Урал жамоасининг марафон учун саволлари
Математикада “Функция орттирмасининг оргумент орттирмасига нисбатига Х дейилади”. 1 - саволлигини инобатган олган холда Х нинг машхур қўшиғи номини 2 ёки 4 сўзда ёзиб беринг.
Жавоб: Бос бос қамчи бос Қабул: Қамчи бос
Изох: таъриф хосилага нисбатан берилган эди. Хосила Рахимованинг энг машхур қўшиғи қамчи бос қўшиғи хисобланади.
Iqqat savolda almashtirish bor. Qozogʻistondagi yosh poeziyachilar klubining nomi "plazma" ekan. 1992-yil 9-aprelda Samarqandda tashkil etilgan tuman nomi ham plazma soʻziga sinonim. Plazma soʻzi qatnashgan Charlz Uilan asari ham bor. D.s. plazmani toping.
Javob: yalangʻoch
Qabul : aniq javob.
Izoh:1992-yil 9-aprelda toyloq tumani tashkil etilgan.
Charlz Uilan bestelleri "yalangʻoch iqtisodiyot"
Qozog'istonlik yosh poeziyachilar klubining nomi chiroyli ekan - "Yalang'och" she'riyat klubi.
O'zimizni tasavvur qilsak shunday nom qo'yilsa bormi, odamlar darrov "qani, kim yechinibdi, qanaqa porno she'rlar ekan, erotik adabiyot targ'ibi" deb og'iz yirtardi. (She'riyat asli qalb yalang'ochligi, uni boshqacha tasavvur etib bo'lmaydi
U bundan yuz yillar oldin kuchli, isyonkor, dengiz to‘lqiniga o‘xshatilgan. U olov kabi kuydirib o‘ch olishi mumkinligi, hech kim uni to‘xtata olmasligi aytilgan. Uning so‘zlarini biz 30 yillar muqaddam eshitib boshlaganmiz. Uning nomi qatnashgan uyushma esa 1991 yil 1 noyabrda vujudga kelgan. Diqqat savol: Savolning birinchi qismidagi unga berilgan ta‘riflar kimga tegishli ekanligini toping.
Javob: Bundan 32 yil oldin Xalq so‘zi gazetasi chiqa boshlagan.1991 yil 1 noyabrda esa Xalq demokratik partiyasi tashkil topgan. Savolning birinchi qismida esa Xalq deb nomlangan she‘rda xalqqa shunday ta‘rif berilgan. Xalq she‘rining muallifi esa Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon.
Таркатма материал
What hath God wrought!
Кулингиздаги таркатмани икки хил версияда таржима килишади. 1- худо шундай килади, 2- ажойиб ишлар сеникидир, Роббим.
Бу 24 май 1844 йилдаги ёзувлар.
Диккат савол: саволда тушуниб колдирилган 2 та сузни фамилия катнаштиниб ёзиб беринг
Жавоб: Морзе алифбоси
D.S.da moʻynoq soʻzi almashtirilgan. Moʻynoqda Ukrainaning Akademik Vernadskiy nomli obyekti atrofida olimlar qorning pushti va yashil rangga burkanganini aniqladi. Qorda mikroskopik suvoʻtlari oʻsishi tufayli shunday rang paydo boʻlgan. Moʻynoq shartnomasi 1959 yil 1 dekabrda Vashingtonda tuzilgan. Ayni vaqtda unga 46 davlat a'zo. Almashtirilgan soʻzni yozib bering.
Javob: Antarktida
Antarktidada Ukrainaning Akademik Vernadskiy nomli qutb stansiyasi atrofida olimlar qorning pushti va yashil rangga burkanganini aniqladi. Qorda mikroskopik suvoʻtlari oʻsishi tufayli shunday rang paydo boʻlgan
Antarktida shartnomasi 1959 yil 1 dekabrda Vashingtonda tuzilgan. Ayni vaqtda unga 46 davlat a'zo.
Biz ham oppoq moʻynoqni yashil ranga burkashni hohlaymiz.
Vikipediya ma‘lumotlariga ko‘ra u eroziya sabablaridan biri hisoblanib, togʻ-tosh manzaralarini shakllantirar ekan. Shuningdek u yongʻinlar maydonini kengaytirib, oʻsimliklar urugʻlarini tarqatadi. Sovuq havoda u organizmlarni halok qilishi ham mumkin. U tabiiy kuchlardan biridir va tabiat hodisalarida katta ahamiyati bor. 1974 yil unga bag‘ishlangan bir she‘rda 3 ta toponim tilga olinadi. Ushbu she‘rga ishonadigan bo‘lsak biz toponim nomi qatnashgan uni bugun 2 marta his qilib ko‘rishimiz mumkin ekan.Diqqat savol. Ushbu she‘rning muallifi kimligini toping.
Javob: Gap bu yerda tabiat hodisalaridan biri shamol haqida ketayotgan edi. 1974 yilda unga bag‘ishlab Jayxun shamollari degan she‘r yozilgan. Bu she‘rda 3 toponim Qoraqalpoq, Xorazm va albatta Amudaryoning eski nomi Jayxun tilga olinadi. Savolda biz daganda Elikqal‘aga Xorazmdan tashrif buyurgan delegatsiya nazarda tutilgan. Ya‘ni biz Elikqal‘aga kelishda va qaytib ketishda, Amudaryo ustidan o‘tayotganimizda Jayxun shamollarini his qilib ko‘rishimiz mumkin. She‘rga mashxur san‘atkor Otajon Xudayshukurov kuy bastalab maxorat bilan ijro etgan. Ushbu she‘r muallifi qoraqalpoq xalqining eng mashxur shoiri O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hisoblanadi.
Ushbu savol URAL jamoasi tomonidan qardosh o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining abadiy do‘stligiga bag‘ishlanadi.
Benjamin Franklin "Agar qiz bolaning kamchiliklarini bilmoqchi bo‘lsang ularning oldida qizni maqta" deydi. Shu yo‘l bilan qizning kamchikiklari oshkor bo‘lar ekan. Zo‘r tv telekanalida ular deb nomlangan shou ko‘rsatuv ham mavjud. Ular haqida yozilgan va Muyassar Razzoqova tomonidan qo‘shiq qilib kuylangan she‘rni mashxur bir yozuvchi o‘z onasining xotirasiga bag‘ishlab yozgan ekan. Diqqat savol ushbu she‘rni muallifi bo‘lgan yozuvchi 24 yil qanday faoliyat bilan shug‘ullanganligini yozib bering.
Javob. Yozuvchi- Sharof Rashidov 24 yillik faoliyati- davlatni boshqargan
Kazinformning geografiya fanlari doktori Ordenbek Mazbayevning fikrlariga qarab tayyorlagan maqolasida. Qozogʻiston Antarktida xalqaro bitimiga kirishni va hududni raktifikatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Unga koʻra x Qozogʻiston fani, biologiyasi, tibbiyoti, iqlimshunosligi, psixologiyasi va geografiyasi manfaati uchun kerak. X noyob tajriba maydonchasi boʻladi deyilgan.
X ni ikkita undosh harflar bilan boshlanuvchi soʻzlarda yozib bering.
Javob: qutb stansiyasi
Spacex ning marsni egallash loyihasi muammolaridan biri bu: yopiq muhitda odamlarda ogʻir psixologik jarayonlar kechib, oʻzidagi stressni chiqarib yuborolmaydi, va kutilmaganda yoʻq joydan mojarolar avj olishi va jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Hatto bir - birini jiddiy shikastlashi mumkin. Bu jarayon psihologiyada qaysi 3 soʻz bilan ifodalanadi?
Javob: qutb stansiyasi effekti
Биринчи "кенгайтириш, кучайтириш, улуглаш, макташ" маъноларини билдиради. Биринчини бажарилиши иккинчининг айтилишидир. Умуман олганда биз Бир кунда 12 марта бу бажаришимиш лозим ва лобут. Диккат савол: иккинчини ёзиб беринг
Жавоб: Аллоху Акбар
Изох: арабчадан кучайтириш кенгайтириш, улуглаш макташ дегани бу ТАКБИР. ТАКБИР айтиш бу Аллоху Акбарни яъни иккинчини айтиш билан бажарилади. Биз бир кунда жами
Б 2
П 3
А 1
Ш 2
Х 3+1 яъни витрда 1 бор такбир айтилади ва жами 12 бор такбир айтиб Аллоху Акбар деймиз.
Шу Билан биз Аллоху Акбар деб навбатчиликни якунладик
Fransuz yozuvchisi Madlen Skyuderi shunday fikr bildiradi: Ular bu hodisaga qadar hamma narsaga ko‘zlarini kattaroq ochib qarashlari, bu hodisadan keyin esa ba‘zan ko‘rib ko‘rmaganga olishlari kerak. Sharq donishmandlari ularni asalarining uyasiga qo‘lini tiqmochi bo‘lgan odamlarga o‘xshatishadi. Shuning uchun ham bolning lazzatidan totmoqchi bo‘lgan odam arining zaxriga ham bardosh berishi kerak deyishadi. Ularning yarimi haqida turkman qardoshlarimiz 1971 yilda film suratga olishgan. Diqqat savol. Ularni kimligini toping.
Javob. Madlen Skyuderi bu hodisa deganda nikoxni, ular deganda esa Kelin-Kuyovlarni nazarda tutgan. 1971 yilda Turkmanfilm tomonidan ularning yarimi haqida, ya‘ni Kelin deb nomlangan film suratga olingan.
Tarqatma material
D.s.da almashtirish bor. A - zamon va makon, butun borliqni oʻz ichiga olgan nuqta. A da olamni, uning eng pinhon nuqtalarini, zamon ruhiga singgan nazmni va fazoda muallaq qolgan soʻzlar koʻrinadi. Siz tarqatmada ham A ni koʻrib turibsiz. A ni 1 soʻzda ayting .
Javob: alif
Paolo Koelo alif asaridan olindi
Tarqatma material
Bu soʻz lotinchada "boʻrtish", "koʻpchish" degan ma'noni beradi. Qoʻlingizda esa uning eng yirik turiga misolni koʻrib turibsiz.
Siz menga uning tezligi boʻyicha eng kichik turi qanday nomlanishi maksimal aniqlikda ayting.
Javob: sudraluvchi infilyatsiya
Agata Kristining " 10 ta negr bolasi" asarida sudya Uorgreyv orolga borish uchun o'tirgan poyezdi aynan bir joydan o'tib ketganligi haqida aytib o'tiladi. Bizga tanish bir yozuvchi ism-familiyasida ham U ni uchratish mumkin. Bu yozuvchini topishda sizga Shekspirning mashhur bir iqtibosi yordam beradi. Diqqat savol: Siz menga bu yozuvchini emas, yozuvchi qaysi shaharda tug'ilganligini ayting
Javob: Parij
Qabul: Aniq javob
Izoh: Bu yerda gap Somerset shahri va yozuvchi Somerset Moem haqida ketayotgan edi. Shekspirning mashhur: Hayot bu teatr, undagi barcha odamlar aktyorlardir degan jumlasi sizga yozuvchining Teatr asariga ishora edi. Angliyalik yozuvchi bo'lsada, Somerset Moem Parij da tug'igan va Nitsa shahrida vafot etgan
Лотинчадан бачадон, она, манба, ру́йхат маъносини берувчи Х 1999 йилда АКШ да дунё юзини ку́рди. Википедияда Х хакидаги маколада кайси олам эслаб у́тилишини ёзиб беринг
Жавоб: Тетрология
Tetralogiya, shuningdek, tetraptix deb ham ataladi, syujet va muallifning niyati bilan birlashtirilgan to'rt qismdan iborat adabiy, musiqiy yoki kino asari. Qoida tariqasida, bu qismlar alohida nashr etiladi yoki chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |