PEDAGOGIKA
2015, 2-son
15
muhim ahamiyatga ega. Kuchli ruhiy kechinmalarni boshidan kechirishga irodasi
yetmaydigan, nizolardan qo‘rqadigan, xavotirlanuvchan, shaxslararo munosabat-
larda muammosi bor, o‘ziga-o‘zi past baho beruvchi, do‘st orttirishga
qiynaladigan o‘smirlarda tobe axloqqa moyillik ko‘proq kuzatiladi. Ular
o‘zlaridagi bor imkoniyat va qobiliyatlarni to‘liq namoyon etishga qiynaladi, o‘z
salbiy ruhiy kechinmalarini yengish uchun birovning yordamiga muhtoj bo‘ladi.
O‘yinlarga tobelikda xuddi psixofaol moddalarga tobelik kabi bir qator
psixopatologik o‘zgarishlarni kuzatish mumkin, masalan, patologik tobelik,
tolerantlikning o‘sishi, shaxsdagi ijobiy xususiyatlarning o‘zgarishi, xulq-atvorda
yorqin agressiv xatti-harakatlarining namoyon bo‘lishi, xarakterda avval
uchramagan psixik salomatlik me’yorlariga zid o‘zgarish va boshqalar.
Kompyuter o‘yinlariga tobelik muammosi yuzasidan olib borilgan ishlarda
esa bir-biriga zid bo‘lgan fikrlarni kuzatish mumkin. “Kompyuter o‘yinlari
mantiqiy fikrlash, bilish faolligi, diqqat, irodaviy xususiyatlar, emotsional soha,
xotira, shaxsga xos raqobat va hamkorlik sifatlarini oshiradi, kompyuter o‘yinlar
o‘yinchini yangi vaziyatlarga tushishiga sabab bo‘ladi, bu esa o‘smirdagi ijodiy
faollikni oshirishini ta’kidlasa, boshqalar esa kompyuter o‘yinlari o‘smirning
agressivligini oshirishga, xulqda tajovuzkorlik, bezovtalik paydo bo‘lishiga olib
keladi”
1
, – deb ta’kidlaydi. Fikrlardagi ushbu qarama-qarshiliklar kompyuter va
internet o‘yinlari insonning psixikasiga, ijtimoiy faolligiga ta’siri haqida bir
nuqtayi nazarning yo‘qligini ko‘rsatadi.
Tobelik xulqining oldini olish uchun bolalar va o‘smirlar hayotining turli
sohalarida: ta’lim muassasalari, oila, mahalla, ular ishtirok etadigan barcha
faoliyat turlarida psixoprofilaktik ishlarni olib borish lozim. O‘smirlardagi tobe
axloq xulqdagi o‘zgarishlarning bir ko‘rinishidir – tobelik mehnat qilish va
ta’lim olishdan bosh tortish, qonunbuzarlikka moyillik, uydan, darslardan
qochish kabi holatlar bilan birgalikda kuzatiladi.
Ba’zi kompyuter o‘yinlari o‘smirdagi tajovuzkor xulqni, urush va
zo‘ravonlikka hamda diniy ekstremizmga nisbatan qiziqishni oshiradi. Ushbu
masala yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, virtual o‘yinlarni
yoqtirgan sinaluvchilarda fiziologik qo‘zg‘alishlar va agressiv o‘y-fikrlarning
ortishi nazorat guruhidagilarga nisbatan ko‘proqdir.
O‘smirlar o‘rtasida agressiya, zo‘ravonlik sahnalari ko‘p bo‘lgan,
yovuzlikka da’vat qiluvchi o‘yinlarning keng tarqalayotgani tajribasiz, hali oq-
1
Гунн Г.Е. Компьютер: как сохранитъ здоровье: Рекомендации для детей и взросших.
– Москва: Олма-Пресс, 2003. – С. 32-34.
Do'stlaringiz bilan baham: |