The innovative methods in teaching foreign languages: the role of skill and translation in teaching namangan, uzbekistan


Saidumar Saidaliyev, NamDU professori



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/132
Sana25.02.2022
Hajmi3,61 Mb.
#277105
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132
Bog'liq
the innovative methods 1 anjuman 1

Saidumar Saidaliyev, NamDU professori 
DIESTERWEG CHET TILLARNI O`RGANISH VA 
O`RGATISH HAQIDA 
Atoqli nemis pedagogi Friedrich Wilhelm Adolph Diesterweg (1790-1866) XIX 
asr o`rtalaridagi german burjua-demokratik pedagogikasining ilg`or namoyondalaridan 
biridir. 
Diesterweg o`z asarlarida nazariy fikrlarni bayon etish bilan barobar, ularni 
amalda sinab ko`rish uchun darsliklar yaratib, ulkan ishlar qildi. Maktab muallimlari 
uni o`zlarining ustozlari sifatida juda qadrlaganlar. Shuning uchun ham Diesterweg 
“nemis o`qituvchilarining o`qituvchisi” degan unvonga sazovor bo`lgan.
Diesterweg o`z asarlarida umuminsoniy tarbiya g`oyasini yoqlab chiqdiva 
takomillashib boruvch ta`lim didaktikasini yaratdi. Uning fikricha, maktabning vazifasi 
ongli va insonparvar kishilarni tarbiyalashdan iborat bo`lib, u tarbiyalagan shaxs uchun 
o`z xalqiga xizmat qilish eng oily ezgu ish bo`lishi lozim.
Har qanday ta`lim tarbiyalanuvchining tabiiy kamol topishiga qarab olib 
borilishi, unda o`quvchining yoshi, jinsi va o`ziga hos hususiyatlari – diqqati, xotirasi, 
dunyoqarashi va boshqa individual belgilari hisobga olinishi lozim. Shu bilan birga 
uning asarlarida tarbiyada madaniy uyg`unlik ham katta ahamiyatga ega ekanligi, ya`ni, 
tarbiyalanuvchi tug`ilib o`sgan joy, davr va shart sharoitlar e`tiborga olinishi kerakligi 
ta`kidlanadi.Eng muhimi, o`quvchida mustaqillik va tashabbuskorlik tuyg`ularini 
tarbiyalash katta ahamiyatga ega ekanligi uqdiriladi. 
Diesterweg fikricha, har qanday ta`lim o`quvchilarni rivojlantirishi vakamol 
toptirishi, o`quv predmeti esa o`quvchilarni mustaqil ishlashga, sohaga oid 
ko`nikmalarni shakllantirishga va malakalarni rivojlantirishga, aqliy kuch va 
qobiliyatini o`stirishga xizmat qilishi kerak. Muallim bolalardagi barcha sezgi 
organlarining o`sishiga alohida e`tabor berishi lozim.Diesterweg bu borada 
didaktikaning 33 qonunini kashf etdi.Ulardan bugungi kun uchun eng dolzarblari 
sifatida ta`limning bola tabiatiga mosligi, uyg`unligi, individualligi, misollardan 
qoidalarga, narsa, hodisalardan ularning nomiga, oddiylikdan murakkablikka, quyidan 
yuqoriga, yaqindan uzoqqa, yengildan og`irga, tanishdan notanishga qarab borish 
kabilar misol bo`ladi.
Diesterweg taqdim qilinayotgan o`quv materialini mustahkam o`zlashtirishga 
alohida e`tabor berdi.Buning uchun o`quvchi materialni ongli ravishda o`zlashtirib 
olishi katta ahmiyatga ega ekanligi, o`quvchilar uning mohiyatini aniq-ravshan tushunib 
olishlari, tushunganlikning belgisi sifatida uni amalda qo`llay olish malakalarini 
namoyish qiluvchi mashqlar bajarishlari, materialni unutmasligi, unutmaslikni 
taminlash uchun esa uni tez-tez takrorlab turish lozimligini uqdirdi. Uning fikricha, har 
qanday o`quv amali tarbiyaviy bo`lishi, u o`quvchining aqliy kuchlarini 


67
rivojlantiribgina qolmasdan, balki shaxsning irodasini, sezgilarini, xulq-atvorini ham 
kamol toptirishi kerak. 
Diesterwegning fikricha, ta`lim metodining samaradorligi uning o`quvchilar 
aqliy kuchlarini qo`zg`ata olish darajasi bilan belgilanadi. Agar metod o`quvchilarni 
ma`lumotni shunchaki idrok qilishga, yoki passivlikka odatlantirsa, bu yomon metoddir, 
agar o`quvchilarda faollik va tashabbuskorlikni qo`zg`ata o`lsa u yaxshi metoddir. 
Shuning uchun ham muallim oquvchilarni faollashtiruvchi usullardan keng 
foydalanishi, masalan, ularga qidirish, chamalab ko`rish, mulohaza qilish va nihoyat 
topish imkonini berishi lozim. Diesterwegning fikricha, yomon o`qituvchi haqiqatni 
aytib beradi, yaxshisi esa uni topishni o`rgatadi. Agar bu fikrni tillarni o`rganish va 
o`rgatishga tadbiq qilinsa, o`quvchilarga tilni o`rgatish emas, balki til o`rganishni 
o`rgatish lozimligi ayon bo`ladi, chunki tilni o`rgatib bo`lmaydi, uni faqat o`rganish 
mumkin. Agar o`quvchi matndagi biron so`zning tarjimasini bilmasa, uni har safar 
muallimning o`zi aytib berishi yaramaydi, bu holda o`quvchi so`zni tez unutadi. 
O`quvchi so`z ma`nosini ochishning boshqa usullaridan foydalansa, masalan, ma`noni 
kontekstdan aniqlasa, jumla mazmunidan kelib chiqib bilib olsa, yoki lug`at yordamida 
topib olsa, so`z haqidagi boshqa ma`lumotlarni ham bilib oladi, so`z uning xotirasida 
uzoq saqlanib qoladi.
Ma`lumki chet tilni o`rganishdan maqsad shu til vositasida muomala qilish, ya`ni 
chet tildagi nutqni tinglab tushuna olish, oz fikrini og`zaki va yozma ravishda bayon 
qila olish va chet tildagi yozma axborotni o`qib tushuna olishdan iboratdir. Yoqoridagi 
faoliyat turlari muomalani ta`minlash uchun xizmat qiladi.Bu chet til predmetining 
kommunikativ maqsadini amalga oshirish uchun muhimdir. Bu maqsadga erishish, 
birinchi navbatda, til hodisalarini o`zlashtirib olishni va ular haqida bilimga ega 
bo`lishni taqozo etadi. Chet til ta`limining provard maqsadi til ishoralari orqali ma`lum 
mavzular asosida muayyan nutqiy vaziyatda unga mos ravishda nutq faoliyatining 
turlarida muomala qila olishdan iborat bo`lgan aqliy faoliyatni amalga oshira olishdir. 
O`quvchilarni, ayniqsa chet til darslarida, itoat bilan tinglashga emas, balki tanqidiy 
tinglashga, o`z fikrini bayon qilishga o`rgatish kerak.
Diesterwegning fikricha, ta`limning muvaffaqiyatini darslik yoki metod emas, 
balki muallim belgilaydi. Yaxshi o`qituvchi o`z fani va uni o`qitish metodikasini yaxshi 
egallagan bo`lishi, o`quvchilarni sevishi, g`ayrat bilan dars o`tishi, o`quvchilarni har 
tamonlama qo`llab-quvvatlashi lozim. O`qituvchi har doim o`z ustida ishlashi, 
talabchan bo`lishi, talabchanlik, birinchi navbatda, o`ziga, ijodkorligiga, kasbiga va 
o`quvchilarga bo`lgan muhabbati va munosabatiga qaratilishi kerak. 
Diesterweg fikricha, o`quvchilar yurakdan bir marta kulmagan dars, haqiqiy dars 
emas. Shuning uchun ham o`quvchilar darsda o`zlarini erkin his qilishlari, erkin fikrlash 
bilan bog`liq bo`lgan barcha cheklovlardan holi bo`lishlari lozim. Bu ta`lim-tarbiya 
samaradorligini belgilovchi omillarda biri hisoblanadi. 
Taniqli nemis pedagogi A.Diesterwegning ta`lim-tarbiya haqidagi nazariy 
qarashlari va amaliy tavsiyalari nafaqat chet tillarni o`rganish va o`rgatish borasida, baki 
boshqa o`quv predmetlari uchun ham muhim manba bo`lishi bilan qimmatlidir. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish