Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid yoki individual buyruqlar
biror xodimni
ishga qabul qilish, bo‘shatish, boshqa bo‘limga ishga o‘tkazish, mukofotlash,
mehnat ta’tili berish, xizmat safariga yuborish kabi munosabatlar bilan e’lon
qilinadi.
Bunday buyruqlar odatda bo‘lim rahbarlari tavsiyasi, shaxsiy ariza,
kasaba uyushmasi yig’ilishi qarori, yuqori tashkilot xati kabi asosda tayyorlanadi.
Bunday buyruqlarning kirish qismi bo‘lmasligi mumkin. Aksariyat hollarda u
bitta bahtdan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday buyruqlarning raqamidan keyin
“K”(kadrlarga oidlik belgisi) harfi yoziladi. Kardlarga oid buyruqlar ko‘p nusxada
chiqarilmaydi. U ko‘pi bilan uch nusxa bo‘ladi xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |