qilmoqchi bo‘lsang,
avval uning tabiatini, ruhiy holatini yaxshi
bilib olib, so‘ng nasihat qil. Agar u
nodon bo‘lsa, qilgan nasihating bekor ketadi.
Kishilarga aytadigan so‘zingni yumshoqlik, muloyimllk bilan ayt,
odamlar so‘zlagan so‘zingdan sening kim ekaningni, martabang
va darajangni
bilib olishadi. Chunki kishining kim ekani, darajasi so‘zidan bilinadi, har
kishining fe
’
l-atvori so‘z ostida pinhondir. Bir xil fikrni ikki xil ibora bilan
ifodalash mumkin. Birini aytganda dil xira tortsa, ikkinchisida esa ko‘ngil taskin
topadi. So‘zga epchil, notiq, suxango‘y odam so‘zini qaysi ibora bilan aytishni
biladi.
Kishilik jamiyatida so‘zning o‘rni,
so‘zlash va qanday so‘zlash juda ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Ota – bobolar ana shuning uchun ham o‘zlarining
ko‘plab maqollari orqali avlodlarga so‘zlash odobi yuzasidan qimmatli
maslahatlar, nasihatlar aytib qoldirishgan: «Taom lazzati–o‘zida, odam lazzati–
so‘zida», «Yuzing chiroyli bo‘lguncha, so‘zing chiroyli bo‘lsin», «Kuch
egmaganni so‘z egar», «Yaxshi gap ham, yomon gap ham bir og’izdan
chiqadi». Modomiki shunday ekan, yomon
gapni–gapirgandan ko‘ra, sukut
saqlagan ma’qul. Chunki, yaxshi gapni gapirgan ma’quldir.
Xalqimizda «Dildagi so‘z tilga chiqadi», degan ibora ham bejiz
aytilmagan. Ayniqsa. shifokorlarga, tarbiyachilarga, ota – onalarga bu xislatlar –
suv bilan havodek zarur. Chunki shifokorning bemorga yoqimli muomalasi
buyurgan dorisi bilan birgalashib ijobiy ta’sir qiladi. Tarbiyachilar bilan ota –
onalar yoshlarni har tomonlama kamol toptirishi, milliy urf-odatlarimizni
qadrlaydigan va uni
davom ettiradigan insonlarni yetishtirish mas’uliyati
borligini unutmasliklari kerak.
Odamning so‘zi o‘ziga ham do‘st, ham dushmandir. Hikoya qilishlaricha,
qadim zamonda bir yurt podshosi tush ko‘radi. Tushida o‘ttiz ikkita tishidan
o‘ttiz bittasi sug’urillb, bittasi qo‘lgan ekan. Shoh bu holdan hayron bo‘lib,
tongda ta’birchini huzuriga chaqirtirib, ko‘rgan tushuni
bayon qilib beribdi.
Ta’birchi shunday javob
beribdi: «Shohim, hamma bola – chaqangiz,
qarindoshlaringiz o‘lib, bitta o‘zingiz qo‘lar ekansiz».
Shoh
bu gapdan g’azablanib ta’birchini zindonga tashlashni buyuribdi.
Boshqa ta’birchini huzuriga keltirib, hech narsa bo‘lmagandek,
ko‘rgan tushining ta
’
birini so‘raganda: «Shohim, hamma hesh – aqrabolaringiz
ichida eng umri boqiysi, uzoq yashaydigani siz ekansiz», deb ta’bir qilibdi. Shoh
bunday yoqimli gaplardan xursand bo‘lib, uning sha’niga ziyofat berib, uni
sovg’a –salomlar bilan saroydan kuzatgan ekan.
Bir donishmanddan so‘radilar:
— Eng aqlli odam kim?
Donishmand aytdi:
—Ko‘p narsani bilib, kam so‘zlagan, o‘z bilimiga mag’rur bo‘lib, bilimdonlik
qilmagan odam eng aqlli hisoblanadi.
—Odamlar o‘z tabiatlari va qilgan ishlariga ko‘ra bir necha toifaga
23
bo‘linadilar?
Donishmand javob berdi:
— Bu jihaldan odamlar to‘rt toifaga bo‘linadilar. Birinchi toifadagilar bir
ishni qilishga so‘z beradilar va so‘zlarining ustidan chiqadilar. Bunday
odamlar subutli, va’dasiga vafodor, yaxshi odamlardir.
Ikkinchi toifadagilar so‘z bermaydilar, lekin indamasdan yurib ishlarini
ko‘ngildagidek do‘ndiradilar. Bular kamsuqum, kamtar kishilardir.
Uchinchi toifadagilar og’izni ko‘pirtirib so‘zlaydilar, va’da beradilar, ammo
amalda hech bir ish ko‘rsatmaydilar. Bundaylar subutsiz, yolg’onchi,
ikkiyuzlama, va’daboz kimsalardir.
To‘rtinchi toifadagilar so‘z bam bermaydiiar va hech bir ish ham
qilmaydilar. Bular ishyoqmas, hamma narsaga befarq qarovchi, tekinxo‘r,
dangasalardir.
Boshqa bir rivoyatda nutq odobi haqida shunday deyiladi:
Bir donishmanddan: –Qaysi xislat odamni past darajadan yuqori
martabaga ko‘taradi? — deb so‘radilar.
U javob berdi: –Aql va tamiz.
Yana savol berishdi;–Odam nima bilan odam bo‘la oladi?
Donishmand aytdi:–Odamgarchilik bilan. Agar odamda shu xislat
bo‘lmasa, uning hayvondan farqi qolmaydi.
Savol: –Adab, tarbiya odamga qanday foyda keltiradi?
Donishmand aytdi:
—Adabli, tarbiyali odam boshqalarga muhtoj bo‘lmaydi, balki unga
muhtoj bo‘ladilar. Adabli, tarbiyali odam hech kimdan koyish eshitmaydi,
hamma uni do‘st tutadi.
Savol:–Eng achchiq narsa nima?
Donishmand aytdi:
–Pastkash
odamlarga
muhtojlik,
ulardan
bema’ni
so‘zlar
eshitish.
Savol: Qaysi narsalar odamga alam va pushaymonlik keltiradi?
Donishmand aytdi:
–G’azab, takabburlik va nojo‘ya harakat.
–Qanday odamlarni aqlli va qanday odamlarni ziyrak, deb aytanmiz?
Donishmand dedi:
—
Bir ishga kirishmasdan avval uning oqibatini yaxshi o‘ylab,
so‘ng u ishga kirishgan odamni aqlli, keyin keladigan voqeani ilgariroq sezib,
uning chora va tadbiriga kirishgan odamni ziyrak, deb aytamiz.
- Qaysi narsalar inson uchun ayb sanaladi?
Donshmand aytdi:
- Baxillik,
yolg’onchilik,
chaqimchilik,
do‘stlarining
ozgina
kamchillklarini ko‘rish bilan ulardan yuz o‘girish, o‘z aybini ko‘rmay,
boshqalarning ayblarini oshkor qilish.
Arastudan so‘radilar:
—
Odam bilan qanday muomala qilishimiz kerak?
Arastu shunday maslahat berdi:
24
—Odamlarning o‘zingizga qanday muomalada bo‘lishini istasangiz, ularga
shunday muomala qilingiz.
Xullas, nutq odobi kishining ziynati, odamni odamligi bildiruvchi eng
oily qadriyat. Shuning uchun so‘zlashganda odob doirasidan chiqmasdan
so‘zlashishni yoddan chiqarmasligimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |