PEDAGOGIKA
2015, 2-son
23
mumkin, shu bilan birga, bu harakatlarni o‘zi xohlamagan holda oshkora
qilayotgan va aytayotgan bo‘lishi ham mumkin. Boshqa odamni erinmay
eshiting, uning yig‘ilib qolgan emotsiyalarining chiqib ketishiga imkon bering.
O‘zingizning emotsional vaziyatga tortilishingiz va qalbingizda javob qaytarish
niyati tug‘ilishidan ehtiyot bo‘ling. Bir-birinigizni tahqirlamang. Esingizda
tursin: shaxsga emas, muammoga hujum qilish lozim.
3. Boshqa odamga o‘zingizning ham konflikt haqida o‘ylayotganingiz,
bezovta bo‘layotganligizni ayting. Muammo siz uchun ham muhim ekanligi, siz
ham uni qo‘ldan kelgancha yechishga harakat qilayotganligingizni, unga qarshi
yuragingizda adovat yo‘qligini ayting. Boshqa odamdan, mavzu bo‘yicha
suhbatlanish uchun qachon vaqti bo‘lishini so‘rang. U bilan samimiy gaplashish
uchun doim tayyor ekanligingizni ayting.
4. Suhbat uchun qulay va tinch joy toping, hech kim xalaqit bermaydigan,
osuda, keng va ochiq joy jahldor odam bilan suhbatlashish uchun eng qulay
joydir, odam ko‘p, tor joylarni tanlamang.
5. Bahslashmang, kim haq, kim nohaq ekanligi muhim emas. Muhimi
suhbatdoshingizni tinchlantirish va muammo yechimini qidirishdir.
6. Boshqa odamning tana, zaboniga e’tibor bering. Agar uning
harakatlaridan sizning hayotingiz va salomatligingizga zarar yetishini tushunib
qolsangiz, zudlik bilan bu odamni holi qoldirish yo‘lini qiling. Agar
hayotingizga xavf bo‘lmasa, qochmang.
7. O‘zingizning tana, zaboningizni nazorat qiling, o‘zingiz ham
suhbatdoshingizga do‘q-po‘pisali harakat signallari jo‘natmayotganligingizga
ishonch hosil qiling. Unga juda yaqin o‘tirmang.
8. O‘z ovozinigiz intonatsiyasiga e’tibor bering, yumshoq, tinch, samimiy
ovozda gapirishga harakat qiling. Tinchlantiradigan so‘zlarni topib ishlating.
9. Siz bilan boshqalar o‘zlarini qanday tutishlarini xohlasangiz, o‘shanday
o‘zingizni tuting. O‘zingizni na takabburlik va manmanlik bilan, shuningdek,
marhamatli ham qilib ko‘rsatmang. Takabburlik uning jahlini yanada oshiradi,
marhamatli bo‘lishingiz uning nafsoniyatiga tegadi. Sizning teng munosabatingiz
konflikt yechimining eng muhim shartlaridandir.
10. Adolatli konflikt yechimi bo‘yicha o‘z zimmangizga ma’lum
majburiyatlar oling. Ba’zan hammasiga qo‘l siltab, ketib qolgingiz keladi. Ba’zi
hollarda bu yordam beradi ham. Ammo muammo yechimini qidirish ustida
ishlash foydaliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |