97
qo‘shimchalari orqali bir semantik strukturaga birikkan. To‘g’ri bu yerda kesim
vazifasida kelayotgan “
yashaydi
” fe’li ham muhim uslubiy vazifani bajarmoqda.
Deyarli ko‘pchilik shaxsiy hujjatlarda, jumladan, so‘rovnoma, tavsifnoma,
tarjimai hol, guvohnoma kabilarda matn savol-javob uslubi(Masalan,
familiyangiz—Boboev, Ismingiz—Ali, Otangizning ismi – Valiyevich, tug’ilgan
yilingiz—1964,
ma’lumotingiz—oily,
mutaxasisligingiz—injener-texnik
va
hakazo)da bo‘lib, gaplar sodda garlar(
Kichik hisobchi vazifasiga qabul qilindi,
Jarrohlik bo‘lim boshlig’I
), to‘liqsiz gap(
1964 yilda tug’ilgan, mehnat faoliyatini
2001 yildan boshlagan),
so‘roq gap,(
Qanday xorijiy tillarni bilasiz?Qanday
davlar mukofotlaringiz bor?
) so‘roq mazmundagi so`z birikmalari (
Qachon
tug’ilgansiz?
,
familiyangiz o‘zgarganmi?, sudlanganmisiz?
) kabilardan keng
foydalaniladi.
Bundan tashqari shaxsiy hujjatlarda sifat va fe’l so‘z turkumiga kiruvchi
so‘zlar ham ko‘p ishlatiladi. Masalan tavsifiy matnlarda xodimning muhim
belgilari, fazilatlari, aniq ma’lumotlarini sifatlovchi ifodalar orqali izhor qilinadi.
Tavsiflanayotganda xodim to‘g’risida xolis fikr-mulohazalar bildirilishi
ham o‘ta muhimdir. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi
leksik-grammatik vositalar, shaxs harakat-holatining belgilarini bildiruvchi
ravishlardan o‘rinli foydalanish talab qilinadi. Jumladan, “…
U – yaxshi sportchi.
Milliy kurash bo‘yicha xalqaro musobaqalar sovrindori.
U muntazam ravishda o‘z ustida ishlaydi. Talabchan, mehnatsevar, a’lochi,
kamtarin, to‘g’ri so‘z, do‘stlariga nisbatan mehribon, axloqan pok kishi.”
Shaxsiy hujjatlarda qo‘llanadigan fe’llar deyarli bir shaxsga tegishli
bo‘ladi. Shuning uchun aksariyat hollarda so‘zlar aloqa-munosabatiga ko‘ra III
shaxs birlikda, majhullik nisbatida yoki I shaxs, birlikda beriladi. Masalan,
…ni
tamomlagan, …da yashaydi, … bo‘lib ishlaydi; …tug`ilganman,…bilan
mukofotlanganman, …ishlaganman, …ga qabul qilindim
kabi
.
Shaxsiy hujjatlarning deyarli barchasi asosan xodimning shaxsiy
ma’lumotlari bilan boshlanadi. Masalan: familiyasi, ismi, otasining ismi, tu`gilgan
yili, millati, ma’lumoti, mutaxassisligi, yashash joyi, oilaviy holati, partiyaviyligi,
sudlangan yoki sudlanmaganligi haqidagi savollik mavjud bo‘ladi. Lekin,
hujjatning turiga qarab keyingi sahifalarda asosiy masala yoritiladi.
Bundan tashqari bunday hujjatlarda nuqta, vergul, ikki nuqta, qo‘sh tirnoq,
qavs, tire kabi tinish belgilaridan unumli foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: