Davlat tilida ish yuritish


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1.
 
Ma’lumot tarzidagi hujjatlar haqida nimalarni bilasiz? 
2.
 
Ma’lumotnomaning qanday turlarini bilasiz? 
3.
 
Ma’lumotnomalarning o‘zaro farqlarini ayting. 
4.
 
Ma’lumotnomalarning  leksik xususiyatlarini tushunturing. 
5.
 
Shaxsiy ma’lumotnoma tayyorlang.  
 
 


 
115 
31- MAVZU: HISOBOT, DALOLATNOMA, BILDIRISHNOMA   
MATNLARI  
 
REJA: 
1.
 
Hisobot haqida tushuncha. 
2.
 
Dalolatnoma va uning  til xususiyatlari. 
3.
 
Bildirish tarzidagi matnlar 
4.
 
Matnlarda ifoda usuli. 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar: 
rasmiy  uslub,  jo‘natmalar  daftari,  moliyaviy 
masala,  bildirishnoma,  iсhki  bildirishnoma,  tashqi  bildirishnoma,  tashabbus, 
axborot, hisobot bildirishnomasi, dalolatnoma, mavjud holatni tasdiqlash. 
HISOBOT.
  Ma’lum  bir  vaqt  uchun  rejalashtirilgan  ish  yoki  vazifa, 
topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni 
haqida  ma’lumot  beruvchi  hujjat  hisobot  deyiladi.  Hisobotda  keltirilgan 
ma’lumotlar  aniq,  ishonarli  bo‘lishi  kerak.  Zarur  hollarda  rasmiy  hujjatlar  va 
ilovalar bilan asoslanishi shart.  
Hisobot  tayyorlashda  hisobot  yuzuvchiga  kim  tomonidan,  qachon  va  nimaga 
asosan,  qanday  topshiriq  yoki  vazifa  berilgan  edi.  Uni  qay  muddat  oralig’ida, 
qanday  bajarilgani,  bajarish  jarayonida  nimalarga  e’tibor  berildi.  Topshiriqni 
bajarishdagi  yutuq  va  kamchiliklar nimadan  iborat. Kamchiliklarni  bartaraf  etish 
uchun  qanday  choralar  ko‘rildi  va  boshqa  shu  kabi  masalalarga  diqqat  qilinadi. 
Masalan, Siz shifoxonada hamshira bo‘lib ishlaysiz. Sizni 2010-yil 12-dekabrdagi 
125-buyruqqa  asosan  Toshkent  shahriga  ish  o‘rganish  uchun  10  kunlik  xizmat 
safariga  yuborishgan.  Siz  qaytib  kelib  shifoxonaning  bosh  hakimiga  hisobot 
berishingiz kerak. U taxminan quyidagicha bo‘ladi:  
 
                                                                      Farg’ona bolalar shifoxonasi bosh 
                                                                      hakimi  S. M.G’ofurovga 
                                                                      Hamshira D.Y.Salimovaning 
                                                                      xizmat safari haqida  
 
 
HISOBOT 
 
      
Men,  D.Y.  Salimova  2010-yil  12-dekabrdagi  125-buyruqqa  asosan,  Toshkent 
shahrida  faoliyat  yuritayotgan  Jahon  Sog’liqni  tashkilotining  “Chegara  bilmas 
shifikorlar”  o‘quv  loyihasining  o‘n  kunlik  kursini  tamomlab  qaytdim.  Safarimdan 
maqsad,  hamshiralik  sohasidagi  eng  yangi    muolaja  usullari  va  yangi  texnikalar 
bilan tanishish hamda tajriba almashish edi. Xalqaro miqyosda hamshiralik faoliyati 
bo‘yicha  olib  borilayotgan  ishlar,  yangilik  va  ilg’or  tajribalar  bilan  tanishdim. 
Boshqa  mamlakatlarda  hamshiralarning  bemorga  qarashdagi  roli  va  imkoniyati 
oshgan, har bir hamshiraga uchtadan bemor biriktirilgan, har biriga alohida muolaja 
xonasi  va  zarur  jihoz,  asbob-uskunalar  berilgan.  Shuning  uchun  hamshiralar 
qaramog’idagi  bemorlar  bizdagiga  nisbatan  tezroq  davolanib,  oyoqqa  turmoqda. 
Natijada xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilangan. Ko‘plab dori-darmon, ishchi kuchi va 
albatta  mablag’  tejalgan.  Xizmat  ko‘rsatish  saviyasi  yuqori  bo‘lgani  uchun  aholi 


 
116 
o‘rtasida hamshiralarning va shifoxonalarnig nufuzi ancha baland.  
    Bizning  shifoxonamizda  ham  shunday  ish  tartibi  va  yangi  jihozlar  o‘rnatilsa, 
bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanar edi. Bu bo‘yicha kurs rahbrlari bilan 
fikr almashdim.  
Hamshira:       (imzo)    D.Y.Salimova. 
2010-yil 25-dekabr. 
  
 
       
Biz  yuqorida  keltirgan  xizmat  safari  va  rahbarning  muayyan  topshirig’ini 
bajarish  bo‘yicha  hisobotlar  ma’lum  davrda  bajariladigan  ishlar  bo‘yicha 
hisobotdan  qisman  farq  qiladi.  Masalan,  chorak,  yarim  yillik,  to‘qqiz  oylik  yoki 
yillik  hisobotlar  sal  boshqacharoq  tayyorlanadi.  Bundan  tashqari  moliyaviy 
hisobotlat  faqat  jadvallar  va  raqamlarning  o‘zidan  iborat  bo‘lishi  ham  mumkin. 
Hozir yillik ish rejasining bajarilishiga oid hisobotni olib ko‘raylik, undagi ifoda 
usuli ishning  umumiy hajmiga qarab o‘zgaradi. Ya’ni unda sonlardan, moliyaviy 
ko‘rsatkichlardan ham foydalaniladi. 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish