Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

D A L O L A T N O M A 
 
Dalolatnoma  o‘zining    moddiy-moliyaviy  va  yuridik  javobgarligi  bilan 
katta ahamiyatga ega bo‘lgan rasmiy hujjatlar turkumiga kiradi.  
Tashkilot  yoki  ayrim  shaxslar  faoliyati  bilan  bog’liq  biron-bir  bo‘lib 
o‘tgan(sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, 
unga  guvohlik  berish  maqsadida  bir  necha  kishi  tomonidan  tuzilgan  hujjat 
dalolatnoma  deyiladi.  Dalolatnoma  tuzishda  xilma-xil  maqsadlar  ko‘zlanadi. 
Lekin,  dalolatnomani  tuzishdan  asosiy  maqsad  sodir  bo‘lgan  voqea-hodisalarni 
yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy tomondan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir 
qancha  hollarda  dalolatnoma  tuzish  maxsus  huquqiy  me’yorlar  bilan  qat’iy 
belgilangan.  Masalan,  korxonalarning  hisob-kitob  bo‘limlari  faoliyatida  
dalolatnomalar  avvaldan  belgilab  qo‘yilgan  mazmun  va  davriylikka  asosan 
tuziladi.  
Dallolatnomalar  deyarli  barcha  hollarda  pul  mablag’lari  va  moddiy 
boyliklarga  bog’liq  bo‘ladi.  Hatto,  baxtsiz  hodisa  yoki  tabiiy  ofat  haqidagi 
dalolatnoma  asosida  ham  moddiy  masala  bor.  Demak  u  ko‘proq  moliya-xo‘jalik 
faoliyatida,  hisob-kitob,  oldi-sotdi,  tadbirkorlik  va  savdo  sohasida,  shuningdek 
huquqiy  sohada  ishlatiladi.  Dalolatnomalar  tegishli  taftish  o‘tkazilgandan  keyin, 
rahbarlik  almashinayotganda,  moddiy  boyliklarni  bir  xodim  yoki  yuridik 
shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan 
oldin,  mashina  va  uskunalarning  yangi  nusxalarini  sinovdan  o‘tkazish  chog’ida, 
qimmatbaho buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni 
miqdor  va  sifat  bo‘yicha  qabul  qilishda,  baxtsiz  hodisalar  yoki  tabiiy  ofatlar 
oqibatlarini  tekshirishda,  sud-tergov  ishlari  va  tibbiyot  sohasida,  xodimlarning 
moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi. 
Moliyaviy  faoliyat  va  savdo  sohalarida  tuziladigan  dalolatnomalar 
tasdiqlash(kamomad  yoki  nuqsonlar  bo‘lmagan  hollarda)  yoki  ayblash  (pul 
kamomadi  yoki  moddiy  boyliklar  yetishmasligi  aniqlangandi)  uchun  hamda 


 
117 
tegishli  ravishda  qayd  etuvchi,  rag’batlantiruvchi,  jazolovchi  buyruqlar  e’lon 
qilish uchun asos bo‘ladi. 
Dalolatnomalar  voqea-hodisalarni  haqqoniy  aks  ettirish  maqsadida  bir 
necha  shaxslar  tomonidan  tuziladi.  Ular  muassasa  rahbarining  buyrug’I  bilan 
tuzilgan  komissiya  a’zolari  yoki  xolislar  bo‘lishi  mumkin.  Shuningdek,  maxsus 
vakolatga  ega  bo‘lgan  taftishchi,  nazoratchilar  tomonidan  ham  tuziladi.  Ayrim 
holatda dalolatnoma voqea-hodisa qatnashchilari tashabbusi bilan tuziladi. Barcha 
hollarda ham unda bir necha kishining imzosi bo‘lishi shart.  
Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 
1.
 
Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. 
2.
 
Tuzilgan sanasi va joyi. 
3.
 
Tartib raqami va tasdiq belgisi  (zarur hollarda). 
4.
 
Sarlavha. 
5.
 
Hujjat nomi (Dalolatnoma). 
6.
 
Hujjatni  tuzish  uchun  asos  (rahbarning  buyrug’i,  ko‘rsatmasi, 
jamoatchilikning tashabbusi va boshqalar). 
7.
 
Komissiya tarkibi (raisi va a’zolari). 
8.
 
Ishtirok etuvchilar (guvohlar, xolislar). 
9.
 
Matn. 
10.
 
Ilovalar (agar bor bo‘lsa, ularning necha betligi ko‘rsatiladi). 
11.
 
 Tuzganlarning imzolari. 
12. Ijro haqidagi belgi. 
 
Har  bir  dalolatnomaning  ushbu  zaruriy  qismlari  qatoriga  ayrim  hollarda 
boshqa  ma’lumotlarni  ham  qo‘shish  mumkin.  Masalan,  ishni  qabul  qilish  va 
topshirish 
chog’ida 
tuziladigan 
dalolatnomalarda 
xodimlar 
tomonidan 
topshirilayotgan  qimmatbaho  buyumlar,  hujjalar  sanab  o‘tiladi  (ilova  tarzida), 
topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar ko‘rsatiladi va 
hakazo.  
Mazkur  tartib  umumiy  holatni  aks  ettiradi.  Biroq  ba’zi  hollarda  zaruriy 
qismlarning  o‘rni  boshqacharoq  bo‘lishi  ham  mumkin.  Chunonchi,  sanasi  va 
tuzilgan joy nomi matn oxirida bo‘lishi mumkin.  
Sarlavha  o‘rganilayotgan  va  qayd  etilayotgan  voqea-hodisaning,  holatning  
umumiy  mazmunidan  kelib  chiqadi.  Masalan,  “Kollej  kadrlar  bo‘limida 
hujjatlarning saqlanishi haqida” , “Kasalxonaga kelgan bemorlarni qayd etish va 
xizmat ko‘rsatish saviyasi haqida” va hakazo. 
Dalolatnoma  matni  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lib,  uning  umumiy  holati 
quyidagicha bo‘ladi:

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish