3. Tasviriy monolog.
Tabiat manzarasi yoki biror shaxsning tashqi tasviri
berilgan matnlar tasviriy monolog hisoblanadi. Bu monolog badiiy adabiyotda
peyzaj va portret kabi turlarga bo‘linadi. Masalan. Cho‘lpon o‘rta bo‘y,
to‘lachadan kelgan, doimo yumaloq gardishli oddiy ko‘zoynak taqib yuradigan
odam edi.
4. Lirik monolog.
So‘zlovchining ichki dunyosi, his-tuyg’ilari va ruhiy
kechinmalarini ifodalovchi tashqi monologik nutq lirik monolog deyiladi. Lirik
monologda shaxsning orzu-umidlari, tashqi dunyodan olgan taassurotlari,
kelajakdagi rejalari aks etadi. Aksariyat she’rlar lirik monolgga misol bo’ladi.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |