Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Tavsifnoma namunasi 
T A V S I F N O M A 
N. Oxunova 1986 yil tug’ilgan, millati 
o‘zbek, 
ma’lumoti–bakalavriyat, 
mutaxassisligi-ona  tili  va  adabiyoti 
fani o‘qtuvchisi.  
Nargiza  Oxunova  1991  yili  Toshloq  tumanidagi  5-  umumta’lim 
maktabining  birinchi  sinfiga  qabul  qilingan.  1999  yil  mazkur  makrabning  9-
sinfini  tigatib,  shu  yili  Farg’ona  politexnika  institut  qoshidagi  Yormozor 
akademik  litseyining  ijtimoiy  yo‘nalishiga  hujjat  topshirdi.  2001  yili  Respublika 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng 
yaxshi  kitobxoni”  ko‘rik-tanlovi  viloyat  bosqichida  birinchi  o‘rinni  olib, 
respublkada faxli ikkinchi o‘rinni egalladi. 2005- yili esa Zulfiya nomidagi davlat 
mukofoti sovrindori bo‘lib, o‘zining ilk kitobini nashr ettirdi.  
Oxunova  Nargiza  2003-  yili  Farg’ona  davlat  universitetiga  grant  asosida 
o‘qishga  kirdi.  Hozirda  mazkur  universitetning  filologiya  fakulteti  ta’lim 
olmoqda. 
 
Universitetda  tahsil olish  vaqtida u  intizomli, ziyrak, zukko  talaba sifatida 
o‘zini  ko‘rsatdi.  Bilimlarni  qunt  bilan  o‘rganishga  harakat  qiladi.  O‘zbek 
adabiyotshunosligi  kafedrasi  tizimidagi  fanlarga  alohida  qiziqadi.  U  2005  yilda 
“Kamolot”  ijtimoiy  harakati  stipendianti  va  Zulfiya  nomidagi  davlat  mukofoti 
laureyati bo`ldi. 2006 yili esa Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan 
tashkil  etilgan  “Zulfiyaxonim  qizlari”  amaliy  seminarida  qatnashdi.  Ijodiy 
faoliyati haqidagi hisobot ma’ruzasi Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasining faxriy 
yorlig’i bilan taqdirlangan. 
Nargiza  Oxunova  kamtarinligi,  to‘g’riso‘zligi,  mehribonligi  bilan 
kursdoshlari o‘rtasida hurmarga ega. 
   
 
Fulologiya fakulteti 
dekani:    
 
 
    
 
 A.Qosimov. 
Kasaba uyushmasi raisi:      
 
E.Ibragimova. 
(
muhr)
 
2008 yil 10- yanvar. 
 
Tavsiyanoma biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo 
bo‘lishi  uchun  tavsiya  berish  maqsadida  tuziladigan  rasmiy  hujjatdir.  U 
ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Tavsiyanoma matni 
ham deyarli tavsifnoma matniga o‘xshab tuziladi. Ammo, tavsiyanoma so‘nggida 
hujjat  nima  maqsadda  berilayotgani  ko‘rsatiladi.  Masalan, 
Davlat  mukofatiga 
tavsiya etaman; uyushma a’zoligiga tavsiya qilaman 
kabi.  
Tavsiyanoma namunasi 
T A V S I Y A N O M A 
Men N.Oxunovani 1999 yildan beri bilaman. 2000 yildan men unga dastlab 
akademik  litseyda    “Adabiyot  qoidalari”  fanidan,  keyin  esa  universitetda 
“She’riy  vaznlar”,  “Folklorshunoslik”  kabi  fanlardan  dars  berdim.  Bu  davr 


 
101 
ichida u o‘z  she’rlari bilan respublikaga tanildi.  “Kamolot” stipendianti bo‘ldi. 
Ilmiy tadqiqotlari bilan universitetning an’anaviy 55-56-konferensiyalarida g’olib 
bo‘ldi. Uning ilmiy maqolalari ham she’rlari kabi puxta, aniqligi bilan diqqatga 
sazovor. 
N.Oxunova  qat’iyatli,  intizomli  ekanligi  bilan  jamoa  orasida  obro‘ga  ega. 
Universitet  ilmiy  va  ijtimoiy  hayotifa  faol  ishtirok  etmoqda.  Shu  sababli  men 
Nargiza Oxunovani Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tavsiya qilaman. 
 
Filogiya fanlari doktori:   
 
 
S.Aliyev. 
 
2005- yil 10- yanvar. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish