Buyruq.
Mazkur huquqiy hujjat tashkilot, korxona yoki muassasa oldida
turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal etish maqsadida qo‘llaniladi. Qo‘llanish
mohiyatiga ko‘ra buyruqlar ikki turga bo‘linadi:
1.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar.
2.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid yoki individual buyruqlar.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, tashkilot ichidagi
faoliayatni tartibga solish, yuqori tashkilotdan kelgan topshiriqlarni bajarish,
kundalik vazifalarni hal etish, ishni rejalashtirish, bajarilgan ish yuzasidan hisobot
berish kabi masalalar bo`yicha qabul qilinadi. Ularda, odatda, topshiriq va
vazifalar xodimlarga yetkaziladi, ularning ijrosi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar
belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddatlari tayin qilinadi. Buyruq
vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, moliyalashtirish,
tashqi iqtisodiy munosabatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalari bo‘yicha ish yuritadi.
Ichki mehnat tartib-qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni
tasdiqlash bilan bog’liq buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga
kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, aniq bir kishiga emas, balki
butun jamoaga qaratilgan bo‘ladi.
Buyruqlar odatda rasmiy blankalarga yoziladi. Lekin oq qog‘ozga yozilishi
ham mumkin. Har ikki holda ham uning to‘g’ri tashkillanishi uchun zarur
mantiqiy izchillikka amal qilinadi. Buning uchun buyruq zaruriy qismlarga ajratib
olinadi. Ular quyidagilardir:
1.
Gerb yoki tashkilotning maxsus belgisi (blanka qismlar).
2.
Vazirlik va yuqori tashkilot nomi.
3.
Muassasaning xos raqami (hisob raqami).
4.
Hujjat shaklining xos raqami. (hammasida ham emas).
5.
Muassasa nomi.
6.
Sarlavha (mazmundan kelib chiqib),
7.
Sana.
8.
Raqami.
9.
Buyruq tayyorlangan joy.
10.
Hujjat nomi.
11.
Buyruq matni (agar ilovalar mavjud bo‘lsa, ular ham shu qismga kirib
ketadi).
106
12.
Rahbar yoki vakolatli shaxsning imzosi.
13.
Muhr.
14.
Hujjat matnini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan shaxsning familiyasi,
telefon raqami va imzosi.
15.
Hujjat nusxasi.
16.
Huquqshunosninig imzosi.
Buyruq loyihasi, oldin qayd etilganidek, tegishli mutaxassislar tomonidan
tayyorlanadi, bosh yoki yetakchi mutaxassis, huquqshunos, bosh hisobchi bilan
kelishiladi. Huquqshunos buyruqda ko‘tarilgan masala qonunga mos ekanligini,
rasmiylashtirish tartibini, loyiha amaldagi qonun va hukumat qarorlariga muvofiq
kelishini, oldingi buyruqlarni rad etmasligini ko‘rib chiqadi. Buyruq loyihasiga
tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chiriladi va rahbarga imzolash uchun
tavsiya qilinadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarga mazmundan kelib chiqib sarlavha qo‘yiladi.
Masalan, “Yangi ishlab chiqarish dasturini tasdiqlash to‘g’risida”, “Viloyat
hokimining 2006 yil 10 noyabrdagi 250- qarorini bajarish haqida” va hakazo.
Ammo ba’zi qisqa matnli buyruqlarga sarlavha qo‘yilmaydi. Buyruqni rahbar
imzolagach, ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tegishli daftarga qayd etidi.
Buyruqning asosiy matni, odatda, kirish(asoslovchi qism) va farmoyish(asosiy
qism) qismidan iborat bo‘ladi. Kirish qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit,
sabablar ko‘rsatiladi, asos qilinib olinayotgan rasmiy hujjat raqami keltiriladi.
Masalan,
“Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kirish imtihonlarini
muvoffaqiyatli topshirgan bir guruh abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish hamda
viloyat hokimligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasining
2006- yil 28- avgustdagi 190- buyrug’ini bajarish maqsadida”
Ayrim hollarda asos qilib olinayotgan hujjatning kirish qismi to‘liq
keltirilishi, yoki farmoyish qismining bandlari berilishi ham mumkin. Ba’zi
hujjatlarni asoslashga hojat bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun ularda
asoslovchi qism (kirish) yozilmaydi. Bunday hollarda ular to‘g’ridan-to‘g’ri
farmoyish qismi bilan berilaveriladi. Farmoyish qismi bosh harflarda yozilgan
“BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Mazkur so‘zning o‘zi bir qatorga
yoziladi va undan keyin albatta ikki nuqta qo‘yiladi. So‘ngra matn satr boshidan
boshlanib, unda bandlar beriladi. Farmoyish qismida kim qanday vazifani, qaysi
muddatda bajarishi ko‘rsatiladi. Masalan, “
1. Respublika kasb-hunar ta’limi
metodik markazining topshirig’iga binoan 2006-yil 29-30 noyabr kunlari fan
olimpiyadalarining birinchi bosqichi o‘tkazilsin”.
2. Olimpiyadani to‘g’ri tashkillash, namunalai va adolatli o‘tkazilishini
ta’minlash maqsadida quyidagi tartibda tashkiliy qo‘mita tuzilsin:
1.
Abdullayev A. – kollej direktori, qo‘mita raisi.
2.
Fozilov E.Q. – o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, qo‘mita
raisi o‘rinbosari.
3.
Aliyeva S.O. – kollej uslubchisi, qo‘mitaning mas’ul kotibi.
4.
Boboyev D. – qo‘mita a’zosi.
5.
Mavlonova S. – qo‘mita a’zosi.
6.
Siddiqov A. – qo‘mita a’zosi.
107
7.
Vladimirova A. – qo‘mita a’zosi.”
Farmoyish qismida harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi (“yuklatilsin”,
“Amalga oshirilsin”, “o‘tkazilsin”, “ta’minlansin”, “hisoblansin” va h.k.).
Bajaruvchilar – muassasa yoki uning bo‘limi, mansabdor shaxs aniq ko‘rsatiladi
(Kollej direktorining amaliyot bo‘yicha o‘rinbosari Tolibov R. zimmasiga
yuklatiladi).
Oxirida buyruqning bajarilishini nazorat qilish kimga yuklatilgani ham
ko‘rsatiladi. (“
Buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda
qoldiraman.”, “Buyruqning bajarilishini nazorat qilish o`quv ishlari bo`yicha
direktor o`inbosari E.Fozilov zimmasiga yuklatilsin
kabi).
Ba’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgari joriy qilingan buyruq
yoki boshqa hujjatlarni to‘liq, yoxud qisman bekor qilinishi ham ko‘rsatiladi.
Bunday buyruqlar o‘z faoliyat doirasiga ko‘ra, kami bilan uch, ko‘pi bilan bir
necha o‘n nusxada tayyorlanadi tegishli xodimlarga tarqatiladi. Lozim bo‘lganda
esa butun jamoa tanishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |