Davlat tilida ish yuritish


Mustаhkаmlаsh uchun sаvоl va topshiriqlar



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Mustаhkаmlаsh uchun sаvоl va topshiriqlar 
 
1.
 
Nutqning asosiy xususiyatlаrini tushuntirib bеring. 
2.
 
Nutqning to‘g’riligi dеgаndа nimаni tushunаsiz? 
3.
 
Nutqning аniqligi vа mаntiqiyligini аytib bеring. 
4.
 
Nutqning tоzаligi nimа? 
5.
 
Nutqning ta’sirchanligini izohlab bering.  


 
19 
6.
 
Nutqning  asosiy  xususiyatlariga  amal  qilgan  holda  kichchikroq  matn 
tuzing va uni tahlil qiling.  
 
 
5 –MAVZU:   NUTQ  ODOBI 
REJA: 
1.
 
Nutq odobi haqida. 
2.
 
Salomlashish odobi. 
3.
 
So‘zlashish odobi. 
4.
 
Donishmandlar nutq odobi haqida. 
Tayanch  so‘z  va  ibora: 
nutq  odobi,  salomlashish  qoidalari,  samimiylik,  ochiq 
chehra, xushmuomala.
 
Insonning  xulq–odobi,  avvalo  uning  boshqa  kishilarga  bo‘lgan 
munosabatida  ko‘zga  tashlanadi.  Odobli,  shirinso‘z,  xushmuomala  kishilar 
odamlarga nisbatan e’tiborli va sezgir bo‘ladilar. Shuning uchun ota-bobolarimiz 
nutq odobiga alohida e’tibor berishgan.  
“Nutq  odobi”  atama  sifatida  so‘zlashish,  suhbat  odobi  degan  ma’noni 
bildiradi.  So‘zlshish  esa  salomdan  boshlanadi.  Xalqimizda  «Suxandonlik 
salomdan, ish intizomdan boshlanadi» degan hikmatli ibora bor. Darhaqiqat, salom 
bilan  boshlangan  suhbat,  yomon  niyatni  qaytarib  yopiq  eshiklarni  ochar  va 
nifoqni yo‘qotar ekan.  
“Ha,  “Assalomu  alaykum”  kalomining  qudrati  shu  qadar  buyukki,  buni 
anglab  yetish  uchun  uning  ma’nosidan  boxabar  bo‘lmog’imiz  lozim.  Bu  jumla 
aslida “As-salom alaykum” shaklida, ya’ni, “as” ajratib yozilishi kerak. Lekin bu 
so‘zni  qabul  qilgan  ko‘pchilik  xalqlarda  qulaylik  uchun  chiziqchasiz  “assalom” 
shaklida qo‘shib yozish odat tusiga kirib ketgan. “Salom” so‘zi arabcha “salima”–
hozirgi-kelasi  zamon  shakli  “yaslamu”  fe’lidan  olingan  bo‘lib,  “salomatlik, 
tinchlik, xavf-xatarsiz, nuqsonsizlik, poklik, osoyishtalik, xalos bo‘lish, itoatkorlik, 
bo‘sunish, najot topish” kabi qator ma’nolarni bildiradi.     
“Alaykum”  kalomi  ham  ikki  qismdan  iborat.  Birinchisi  arabcha  “ala” 
ko‘makchisi,  ya’ni  old  qo‘shimcha  bo‘lib,  o‘zbek  tilidagi  jo‘nalish  kelishigi 
qo’shimchasi  “-ga”ga  to‘g’ri  keladi.  “Alaykum”ning  ikkinchi  qismi  “kum”  esa 
ikkinchi shaxs ko‘plik “siz”ni bildiradi. Shunday qilib, “Assalomu alaykum” so‘zi 
“Sizga  salomatlik,  tinchlik  va  osoyishtalik  bo‘lsin”  ma’nosida  ishlatilib 
kelinmoqda. 
Tarixning guvohlik berishicha, arablar  islomgacha davrda nihoyatda  o‘jar, 
urishqoq  xalq  bo‘lgan.  Bir  qabila  ikkinchi  qabila  bilan  bitta  erkak  qolmaguncha 
urishib,  bir-birini  qirg’in  qilgan  paytlar  ham  bo‘lgan.  Shu  boisdan  bo‘lsa  kerak, 
arablarda  tinchlik,  osoyishtalik  doimo  birinchi  o‘rinda  turgan  va  keyinchalik  ular 
“Assalomu alaykum” so‘zini qabul qilib, bir-birini ko‘rganda shu so‘z yordamida 
murojaat qilishgan… 
Salomlashishning  ahamiyati  haqida  shunday  naql  bor:  “Bitta  salom  bilan 
beshta  narsaga–o‘zini  yengil  sezish,  shon-shuhrat  topish,  qut-barakali,  ilmli 
bo‘lish va nihoyat uzoq umr ko‘rishga erishiladi”. Buning yorqin misolini o‘zbek 
xalq ertaklaridagi devlar huzuriga kelgan kishilarga «Gar saloming bo‘lmaganda, 


 
20 
ikki yamlab bir yutardim», deya afu etish hollarida ham ko‘ramiz.  
Ha,  salomda  gap  ko‘p.  Ammo  salomlashish,  salom  berishning  o‘ziga 
yarasha qonun-qoidalari bor.  
Avvalo  har  bir  muslim  va  musluma  salomlashish  ham  farz,  ham  qarz 
ekanligini  yaxhsi  anglab  yetmog’i    lozim.  Chunki  “So‘z  boshi–salom” 
deganlaridek,  suhbatdoshlar  muloqoti  “assalomu  alaykum”,  “vaalaykum  salom” 
jumlalari bilan boshlanadi. Bu suhbatdoshlarning tanish yoki notanishligidan qat’I 
nazar, o‘zaro hurmat va ehtirom belgisi hisoblanadi”.  
Hadisi  sharifda:  Uchrashganda  qaysi  birlaringiz  birinchi  bo‘lib  salom 
bersangiz, o‘sha odam tangriga itoatliroqdir, deyilgan. 
Kim oldin – salom bersa, savob, olijanoblik, ulug’lik uning tomonida bo‘ladi. 
Salom-alik  odamiylik  belgisi  ekanligi  xalq  maqollari,  hikoyat,  rivoyat,  ertak, 
dostonlarda  o‘z  aksini  topgan.  Masalan,  “Avval  salom,  keyin  kalom”, 
“Odobning  boshi–til”,  “Kattaning  hurmati–qarz,  Kichikka salom–farz  ”,  “Salom–
kattadan,  Alik–nuqtadan”,  “Odoblilik  belgisi–eshilib  salom  bergani,  Yaqinlikning 
belgisi–kelib-ketib turgani”  kabi maqollar shular jumlasidandir. 
So‘zlashuv  —  ikki  yoki  undan  ortiq  kishilarning  o‘zaro  fikr  olishuvi 
bo‘lib,  jamiyatning  barcha  a’zolari  ishtirok  etishi  mumkin  bo‘lgan  jarayondir. 
Odamlar  orasidagi  aloqani  bog’laydigan  ip  so‘zlashuvdir.  Agar

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish