Davlat tilida ish yuritish


- MAVZU: TELEGRAMMA VA FAKSOGRAMMA MATNI



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

24- MAVZU: TELEGRAMMA VA FAKSOGRAMMA MATNI
 
REJA: 
1.
 
Telegramma haqida ma’lumot.  
2.
 
Telegramma turlari va ularning til xususiyati. 
3.
 
Faksogramma va uning o‘ziga xos tomonlari. 
4.
 
Mustaqil ish: telegramma matni tayyorlash. 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar: 
telegraf,  telegamma,  oddiy  telegramma, 
shoshilinch telegramma, hukumat telegrammasi, xalqaro telegramma, jo‘natuvchi 
shaxs, oluvchi shaxs, muhr, shartli raqam(indeks), fototelegramma, faksogramma, 
interval, telegraf uslubi. 
 
Xizmat  doirasidagi  kommunikatsiya  aloqalarining  muhim  shakllari  bo‘lgan 
telegramma va farsoramma bugungi kunda keng qo‘llanayotgan kommunikatsiya 
turlaridan  hisoblanadi.
 
Muhim  xabarni  telegraf  orqali  berilgan  nihoyatda  qisqa 
shakli teleramma deyiladi.  Telegramma ish  yuritishda bir tashkilot, muassasadan 
ikkinchisiga  yo‘llangan  rasmiy  hujjat  hisoblanadi.  Xizmat  xatlari  xabarni 
belgilangan  manzilga  o‘z  vaqtida  yetkasizni  ta’minlay  olmasa,  uni  zudlik  bilan 
yetkazish uchun telegraf va faksogrammadan foydalaniladi. 
Telegraf  yozishmalari  faqat  turli  shahar  yoki  aholi  yashaydigan  joylardagi 
muassasalar,  shuningdek  shaxslar  orasida  bo‘ladi.  Telegramma  o‘z  vazifasiga 
ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi. 
1.
 
Oddiy  telegramma.  Oddiy  telegramma    maxsus  shakldagi  blankaga 
yoziladi. 
2.
 
Shoshilinch  telegramma.  Bu  turdagi  telegramma  aytilgan  joyga  oddiy 
telegrammaga  nisbatan  tezroq  yetkaziladi.  Uning  yuqori  qismida  ko‘k  rangli 
chiziq – shoshilinchlilik belgisi bo‘ladi. 
3.
 
Hukumat 
telegrammasi. 
Hukumat 
telegrammalari 
boshqa 
telegrammalrdan  hajmi  va  o‘ta  rasmiy  ekanligi  bilan  farq  qiladi.  Shuningdek, 
undagi matning maxfiyligiga qarab darajalar bilan belgilanishi ham mumkin.  
4.
 
Xalqaro  telegramma.  Bu  telegrammalar  xalqoro  andozada  qabul 
qilinadi va xalqaro (ingliz, ruz, xitoy, arab, ispan ) tillarning birida yoziladi.  
Barcha  turdagi  telegrammaning  boshqa  ish  qog’ozlaridan  farqi    uning  o‘ziga 
xos  ixchamligi  va  qisqaligidir.  Odatda,  shaxsiy  telegrammalar  aloqa  bo‘limining 
o‘zida  maxsus blankalarga bir nuxsadan yoziladi.  Ammo,  rasmiy  telegrammalar 
oq  qog’ozga  ikki  nusxada  yoziladi.  Birinchi  nusxa  jo‘natish  uchun  aloqa 
bo‘limiga topshiriladi. Ikkinchi nusxa esa korxonaning o‘zida saqlanadi. 
Telegramma, 
qoidaga 
binoan, 
maxsus 
bosma 
ish 
qog’ozlariga 
rasmiylashtiriladi.  Xizmat  telegrammalarining  matni  kompyuterda  bosh  harflar 
bilan  ikki  intervalda  yoziladi.  Telegramma  jo‘natuvchining  adresi,  mansabdor 
shaxsning imzosi va sana kichik harflar bilan yoziladi.  
Matn “telegraf usuli” deb nomlanuvchi usulda qisqa va siqiq uslubda yoziladi. 
Telegrammada  tininsh  belgilari  deyarli  qo‘yilmaydi,  to‘liqsiz  gaplardan  keng 
foydalaniladi, sifat, ravish, yordamchi so‘zlar faqat zarur hollardagina ishlatiladi. 
Y’ani  ularsiz  matn  mazmuniga  putur  yetsa,  yoki  ikki  ma’no  kelib  chiqsagina 
qo‘llaniladi.  Xabarni  bayon  quilishda  ixcham  so‘zlarni  tanlash,  qisqartmalardan 


 
89 
unumli  foydalanish  kerak.  Telegrammada  bir  satrdan  ikkinchi  satrga  bo‘g’in 
ko‘chirilmaydi.  Xatboshisiz  barcha  qatorlar  to‘ldirib  yoziladi.  Kunlar  va 
raqamlarni so‘zlar bilan yozish tavsiya etiladi. Bir necha raqamdan iborat bo‘lgan 
murakkab sonlarni aslicha yozish mumkin. 
Telegrammada quyidagi tarkibiy qismlar bo‘lishi zarur: 
1.
 
Hujjat nomi.(telegramma). 
2.
 
Tur haqidahi belgi (shoshilinch, hukumat, xalqarolardan biri). 
3.
 
Telegramma  yetib  borishi  zarur  bo‘lgan  joy  manzili,  uni  oluvchi 
shaxsning ismi va familiyasi.  
4.
 
Matn. 
5.
 
Jo‘natuvchi  tashkilotning  qisqacha  nomi  va  matnni  imzolagan 
mansabdorning familiyasi (imzo ko‘rsatilmaydi.) 
6.
 
Xabar jo‘natuvchining manzili. 
7.
 
Matn  biror  shaxsning  nomidan  yuborilayotgan  bo‘lsa,  o‘sha  shaxsning 
imzosi. 
8.
 
Muhr. 
9.
 
Sana. 
Telegrammaning  matni  adresdan  ajralib  turishi  kerak.  Agar  telegramma 
javob tariqasida yuborilgan bo‘lsa, matn oldidan javob qaytarilayorgan hujjatning 
shartli  raqami,  matn  oxirida  esa  jo‘natilayotgan  joyning    shartli  raqami  qayd 
etiladi.(2-  namuna)  Til  birliklarini  tejash  telegraf  uslubining  eng  asosiy 
talablaridan biridir.  
Telegramma namunalari   
 
 
 
 
 
1-ilova 
TELEGRAMMA 
QO‘QON  QIYALYSOY 87 II-PAXTA ZAVODI ANVAROVGA 
SHARTNOMADAGI BESH VAGON PAXTA TOLASINI JO‘NATING 
FARTO‘QIMACHI H/J. QODIROV 
 
113430 
Farg’ona shahar. Q.Mahmudov ko‘chasi 12 
“Fag’ona to‘qimachi” hissadorlik jamiyati 
boshqaruvi raisi:              O.Qodirov 
2010 yil. 29.09. 
muhr 
2-ilova 
BESH VAGON TOLA YUBORILDI OLGACH XABAR BERING 
 ANVAROV 
 
17 
 
113433 Qo‘qon Qiyalisoy 87  
II paxta zavod direktori:            Anvarov. 
Muhr 
 


 
90 
Shaxsiy  manfaatdagi  telegrammalar  ham  rasmiy  telegrammalardan  deyarli 
farq qilmaydi. Telegrammaning har bir so‘zi uchun pul to‘lanadi, narxi uning turi  
va  so‘zlarning  soniga  bog’liq.  Telegramma  matnini  tahrir  qilish  va  zarur 
qishqartirishda  telegrammani  qabul  qiluvchi  tomonidan  xabarning  to‘g’ri 
tushunilishiga ham e’tibor berish zarur. 
Turli  vaziyatlarda  zudlik  bilan  ma’lumotlar  yuborishda  telegrammalr  o‘z 
o‘rnini  fakslarga  bo‘shatib  bermoqda.  Bugungi  kunda  buyruq,  farmon,  rasmiy 
xarlar, arizalar kabi rasmiy hujjatlar fakslar orqali qabul qilinmoqda.  
Faks    fototelegrafning  yangi  turi  bo‘lib,  u  telefon  va  faksimel 
imkoniyatining  qo‘shilganidir.  Bunda  rasmiy  xatlar  telefon  liniyasi  orqali  nusxa 
ko‘chirilib jo‘natiladi. Faks texnikaviy axborot, turli chizmalar, sxema va boshqa 
shu kabi hujjatlarni yuborish uchun qulaydir. 
 
 

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish