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. 1490-1501 yillar Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan.


Alisher Navoiyning ijodi ulkan. Olti dostonining hajmi 60 000 ga yaqin misrani tashkil etadi. 1483-1485 yillar Navoiy oz ichiga besh dostonni olgan Hamsa asarini yaratgan: Hayrat ul-Abror (Yaxshi kishilariing hayratlanishi), Farhod va Shirin, Layli va Majnun, Sabai sayyor (Yetti sayyora), Saddi Iskandariy (Iskandar devori).


Navoiyning Hamsasi mazkur janrda yaratilgan turkiy tildagi birinchi asar hisoblanadi. U - turkiy tilida ham bu kabi yirik kolamdagi asar yaratilishi mumkinligini isbotlab berdi. Haqiqatan ham, Navoiy chigatoy tilida (eski ozbek tili) ham fors-tojik adabiyoti bilan bir darajada turuvchi asar yaratish mumkinligini isbotlashga harakat qilgan. Va u ozining besh hazinasi orqali buning uddasidan chiqqan.


Navoiy musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida oz qalamini sinab koradi va oz ovozi, oz uslubi borligini korsata oladi. Sharq adabiyotida Layli va Majnun mavzusida 120 dan ziyod doston yaratilgan. Navoiy ham shaxsiy yondashuvi ila ushbu mavzuda doston yozadi. Dostonda Layli va Majnun ortasidagi sevgi bayon qilinadi. Oz ifodasida Navoiy odamiylik va sofiylik sevgisini sharhlashga harakat qilgan. Ozining sofiylik qarashlarini Navoiy, shuningdek, Farxod va Shirin, Hayrat ul-Abror dostonlarida ham ifodalagan. Uning dostonlarida sofiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga kotarilgan.


Mazkur dostonlarda, bir vaqtning ozida shoirning insonparvarlik dunyo qarashlari orqali dunyoning dolzarb muammolari qoyiladi. Hamsadagi boshqa ikki dostonida - Sabai sayyor (Yetti sayyora), Saddi Iskandariy (Iskandar devori) hukmdor bilan bogliq muammolar (Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, ozbek tilida) yetakchi oringa chiqadi.


Malum bolishicha, Navoiy temuriylar saroyiga yaqin bolib, dosti va podshoh Husayn Boyqaroga tasir korsata olgan. Shu sababli, Navoiy bu dostonlarida H. Boyqaroga qaratilgan goyalarni ifodalab otgan: dunyoning va shoh taxtining ozgaruvchanligi; hukmdorning oz xalqi oldidagi majburiyatlari... Hamsanafislik ananalariga nisbatan, Navoiy ozining ijtimoiy va siyosiy qatiyati va oziga xosligi bilan ajralib turadi. Abd ar-Rahmon Jomiy (1414-1492) Navoiyning Hamsasini oqib, unga juda yuqori baho bergan.


Ozining ijtimoiy va badiiy mohiyatiga binoan, Navoiyning Hamsasi Orta Osiyoda yuqori oringa ega bolgan. U kop marotaba qayta kochirilgan. Hozirgi kunda Hamsa yoki uning dostonlarining katta royhati mavjud. Birgina Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti fondining ozida XV-XX asrlarda qayta kochirilgan 166 ta qolyozma bolib, ular toliq Hamsa asari yoki uning alohida dostonlarini tashkil etadi. Shulardan 84 tasi toliq doston korinishidadir. Navoiy Hamsasining miqdori va keng tarqalishi uni Orta Osiyo intellektual hayotida alohida orin egallaganligini korsatadi.


Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bola turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qoshgan; ilm, fan, sanat rivojiga homiylik qilgan tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.Navoiy forsiy tilida yozilgan oz sherlarini Devoni Foniy nomi ostida jamlagan. U fors shoirlari bilan ham bellashmoqchi bolgan. Toplam shaklida chiqarilgan gazallarini ozini hisoblasak, ular 3150 donani tashkil etadi. Navoiy yozgan sherlarining miqdoriga kora peshqadam, desak mubolaga bolmaydi. Shuningdek, Navoiy fors tilidagi qasidalarini jamlab, Sittai zaruriya (Olti zaruriyat) va Fusuli arbaa (Yilning tort fasli) nomli ikki toplam yaratadi.


Navoiy oz sheriyati orqali ozbek (chigatoy) adabiyotini yangi darajaga olib chiqdi. Navoiyning nazmi mavzusining kengligi hamda janrining xilma-xilligi boyicha undan oldingi ozbek adabiyotini ortda qoldiradi. U nazmda dostonlardagi kabi dunyoviy va diniy, sofiylikning dolzarb masalalarini ifoda qilgan. Navoiyning diniy asarlari ham nashr qilingan: Arbain (Qirq ruboiy), Munadjat (Allohga iltijo).


Sofiy prozaik asari Nasaim al-muhabbat (Muhabbat shabadasi)ning toliqroq matni nashr qilingan bolib, unda 750 ta sofiy shayhlar haqida malumot keltirilgan. Navoiy ilmiy asarlar ham yaratgan. Ular qatoriga fors va turkiy tillar qiyosi keltirilgan asarlarni kiritish mumkin: Muhokamat al-lugatayn (Ikki til bahsi); aruz nazariyasiga oid (sher yozish hajmi) - Mezon al-avzan (Hajm mezoni), muammo janri nazariyasiga oid - (jumboq) Mufradat.


Bundan tashqari, u tarixiy mavzularda risolalar yaratgan: Tarixi muluki Adjam (Eron shohlari tarixi), Tarixi anbiya va xukama (Paygambarlar va donolar tarixi). Badiiy maktublarini Munshaat toplamiga jamlagan. Uning shoh asarlari: Abd Ar-Rahmon Jomiy hayoti haqida - Xamsat al-mutaxayyirin, 1494, Xalati Sayyid Xasan Ardasher (Sayyid Xasan Ardasher hayoti), Xalati Pahlavon Muhammad (Pahlavon Muhammad hayoti)lardan iborat.


Alisher Navoiyning songgi asari Mahbub ul-qulub (1500). Unda shoirning songgi ijtimoiy va siyosiy qarashlari yoritilgan.


Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bola turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qoshgan; ilm, fan, sanat rivojiga homiylik qilgan; tinchlik va totuvlik hukmron surishiga doim harakat qilgan.


Korib turganimizdek, Navoiy merosi mavzu va janrlari boyicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha ozbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bolib hisoblanib kelgan.
Download 8,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish