Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Tavsifiy matnlar haqida ma’lumot.
2. Rasmiy uslubdagi tavsifiy matnlatni sanang.
3. Tavsifnoma deb nima aytiladi?
4. Tavsifiy matnlarning leksik-uslubiy xususiyatlari.
5. Tavsifnomaning tarkibiy qismlari.
6. Tavsifiy matn necha qismdan iborat va ularda nimalarga e’tibor beriladi.
7. Yaqin do‘stingiz yoki dugonangizga tavsifnoma yozing.
8.
Tavsifnoma yozishda qanday til birliklaridan ko‘proq foydalandingiz?
28-MAVZU: RASMIY-IDORAVIY HUJJATLAR MATNLARINING TIL
XUSUSIYATLARI VA ULARDA TINISH BELGILARINING
QO‘LLANILISHI
REJA:
1.
Hujjatlarning til xususiyatlari.
2.
Rasmiy-idoraviy uslubning xusuisyatlari.
3.
Rasmiy hujjatlarda tinish belgilarini qo‘llash.
Tayanch so‘z va iboralar:
rasmiy xat, hujjatchilik, til xususiyati, tinish
belgilari,
hujjat tayyorlsh, rasmiylashtirish, uslubiy normalar, xolis, aniq, ixchan,
lo‘nda, mazmuniy to‘liq, morfologik va sintaktik xususiyatlar, qoliplashgan
birikmalar.
O‘zbek rasmiy hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng
muhim va dolzarb masalalardan biri rasmiy hujjatlarning tili va ularda tinish
belgilarining ishlatilishi masalasidir. Chunki ko‘plab rasmiy idoralarda hujjatlarni
tashkillash va ularda til birliklaridan foydalanish jarayonida xato va kamchiliklar
tez-tez uchrab turibdi. Hujjat tayyorlsh va rasmiylashtirishda o‘zbek tilining
barcha asosiy qonuniyatlari; adabiy til normalari, tinish belgilarning ishlatilish
qoidalarini bilish muhimdir. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining
xodimlari, umuman faoliyati rasmiy hujjatlar bilan bog’liq har bir kishi o‘zbek
tilining imlosini, tinish belgilari va uslubiy normalarini egallagan bo‘lishi kerak.
Busiz zamon talabiga javob beradigan, aniq, puxta, qisqa va mantiqli
hujjatchilikni yaratib bo‘lmaydi. Demak, hujjat matnlarini o‘zbek tilining o‘z
102
imkoniyatlari asosida shakllantirish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralarning
o‘zbekcha muqobilini yaratish hamda amaliyotga kiritish zarur.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan biri xolislikdir.
Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ufodalovchi va qayd etuvchi rasmiy vosita
sifatida axborotni xolis aks ettirmog’i lozim. Shuning uchun hujjat tilida so‘z va
so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanish mavjud. Xususan, rasmiy ish
uslubida kichraytirish-erkalash qo‘shimchalarini olgan so‘zlar, shevaga oid
so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, dag’al so‘zlar, tor doiradagi
kishisglargina tushunadigan so‘zlar, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag’a kabi
obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiladigan usullar ushlatilmaydi. Ularni
ishlatish hujjat mazmuniga putur yetkazadi, axborotning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat aniq, ixcham, lo‘nda, mazmuniy to‘liq kabi talablarga ham javob
berishi kerak. Bu talablarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat bo‘la
olmaydi. Bunday hujjat ish yuritish jarayoniga halaqit beradi va uning
samaradorligini keskin pasaytirib yuboradi.
Hujjat matnining xolislik, aniqlik, ixchanlik, lo‘ndalik, mazmuniy
to‘liqlikdan iborat zaririy sifatlari hujjatchilik tilining o‘ziga xos uslubi undagi
o`ziga xos leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi.
Hujjatlar tilida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l
bilan ifodalanovchi harakat va holat ifodasi uchun ham otga yaqin so‘zlar
tanlanadi. Ya’ni “harakat nomi” nomi deb ataluvchi so‘z shakllari keng ishlatiladi.
Masalan: “…
bajarish maqsadida…
”,
“… amaliy yordam ko’rsatish…
”,“…
yordan
berish maqsadida
”, “…
qabul qilishingizni so‘rayman
”, “
…yuklatilsin”
kabi.
Fe’l shaklarining qo‘llanishida ham birmuncha o‘ziga xosliklar mavjud.
Xususan, majhul nisbatdagi III shaxs, birlikdagi, buyruq-istak maylidagi
(
topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo‘shatilsin, tayinlansin va hakazo
) va
o‘tgan zamon shaklidagi (
eshitildi, qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, ko‘rsatib o‘tildi,
ogohlantirildi
kabi )so‘zlarning qo‘llanishi ancha yuqoridir.
Hujjatlarda gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratish, qayd
etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-
oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun, ham hujjatlarda nisbatan uzun
jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo‘lakli gaplar ko‘p qo‘llanadi. Lekin gap
tartibida odatdagi grammatik talabga qat’iy rioya qilinadi. Grammatik talab
buzilishiga, inversiyaga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda so‘roq va
undov gaplar deyarli ishlatilmaydi. Asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
Chunki, hujjatlar tilining ikkita vazifasi bor. Bu xabar berish va buyirishda aks
ettadi. Masalan, ma’lumotnoma tarzidagi matnlarda axborot ifodalanadi: ….
1985
yil ishga qabul qilindi. ...2000 yilda o‘qishga kirib, 2005 yilda tamomladi. ...ning
ma’ruzasi eshitildi.
Farmon, farmoyish, qaror, buyruq kabi hujjatlarda buyirish
ohanggi yetakchilik qiladi: “…
komissiyaning korxonadagi moliyaviy holat
haqida bergan hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin”, “Ushbi qarorning
bajarilishi …zimmasiga yuklatilsin”.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchunchu shaxs tilidan yoziladi. Yakka
rahbar tilidan tayyorlanadigan hujjatlar farmon, farmoyish, buyruq, ko‘rsatmalar,
103
shuningdek, ayrim shaxslar tomonidan yoziladigan murojaat tarzidagi hujjatlar
ariza, tushuntirish xati kabilar birinchi shaxs , birlikda yoziladi. Boshqa hujjatlar
birinchi shaxs ko‘plik sonda yoki uchunchi shaxs birlik sonda yoziladi: “
…ga
ruxsat berishingizni so‘raymiz”, “... deb hisoblaymiz”, “... ma’muriyat talab
qiladi”, ...lar qatnashishini ta’minlash so‘raladi” kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg’unlashgan, qolipli so’z birikmalaridan
ko‘proq foydalanish lozim Chunki, qoliplashgan, yagona, doimiy shaklga ega
bo‘lgan so‘z tizimlari, iboralar muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko‘ra,
boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8-10 marta tez idrok etadi. Buning ustiga
qoliplashgan so‘z birikmalaridan foydalanish hujjat tayyorlash jarayonini ham
tezlatadi. Tabiyiki, har bir hujjat o‘zining turi va mohiyatiga muvofiq ravishda
o‘ziga xos tayyor qoliplashgan birikmalarga ega. Masalan, buyruq quyidagicha
qoliplashgan tuzilmalardan tashkil topishi mumkin:
1) “
… so‘m maosh bilan … lavozimiga tayinlansin”;
2)
“…o‘z xohishiga ko‘ra ...lavozimidan osod qilinsin”;
3)
“...boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan osod qilinsin”.
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan birikmalardan
foydalanish mumkin:
1)
“Sizga …ni ma’lum qilamiz”; “Sizga ...ni bildiramiz”; “Sizga...ni
eslatamiz”.
2)
“...yordam tariqasida...”; “...munosabati bilan...”; “...ni bajarish
maqsadida tavsiya qilaman”; “qaroriga muvofiq ravishda..”.
O‘zbek tilidagi hujjatchilik takomillashib borgan sayin bunday qoliplashgan
birikmalar ham ko‘payib bormoqda. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va
rasmiylashtirish ishi ham birmuncha yengillashdi. Ana shu qoliplashgan
birikmalarning ishtirokida hujjatlar “yozilmaydi”, balki
“tayyorlanadi”.
Bundan tashqari hujjatning tilida so‘zdan oqilona foydalanish maqsadida
qisqartma so‘zlardan ham foydalaniladi: “
prof. – professor”, “km.—kilometr”,
“va h.—va hakazo”, “sh.k.—shu kabilar”, “OAV—ommaviy axborot vositalari”
va boshqalar.
Hujjat tilida fikrni aniq, lo‘nda bayon qilishda xatboshining ham ahamiyati
kattadir. Har bir yangi, alohida fikr xatboshidan yozilishi kerak. Bir xatboshidagi
gaplar miqdori 4-5tadan oshmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Hujjatchilikda imlo va tinish belgilarining o‘rniga ham alohida e’tibor
qaratish lozim. Hujjatning nomi doim bosh harflar bilan yozilishi ma’qul deb
hisoblanadi.
Hujjat matnida tinish belgilaridan
nuqta, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta,
qavs
,
tire
faol ishlatiladi.
Nuqta,
odatda, eng ko‘p qo‘llaniladigan belgi hisoblanib, darak
mazmundagi gaplarning so‘ngiga qo‘yiladi. Sarlavhalardan keyin nuqta
qo‘yilmaydi.
Vergul
hujjat matnida qoliplashgan kirish so‘z birikmalaridan so‘ng,
uuyushiq va ajratilgan bo‘laklar orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida
qo‘llanadi. Masalan,
“Shuni hisobga olib,…”, “Men, ikkinchi kurs talabasi
Munavvar qizi... ”, “Shuni ma’lum qilamizki,..”
kabi
.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |