eng muhim omili esa tildir. Til vositasidagina so‘zlashuv jarayoni
davom etadi.
Bu jarayonning natijasi tildan qanday
foydalanishga bog’liq. Ulug’ mutafakkir
Alislier Navoiy:
“Og’ziga kelganni demak nodonning ishi,
Oldiga kelganni yemak hayvoming ishi”,
degan ekan. Asrlar
osha sinalgan bu fikr so‘zlashuvchilar uchun o‘ta
muhimdlr. So‘zIashuv chog’ida yetti o‘lchab bir kesmoq, ya
’
ni har bir so‘zni
21
o‘ylab keyin gapirmoq kerak.
So‘zlashuv odobi haqida gap ketganda, bir-biriga bog’liq bo‘lgan quyidagi
jihatlarga e’tibor berish kerak. Bular–so‘z me’yori, tinglash odobi,
suhbatdoshlar shaxsi. So‘z me’yoriga e
’
tibor berilmasa, suhbatdoshini
zeriktiradi, hafsalasini pir qiladi. Ko‘p gap qadrsiz bo‘lib, so‘zlovchining ham
qadrini ketkazadi.
Oz va mazmunli so‘zlash, ayni chog’da so‘zlarni buzmasdan
tiniq talaffuz qilish lozlm, o‘quvchilar orasida ham, kattalar orasida ham turli
millat so‘zlarini aralashtlrib gapiradigan, o‘zbekcha so‘zlarni tartibsiz
ishlatadiganlar uchrab turadi. O‘zbekistonimiz mustaqillikni qo‘lga kiritdi.
o‘zbek tiliga davlat
tili maqomi berildi. Endi tilimizga dog’ tushirishga,
so‘zlarni buzib talaffuz qilishlarga chek qo‘yiladigan davr keldi. O‘zbekiston
xalq shoiri Erkin Vohidov «Nutq haqida» she’rida O‘tkir nomli o‘quvchining
nutqi haqida quyidagilarni yozadi:
Har so‘zida “bu”, “anu”,
“Haligi”, “so‘ng”, “anaqa”.
“Bu-bu” deydi, nima bu?
“Anaqasi” qanaqa?
Gohi qovushmay so‘zi
Gapidan to‘xtab qolsa,
Yaxshi bilsa ham o‘zi
Zo‘rg’agina “3” olsa,
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring
Nima bu, qanaqasi
Qachon qolar O‘tkirning
“Nima”, bu “anaqasi”.
O‘tkirga o‘xshagan o‘quvchilar so‘zlashuv odobiga rioya etishi, davlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan tilimizni sevmog’i va hurmat qilmog’i lozim.
Nutq odobiga amal qilish maqbul xislatdir. Hamisha chiroyli, ochiq va
mazmundor so‘zlashga intilish lozim. Bu haqda bobokalonlarimiz quyidagicha
nasihat qilishadi:
So‘z—mo‘jiza, uni to‘g’ri yozish, to‘g’ri talaffuz qilish va undan yaxshilik
uchun foydalanish dono kishining ishi.
(
Abu Rayhon Beruniy
.)
Shunday bo‘ladiki, ularni faqat so‘z bilan davolamoq zarur.
(
Abu Ali Ibn
Sino.)
So‘
ngni tiyib yur, boshing yormasin.
Tilingni tiyib tur, tishing sinmasin
. (Yusuf Xos Hojib.)
Ortiq so‘zdan aslo bo‘larmi foyda,
Ziyondan bo‘lak yo`q, so‘z ortiq joyda.
Yusuf Xos Hojib.
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.
Yusuf Xos Hojib.
Ko‘
ngul mahzanining qulfi til
Va ul mahzanning kalidin so‘z bil
.
A.Navoiy.
Aqlli kishi bir masala haqida so‘zlamoqchi bo‘lsa, u masalaning
mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lishi va nima demoqchi ekanini o‘ylab, ochiq,
22
mazmundor so‘zlaydi. Johil odam esa hatto o‘zi nima deyayotganini
tushunmaydi, nima demoqchi ekanini ham yaxshi anglata olmaydi.
Agar bir odamning kamchiligini sezib, unga nasihat
Do'stlaringiz bilan baham: |