M. M. Mamadazimov A. M. Tillaboyev Sh. E. Nurmamatov


  Venerani  kechqurun  quyosh  botgach,  sharqda  ko‘rish  mumkinmi?  Merkuriy va Marsni-chi?  5



Download 3,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/121
Sana01.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#289107
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Bog'liq
astronomiya kursidan masalalar to'plami(1)

4.  Venerani  kechqurun  quyosh  botgach,  sharqda  ko‘rish  mumkinmi? 
Merkuriy va Marsni-chi? 
5.  Merkuriy  orbitasining  eksentrisiteti  0,206  ga  teng  bo‘lib,  o‘rtacha  orbital 
tezligi  48  km/sek.  Uning  perigeliydan  o‘tish  paytidagi  maksimal  tezligini 
hisoblang. 
6.  Yerning  o‘rtacha  orbital  tezligi  30  km/sek  bo‘lib,  uning  afeliy  nuqtasidan 
o‘tish paytidagi tezligi 29,5 km/sek ga teng. Yer orbitasini eksentrisitetini toping. 
7.  Uran  planetasining  Quyosh  atrofida  aylanib  chiqish  davri  84  yilga  teng. 
Uning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligini astronomik birliklarda aniqlang. 


37 
 
8.  Saturnning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 9,5 a. b. ga teng. Yerning Quyosh 
atrofida  aylanish  davri  va  Yerning  Quyoshdan  o‘rtacha  uzoqligini  bilgan  holda 
Saturnning Quyosh atrofida aylanish davrini hisoblab toping. 
9.  Oyning  Yer  atrofida  aylanib  chiqish  davri  27,3  sutka.  Oygacha  bo‘lgan 
o‘rtacha  masofani  toping.  Oyning  o‘rtacha  orbital  tezligi  qanday  bo‘ladi?  Yer 
uchun  
𝐾

= 4 ∗ 10
5 𝑘𝑚
3
𝑠
2
 ma’lum deb qarang. 
10.  Marsning yo‘ldoshlaridan biri – fobosning Marsdan o‘rtacha uzoqligi 9400 
km  bo‘lib,  planeta  atrofida  aylanib  chiqish  davri  7
h
39
m
14
s
.  marsning  ikkinchi 
yo‘ldoshi  Deymos  planeta  atrofida  16
h
17
m
55
s
  da  aylanib  chiqsa,  Deymosning 
marsdan o‘rtacha uzoqligi qanday bo‘ladi? 
11.  Yupiterning  Galiley  tomonidan  topilgan  yo‘ldoshlaridan  biri  Kallisto 
planeta  atrofida  16,59  sutkada  bir  marta  to‘la  aylanib  chiqadi.  Kallistoning 
Yupiterdan  o‘rtacha  uzoqligi  1 882 000  km  bo‘lib,  Yupiterning  Quyoshdan 
o‘rtacha  uzoqligi  5,2  a.  b.  ga  teng.  Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlardan 
foydalanib  Yupiterning  Quyosh  atrofida  aylanishining  siderik  davrini  va  orbital 
tezligini aniqlang. 
12.  Merkuriyning  Quyosh  atrofida  aylanish  davri  88  sutkaga  teng.  Yerning 
Quyosh  atrofida  aylanish  davrini  (365,25  sutka)  bilgan  holda  Merkuriyning  ikki 
marta ketma-ket Yerga yaqinlashishi uchun ketgan vaqt oralig‘ini aniqlang. 
13.  Yupiterning Quyosh atrofida aylanishining siderik davri 12 yilga teng. Bu 
planeta  konfiguratsiya  vaziyatlarining  (Quyosh  bilan  qo‘shilish  yoki  qarama-
qarshi turish jabi holatlarining) biridan ikki marta ketma-ket o‘tishi uchun ketgan 
vaqt oralig‘ini aniqlang. 
14.  Agar Venera Quyosh diskini kesib o‘tayotgan bo‘lsa, bunday “kesib o‘tish” 
qanday  burchak  tezlik  bilan  bo‘ladi?  Veneraning  Quyoshdan  o‘rtacha  uzoqligi 
0,723  a.b  ga,  sinodik  aylanish  davri  584  kunga  teng.  Quyoshning  ko‘rinma 
diametri esa 32′ (Osmon sferasi katta aylanasining 1/675 qismini tashkil etadi). 
15.  Quyosh  sistemasining  eng  chekkada  joylashgan  planetasi  –  Plutonning 
Quyoshdan  o‘rtacha  uzoqligini  bilgan  holda  (39,4  a.b)  uning  siderik  davrini 
aniqlang. 
16.  Pallada  asteroidi  (mayda  planetalar  ichida  eng  yiriklaridan  biri)  ning 
Quyoshdan  o‘rtacha  uzoqligi  Yerdan  Quyoshgacha  bo‘lgan  masofadan  2,77 
marta ortiq. Palladaning Quyosh atrofida to‘la aylanib chiqishi uchun qancha vaqt 
ketadi? 
17.  Agar  Veneraning  Quyosh  bilan  ikki  marta  quyi  qo‘shilishi  uchun  ketgan 
vaqt  584  sutkaga  teng  bo‘lsa, u  Quyosh  atrofida  bir  marta  to‘la  aylanib  chiqishi 
uchun qancha vaqt ketadi? 
18.  Agar  planetalardan  birining  Quyosh  atrofida  aylanish  davri  370  sutkaga 
teng bo‘lsa, u holda qancha vaqtdan keyin uning qarama-qarshi turish vaziyatlari 
qaytariladi? U Yerga qancha masofagacha yaqinlashadi? Yerning yulduz aylanish 
davri 365 sutka deb, orbitasini esa aylana deb qarang. 


38 
 
19.  Merkuriy planetalar ichida Quyosh atrofida eng yaqin masofada aylanuvchi 
planet  abo‘lib,  sinodik  davri  116  sutkaga  teng.  Uning  siderik  davri  qanday 
bo‘ladi? 
20.  Kelajakda  Marsda  bo‘ladigan  kosmonavtlar  uchun  Yer  ham  osmonda 
venera  kabi  ba’zan  tonggi,  ba’zan  esa  kechqurungi  planeta  bo‘lib  ko‘rinadi. 
Yerning  ikki  marta  ketma-ket  tonggi  (Marsdagi  kuzatuvchi  uchun)  ko‘rinishi 
uchun ketgan vaqt oralig‘ini toping. 
21.  Kometalar  ichida  eng  mashhuri  hisoblangan  Galley  kometasi  (1705-yilda 
Galley  tomonidan  orbitasi  aniqlangan)  ning  Quyosh  atrofida  aylanish  davri  76 
yilga  teng.  Kometa  orbitasining  katta  yarim  o‘qi  qanday  uzunlikka  ega?  Galley 
oxirgi  marta  Quyosh  yaqinidan  o‘tganda  (1910-yil  19-mayda)  uning  perigeliy 
nuqtasi  Quyoshdan  taxminan  100  mln.  km  masofada  bo‘lgan  bo‘lsa,  afeliy 
nuqtasi Quyoshdan qanday masofada yotishini aniqlang. 
22.  Uran  planetasi  Quyosh  atrofida  84  yilda  bir  marta  aylanib  chiqadi.  Agar 
Uranning Quyosh bilan qo‘shilishi 1975-yilning 26-oktyabrida kuzatilgan bo‘lsa, 
uning navbatdagi qo‘shilishi qachon sodir bo‘ladi? 
23.  Orbitasi  boshqa  kometa  orbitalariga  nisbatan  aylanaga  yaqin  bo‘lgan 
kometa  1927-yil  15-noyabrda  Shvassman  va  Vaxmanlar  tomonidan  topildi.  Bu 
kometaning  orbitasi  Yupiter  va  Saturn  orbitalari  orasiga  joylashgan  bo‘lib, 
Quyosh atrofida 16 yildan ko‘proq vaqt davomida to‘la aylanib chiqadi. Kometa 
orbitasining  eksentrisiteti  0,14  ekanligini  e’tiborga  olib  uning  kichik  yarim  o‘qi 
uzunligini toping. 
24.  Yupiterning  uchinchi  yo‘ldoshi  –  Ganimed  planetadan  15  yupiter  radiusi 
masofada  joylashgan  bo‘lib,  u  planeta  atrofida  7,2  sutkalik  davr  bilan  aylanadi. 
Planetadan  2,54  planeta  radiusiga  teng  masofada  aylanuvchi  beshinchi  yo‘ldosh 
planeta  atrofida  qancha  vaqtda  aylanib  chiqishini  hisoblang.  Orbitasining  katta 
yarim  o‘qi  330  planeta  radiusiga  teng  bo‘lgan  sakkizinchi  yo‘ldosh  Yupiter 
atrofida qancha vaqtda aylanib chiqadi? 

Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish