98
27- MAVZU: TAVSIFIY MATNLARNING LEKSIK-USLUBIY
BELGILARI. TAVSIFNOMA VA TAVSIYANOMA MATNLARI
REJA:
1.
Tavsifiy matnlar haqida ma’lumot.
2.
Tavsifiy matnlarning leksik-uslubiy xususiyatlari.
3.
Tavsifnomaning tarkibiy qismlari.
4.
Tavsifnoma yozish.
Tayanch so‘z va iboralar:
til xususiyati, tavsifnoma leksikasi, ixchamlik,
puxtalik, to‘g’rilik, xolislik, mehnat faoliyati, fazilatlari, to‘g’riso‘z, halol,
mehnatkash, bilimli, tajribalarga ega, axloqan pok.
Biz
hayotiy
faoliyatimizda
tavsifnoma,
tavsiyznoma,
rezyume,
xarakteristika, tavsifiy tavsiya, tushuntirish xati kabi hujjatlarni hamda ishno,
maqola kabi publitsistik uslubdagi matnlatni ko‘rganmiz. Masalan, o‘qish yoki
ishga kirayotgan paytimizda albatta oldingi ish yoki o‘qish joyimizdan tavsifnoma
olganmiz. Yoki badiiy asarlar matnida biror kishi, joy tasbiri, voqea-hodisa
qanday yuz bergani haqida o`qiganmiz. Bundan matnlar tavsifiy matn
hisonlanadi. Keng ma’nodagi tavsifiy matnlarda so‘zlovchi yoki yozuvchi biror
shaxsning faoliyati va fazilatlari haqida, bo‘lib o‘tgan viqea-hodisalarni qay
tarzda yuz berganligi haqida, joy tasviri va tavsifi haqida ma’lumot beradi.
Demak, ma’lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza
bildirish, ularni zarur dalillar bilan ta’riflash, isbotlash, asoslash tavsifiy
matnlarning asosiy xususiyatidir.
Ish yuritish sohasida rasmiy-idoraviy uslubdagi tavsiy matnlar–tavsifnoma,
tavsiyanoma, rezyumelardan keng foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslubdagi tavsifiy matn yozishda ham boshqa uslublardagi
kabi uuyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gaplardan
foydalanadi. Masalan, “ Umarov R.
o‘qimishli, odobli, madaniyatli
kishidir”.
Ushbu gapda aniqlovchi yushib kelmoqda. Shuningdek, unda sifat (
o‘qimishli,
odobli, madaniyatli
)lar qatnashmoqda. “
Jamoa uning kelajakda yaxshi xodim
bo‘lishiga ishonch bildiradi va uni ushbu vazifaga tavsiya qiladi.
Bu gap teng
bog’lovchili qo‘shma gapga mansub. Bu kabi xususiyatlar tavsifnomalarning
deyarli barchasida mavjud.
Bundan tasqari rasmiy doiradagi tavsifiy matnlarda tayyor qoliplardan ham
foydalanadi. Masalan, barcha tavsifiy matnlarda avval tavsiflanuvchining
familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, ma’lumoti, mutaxassisligi, keyin o‘qish va mehnat
faoliyati, so‘ngra fazilatlari sanaladi.
Shuningdek tavsifiy matnlarda kishi, narsa, joy, voqealarning belgi-
xususiyatlarini bildiruvchi sifarlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning sifatdosh,
harakat nomi, ravishdosh shakllari ko‘p ishlatiladi.Tavsifiy matnlar badiiy, ilmiy,
publitsistik va rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ammo ish yuritishda rasmiy-
idoraviy uslubga xos bo‘lgan matn ishlatiladi. Bular tavsifnoma, tavsiyanoma,
rezyumelardir.
99
Tavsifnoma bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning
o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatdir.
Tavsifnoma muassasa, korxona, tashkilot rahbariyati va jamoat
tashkiloti(kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo‘mitasi ,) tomonidan xodimga bir
qancha maqsadlar – xorijga chiqish, o‘qishga kirish, lavozimga tayinlanish,
sudlarda shahodatlantirish va boshqa hollarda beriladi. Unda xodimning
jamoatchilik va xizmat faoliyati, uning ishchanligi va boshqa axloqiy sifatlari
ko‘rsatiladi.
Tavsifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlar:
a) familiyasi, ismi va otasining ismi; b) tug’ilgan yili; v) milati; d)
Do'stlaringiz bilan baham: