Davlat tilida ish yuritish


II- BO‘LIM. NUTQIY FAOLIYAT TURLARI



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

 
II- BO‘LIM. NUTQIY FAOLIYAT TURLARI 
 
6-MAVZU: NUTQIY MUOMALA SHAKLLARI  
 
REJA

1. Nutqiy muomala haqida tushuncha. 
2. Nutqiy muomala bosqichlari. 
3. Nutqiy muomala shakllari  
4. Nutqiy muomala va ularning leksik-uslubiy xususiyatlari. 
5. Nutqiy muomala jarayonida nutq uslublaridan foydalanish. 
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:
  muomala  shakllari,  til  birligi,  so‘z-gap,  kirish 
so‘z, muomala turlari. 
 
Dastlabki  qarashda  nutqiy  muomala  oddiy  jarayondek  ko‘rinadi.  Ammo  u 
juda murakkab jarayon bo‘lib, maqsadni amalga oshirish uchun kishidan ko‘plab 
bilim va ko‘nikmalarni, nutqiy madaniyatni talab qiladi. Chunki, nutqiy muomala 
inson  faoliyatining  asosiy  qismidir.  Biz  nutqiy  faoliyatsiz  taraqqiyotga  erisha 
olmaymiz. U bizni tashqi olam bilan bog’lab turadigan eng qulay vositadir.  
Nutqiy  muomala  deganda,  insonning  tashqi  borliq  bilan  munosatga 
kirishish  jarayoni  tushuniladi.  Bunda  odam  turli  yo‘llar  bilan  o‘z  fikri, 
tushunchasi, dunyoqarashini ifoda etadi. Yoki aksincha, eshitish, his etish, sezish 
bilan  ham  muomalaga  kirishish  mumkin.  Shunga  ko‘ra,  insonning  nutqiy 
muomala faoliyatini uch ko‘rinishga bo‘lish mumkin.  Bular – so‘zlash, mutolaa  
va eshitish jarayonlaridir.  
 
So‘zlash  deyilganda,  nutq  tovishlari  orqali  so‘zlovchining  ma’lumot  va 
maslahat  berishi,  buyurishi  va  so‘rashi,  izhor  etishi  yoki  tasdiqlashi  mumkin 
bo`lgan  nutqiy  muomala  jarayoni  tushuniladi.  Bunda  so‘zlovchining  bilimi, 


 
25 
madaniyati,  axloqi,  odobi,  maqsadi  yuzaga  chiqadi.  Snuning  uchun  barcha 
davrlarda nutqiy muomalaga alohida e’tibor berilgan.  
 
Hatto,  maxsus  notiqlik  maktablari  bo‘lganki,  unda  notiqlik  san’ati  bilan 
uzviy  holda  nutqiy  muomala  o‘rgatilgan.  Masalan,  Turonzamin  xalqlarining 
mushtarak yozama yodgorligi hisonlanadigan “Avesto”da ezgu fikr, ezgu so‘z va 
ezgu amal haqida alohida boblar mavjud. Ya’ni, ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal 
sohibiga  zarimaya(lazzatli,  xushboy,  g’oyat  yoqimli,  jannat  ne’mati)  moyi 
berilishi  uqdiriladi.  Shuningdek,  qadimgi  Shumerlarda,  qadimgi  Misrda, 
Yunonistonda va nihoyat Rimda ana shunday maktablar  mavjud bo‘lgan.  
 
Qadimgi  Turkistonda  “Avesto”dan  oldin  ham,  undan  keyin  ham  barcha 
zamonlarda  nutqiy  muomalaga  alohida  e’tibor  berilgan.  Buning  uchun  har  bir 
bola chaqaloqligidan boshlab chiroyli so‘zlashga o‘rgatilgan.  
 
Nutqiy muomalaning so‘zlashuv turi faqat og’zaki ko‘rinishda bo‘lib, unda 
ko`pincha  til  vositalaridan  erkin  foydalaniladi.  Til  birliklari  aytilmoqchi  bo‘lgan 
fikrga  mos  holda  avtomatik  tarzda  tanlanadi.  Bunda  tez-tez  til  normalari 
buzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ammo so`zlashish jarayonida chiroyli, aniq, lo`nda va 
xushaxloqlik  bilan  so`zlanilsa,  nutqiy  nuomala  go`zallashadi.  Suhbatimiz 
barchaga manzur bo`ladi.Qadimdan nutqiy muomalaning bu turiga alodida e’tibor 
berilgan. Masalan,  
Til arslon misli yotar qafasda. 
Bexabar boshini u yer nafasda. 
…So`zingni tiyib yur, boshing yormasin. 
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin.(Yusuf Xos Hojib)     
  
Mutolaa  ham  nutqiy  muomalaning  tarkibiy  qismi  hisoblanib,  faqat  yozma 
nutq  namunalari  orqali  amalga  oshiriladi.  Demak,  bunda  adabiy  til  normalariga 
qat’iy  amal  qilinishi,  grammatik  talablar  buzilmasligi,  imlo  qoidalariga  rioya 
qilinishi kerak bo‘ladi.    
  
 
Nutqiy muomalaning tarkibiy qismi bo‘lgan eshitish jarayoni so‘zlashuv va 
mutolaa qilish bilan bog’liqdir. Ya’ni,  so‘zlanayotgan yoki  mutolaa qilinayotgan 
nutq  namunasinigina  eshitish  mumkin.  Eshitish  malakasi  qancha  yaxshi 
shakllansa,  tashqi  olam  bilan  muloqotga  kirishish  shuncha  oson  kechadi.  Agar 
o`qilayotgan yoki so`zlanayotgan nutqqa diqqat qilinmasa, undan hosil bo`ladigan 
natija  ham  salbiy  bo`ladi.  Har  qanday  narsani  emas,  kerakli  ma’lumotni  eshitish 
nutq madaniyatining asosiy qoidalaridandir. 
 
Umuman olganda,  nutqiy muomalaning har uchala ko‘rinishi alohida holda 
ham,  aralash  holda  ham  kelishi,  qo‘llanishi  mumkin.  Xulosa  qilib  shuni  aytish 
mumkinki, nutqiy muomala inson faoliyatining asosiy qismidir.  
 
Nutqiy  muomalaning  so‘zlashish  shaklida  asosan  dialogdan  foydalaniladi. 
(Bundan  tashqari  polilog,  monolog  shakli  ham  ishlatiladi.)Dialoglar  esa 
mazmuniga ko‘ra turli tarzda bo‘lishi mumkin. Masalan, savol-javob, taklif-istak, 
fikr-mulohaza, so`rov-rad etish, aralash va hakazo.  
 
Dialogning  savol-javob  tarzidagi  nutqiy  nuomalani  ko‘rib  chiqadigan 
bo‘lsak. Bu faoliyatni ham shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin: 
I. So‘zlovchi bosqichi. Bu bosqich ham o‘z navbatida bir necha darajalarga 
bo‘linadi: 


 
26 
A.Tanlash  bosqichi.  Bu  bosqichda  so‘zlovchi  kim  bilan,  qachon,  qay 
mavzuda,  qanday  so‘zlashishni  tanlaydi.  Zarur  til  birliklarini,  iboralarni, 
sitatalarni  ajratib  oladi.  Shuningdek,  aksar  hollarda  suhbatdoshni  ham  tanlaydi. 
Bu esa so`zlovchining psixologik holati, kayfiyati, yoshi, jinsi, kasbi, maqsadiga 
ham bog`liq.  
B.  Salomlashuv  va  tanishuv  bosqichi.  Bu  bosqichda  so‘zlovchi 
suhbatdoshiga  yaqinlashib  salomlashadi,  asosiy  mashg’uloti  (maqsadi,  yo‘li, 
ishi)dan  chalg’itgani  uchun  kechirim  so‘raydi  hamda  o‘zini  tanishtiradi.  Bu 
muomalaning  eng  nozik  joyi  bo‘lib,  so‘zlovchi  har  qanday  holda  ham  o‘zini 
madaniyatli tutishi, odob bilan zo‘zlashi nihoyatda muhimdir.   
V.    Maqsad-  muddao  bosqichi.  Tinglovchi  bilan  muomalaga  kirishilgach, 
unga  maqsadni  aniq,  qisqa,  lo‘nda  tushuntiriladi.  So‘zlayotganda  ortiqcha 
harakatlar  qilmaslik,  odob  doirasidan  chiqmaslik  va  tinglovchiga  juda  yaqin 
kelmaslik maqsadga muvofiqdir.  
E.  Xayirlashuv bosqichi. Bu bosqichda suhbat natijasi muhim o`rin tutadi. 
Agar  tomonlar  maqsadga  erishgan  bo`lsalar,  yoki  ayni  payt  suhbatning  mavridi 
bo`lmasa,  tomonlar  xayrlashadilar.  Bunda  har  ikki  tomon  ham  deyarli  faol 
qatnashadi. Avval so‘zlovchi o‘z gapini tugatadi va xayrlashib suhbatdan chiqadi. 
Xayrlashuv ham qisqa. Bir-ikki so‘zdan iborat bo‘lishi muhimdir. 
II. Tinglovchi bosqichi. Bu bosqich ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi:  
A.  Tinglash    bosqichi.  Agar    so‘zlovchiga  vaqt  ajrata  olsa,  u  bilan 
so‘zlashishga  kirishadi.  So‘zlovchining  so‘zi  bo‘linmasdan,  oxirigacha  diqqat 
bilan eshitiladi. Agar so‘zlash jarayoni cho‘ziladigan bo‘lsa, uzr so‘rab maqsadni 
aniqroq va qisqaroq bayon qilish so‘raladi.   
B. Javob bosqichi. So‘zlovchining maqsadidan kelib chiqib javob qilinadi.  
Yuqorida  nutqiy  muomalaning  rasmiy-idoraviy  yoki  notanish  joydagi 
shaklini  tashkillash  ko‘rib  chiqildi.  Unda  iloji  boricha  “kechirasiz”,  “iltimos”, 
“vaqtinigizni  olsam  bo‘ladimi?”  “aytingchi”,  “minnatdorman”,  “rahmat”, 
“salomat bo‘ling” kabi so‘z  va birikmalardan ko‘proq foydalaniladi. 
Nutqiy  muomalaning  bundan  tashqari  murojaat, istak, bildirish,  mulohaza, 
minnatdorchilik, xayrlashuv kabi shakllari ham  mavjud bo‘lib, ular ham hayotda 
ko‘p  ishlatiladi.  Biz  ko‘pincha  nutqiy  muomalaning  bu  shakllari  qisqa  davom 
etishini  sababli    ko‘p  ham    e’tibor  beravermaymiz.  Aslida  maqsad  qay  darajada 
amalga  oshishi  nutqiy  muomalaning  qanday,  qay  tarzda,  kim  bilan  o‘tishiga 
bog’liqdir.  
Nutq  muomalada    oddiy  so‘zlar,  sodda    gaplar,  intonatsiya,  bir  ma’noli 
so‘zlar,  iboralardan  foydalanish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun 
so‘zlovchining  bilim doirasi keng bo‘lishi va tilni mukammal bilishi talab etiladi.       
Chunki,  nutq  yakka  shaxsning  ijodi  hisoblanadi.  Uning  madaniyati  ham 
shaxning  til  imkoniyatlarini  qanchalik  o‘zlashtirganligi,  undan  qanchalik 
foydalanishiga  bog’liq.  Ulardan  nutq  sharoitiga  mos  ravishda  mohirona 
foydalanish  nutq  madaniyatining  eng  birinchi  talabidir.  O‘rinsiz  aytilgan  har  bir 
so‘z yoki qilingan harakat suhbat natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy hol. 


 
27 
Shuningdek,  imo-ishora,  muhit,  xatti-harakatlar  ham  nutqiy  muomalada 
katta o`rin tutadi. Nutqiy jarayonda ulardan noo`rin foydalanish madaniyatsizlik, 
suhbatdoshni mensimaslik kabi salbiy holat deb qabul qilinadi.  
Nutq muomala suhbatning maqsad va kim bilan bo‘lishiga qarab turli nutq 
usliblarida  bo‘lishi 
mumkin.  Ko‘pincha,  so‘zlashuv  uslibining  asosiy 
xususiyatidan  foydalaniladi.  Lekin, badiiy,  ilmiy,  rasmiy,  aralash  usliblarda  ham 
tashkillanishi mumkin.  
Demak, nutqiy muomalada so‘zlovchi o‘z fikrini qisqa va batafsil ifodalab 
tinglovchiga yetkazishi ham o‘ziga xos san’atdir.       
 
    

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish