1.3. Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar
natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni
erkinlashtirish uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, «Tashqi
iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»
10
gi, «Chet el investorlar faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risidagi»
11
, «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi»
12
qonunlar, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
boshqa me‘yoriy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya
munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va
rag‘batlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalarni
amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari «Tashqi iqtisodiy faoliyat
to‘g‘risidagi» Qonunda belgilab berilgan. Xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan
10
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda; 2003-y., 5-son, 67-
modda; O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2005-
y., 49-50-son, 365-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda;
2017-y., 37-son, 978-modda
11
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 128-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-
modda; Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda
12
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda;
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda;
2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-
y., 03/18/476/1087-son
25
me‘yorlariga muvofiq, mulkchilik shakllaridan qat‘iy-nazar, tashqi iqtisodiy
aloqalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari himoya
qilinadi.
«Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risidagi» qonunda xo‘jalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug‘urta
tashkilotlarida hissadorlik asosida ishtirok etish, ya‘ni mulklarni aktsiyalar va
boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, shuningdek, yerga (jumladan, ijaraga
olingan erga) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham
chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi
qayd etilgan.
Bu qonunning chet ellik sarmoyador huquqlarini kafolatlovchi muhim
jihatlaridan yana biri shuki, agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari
investitsiya sharoitini yomonlashtirib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda chet ellik
investorlarga nisbatan un yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiyalar amalga
oshirilib turgan paytda amalda bo‘lgan qonunlar tadbiq etiladi. Shu bilan birga,
qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi
kafolatlanadi, shuningdek, ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin
tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (xayvonlar ulati) yuz bergan
xollar bundan mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga to‘lanadigan
kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi.
Chet ellik sarmoyadorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug‘urta
qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat
ma‘murlarining sug‘urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnomaviy
munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyutalar almashtirishni hamda
ularni mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan
muxofaza qilishni ta‘minlaydi.
Chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan
mahsulotlarni litsenziyalarsiz xorijga chiqarish va ehtiyojlari uchun chetdan
mahsulot keltirish huquqiga egadirlar. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar uchun
26
chetdan respublikamizga keltirilayotgan mol-mulklarga boj to‘lashdan ozod
qilingan.
1996 yilda «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi
ham iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishga qaratilgan eng muhim tadbirlardan
biri bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish
to‘g‘risida»
13
gi Qonunida kichik va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining eksport-
import operatsiyalaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning xalqaro kurgazmalar va
yarmarkalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish tadbirlarini ishlab chiqish va
amalga oshirish asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga yordam berish
nazarda tutiladi. 1995 yil 1 oktyabrdan boshlab, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga
solishning yangi mexanizmi ishga solindi. Bu mexanizm negizida tartibga
solishning tarifga asoslanmagan usulidan tarifga asoslangan usuliga o‘tishga,
eksport-import
operatsiyalarini
xalqaro
me‘yorlar
talablariga
mos
unifikatsiyalashni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui yotadi.
Tayyor mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishiga va eksport krediti
mexanizmi shakllanishiga ko‘maklashish natijasida respublikamiz Prezidentining
«Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni (1996 yil 20 mart) bilan 1996
yil 1 apreldan ko‘plab korxonalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport hajmlari
oshirilishidan erkin almashtiriladigan valyuta shaklida olingan tushum foydasidan
(daromaddan) soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar)
eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
(1997 yil noyabr) farmoniga ko‘ra, o‘tgan yilning 1 noyabridan boshlab,
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) barcha turiga eksport bojxona bojlari hamda
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini litsenziyalash bekor qilindi. Faqat maxsus
13
(O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 71-modda)
27
mahsulot turlarigagina bu qoidadan mustasno qilib qo‘yildi.
14
Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar - birinchi navbatda, tashqi savdo
faoliyatini yanada erkinlashtirishga, eksport-import operatsiyalarida tarif va notarif
boshqarish usullarini tartibga solishga va takomillashtirishga qaratilgan.
Farmonda ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, raqobat-bardoshli mahsulot ishlab
chiqarishni kengaytirish maqsadida erkin muomaladagi valyutaga eksport qiladigan
korxonalar uchun bir qator qo‘shimcha imtiyozlar berish joriy etilgan, masalan:
- bu korxonalarga o‘z mahsulotini oldindan pul olmasdan va akkreditiv
ochmasdan eksport qilish huquqi beriladi;
- eksport qilinayotgan tovar ulushi mahsulotni sotishning umumiy hajmi 30
yoki undan ko‘proq foizini tashkil etsa, u holda korxonalaming daromad soligi
stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda ikki barobar kamaytiriladi;
- korxonalar o‘z mahsulotlarini ichki bozor narxlaridan arzon narxlarda
eksport qilgan sharoitda ulardan olinadigan soliq baza eksport mahsulotini
sotishdan tushgan amaldagi narx bilan hisob-kitob qilinadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari haqida so‘z yuritganda, bu
yerda albatta xalqaro bitimlar to‘g‘risida ham biroz tuxtalib o‘tish maqsadga
muvofiqdir.
Chunki,
ikkita
yoki
bir
nechta
xalqaro
munosabatlar
qatnashchilarining har qanday birgalikdagi faoliyati, kelishilgan, huquqiy kuchga
ega bo‘lgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida xalqaro bitimlar tuziladi va ular
quyidagi turlarga bo‘linadi:
• umumiy tusdagi bitimlar. Ushbu bitim ikki davlat o‘rtasida tuzilgan
xalqaro bitim bo‘lib, o‘z ichiga munosabatlar asosi, diplomatik munosabatlarni
o‘rnatish haqida bitimdir. Unda iqtisodiy munosabatlar alohida bulim sifatida
ajratilib ko‘rsatiladi.
14
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek,
eksport kontraktlarini ro‗yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‗tkazishni tartibga solish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tashqi savdo faoliyatini yanada
erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori
28
• maxsus bitimlar. Bu bitimlar asosan, iqtisodiy masalalar bo‘yicha ikki
yoki ko‘p tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlardir:
a) bitimlar va shartnomalar. Bu bitimlar mahsulotlar va xizmatlar eksport-
importining umumiy shartlari va tartibini aniqlovchi hujjatlardir. Ular qatorida
alohida ahamiyatga ega mahsulotlar va xizmatlarga taalluqli maxsus bitimlar
ajratiladi. Masalan, usimlik va xayvonot dunyosiniig yukolib borayotgan turlarining
xalqaro savdosi bo‘yicha Konventsiya, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va
iste‘molchilar manfaatlarini ko`zlagan holda keskin narx tebranishining oldini
olish yoki yumshatish maqsadida xom-ashyo resurslari savdosida qo‘llaniladigan
ko‘p tomonlama shartnomalar.
Bu bitimlar kontrogentlar yoki xorijiy sheriklar o‘rtasida xalqaro tijorat
shartnomalari shartnoma tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
b) bojxona bitimlari;
v) soliq bitimlari. Masalan, ikki marta soliq olishning oldini olish maqsadida.
Xalqaro munosabat qatnashchilarining soliq solish umumiy qoidalari, sharoitlari va
tartibi to‘g‘risidagi soliq bitimlari;
g) investitsiyalarni himoyalash haqidagi davlatlararo bitimlar, ya‘ni iqtisodiy
munosabat
o‘rnatilayotgan
ikki
mamlakat
o‘rtasida
tuziladigan
kapital
qo‘yilmalarning o‘zaro kafolati va rag‘batlantirish haqidagi shartnomalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |