1.Hududlarning ijtimoiy taraqqiyotida byudjet g’azna ijrosining ahamiyati haqida
2.Mahalliy byudjetlar daromadlari tizimining uch yillik dinamikasini tayyorlab
547
15-MAVZU: DAVLAT MAQSADLI VA BYuDJETDAN TAShQARI
JAMG’ARMALAR G’AZNA IJROSINI TAShKIL ETISh
Reja:
1.
Davlat maqsadli jamg’armalarining mohiyati va mazmuni, ularning
guruhlanishi, maqsad va vazifalari
2.
Davlat maqsadli jamg’armalari ijrosini tashkil etish
3.
Davlat maqsadli jamg’armalari g’azna ijrosini amalga oshirish tartibi
1.
Davlat maqsadli jamg’armalari mohiyati va mazmuni,
ularning guruhlanishi, maqsad va vazifalari
Ma’lumki, davlatning markazlashgan pul jamg’armai bo’lmish davlat
byudjetiga turli manbalardan va turli vositalar (soliqlar, yig’imlar, bojlar, majburiy
to’lovlar) bilan mablag’ to’planadi, o’z navbatida, bu mablag’lar turli maqsadlarda
va yo’nalishlarda sarflanadi (masalan, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat,
iqtisodiyot, davlat boshqaruvi va sh.k.). Bunda aniq bir daromad turi ma’lum bir
xarajat turini qoplash uchun biriktirilmaydi. Shu jihatdan davlat byudjeti universal
pul jamg’armai hisoblanadi. Lekin amaldagi byudjet qonunchiligi mablag’larning
aniq yo’nalishlar, xarajat guruhlari va moddalari bo’yicha sarf etilishini talab etadi.
Bunday sharoitda alohida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni aniq manbalar hisobidan
mablag’ bilan barqaror ta’minlab borish zarurati tug’iladi, chunki iqtisodiyotdagi
keskinlik, nobarqarorlik va ularning natijasi o’laroq, byudjetdagi etishmovchiliklar
davrida aynan ushbu maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajatlarni kamaytirish xavfi
yuzaga keladi. Shuning uchun ham jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning
eng muhim yo’nalishlarini aniqlab olish va mablag’larning maqsadli ishlatilishini
ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu holatlar bir qator umumdavlat vazifalarini moliyalashtirish uchun
tegishli byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarni tashkil etish uchun jiddiy
asos bo’lib xizmat qildi.
548
Byudjetdan tashqari jamg’armalarni quyidagi usullar bilan shakllantirish
mumkin:
ma’lum maqsadga mo’ljallangan pul jamg’armai tuzish uchun
mablag’larni davlat byudjeti(yoki tegishli hududiy byudjetlar)dan ajratish yo’li
bilan;
hukumat qarorlari bilan aniq maqsadli byudjetdan tashqari jamg’armalarni
tashkil etish va ularga majburiy va ixtiyoriy to’lovlarni joriy qilish yo’li bilan.
Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida har ikkala usuldan ham
foydalanilmoqda. Davlat moliya tizimida amal qilib turgan mavjud maqsadli
jamg’armalar byudjet qonunchiligi bilan belgilab qo’yilgan o’z daromad manbalari
bilan bir qatorda, davlat byudjetidan ajratmalar (ayrim soliqlarning bir qismini
o’tkazib berish, byudjetdan dotatsiyalar ajratish shaklidagi) hisobidan ham
shakllanadi.
Byudjetdan tashqari jamg’armalarni tashkil etishdan maqsad - jamiyat
uchun muhim bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni mustaqil manbalar hisobidan
mablag’ bilan ta’minlash.
Maqsadli jamg’armalar dastlab maxsus jamg’armalar shaklida yoki
hukumatning maxsus hisobraqamlaridagi mablag’lari shaklida paydo bo’lgan.
Hukumatlar o’z faoliyatining kengayib borishi bilan uni amalga oshirish uchun
zarur bo’lgan yangi-yangi xarajatlarga ehtiyoj sezardi. Bu mablag’lar maxsus
maqsadlar uchun mo’ljallangan alohida jamg’armalarda yig’ilar edi. Bu
jamg’armalar odatda vaqtinchalik amal qilib, davlatning rejalashtirilgan tadbirlari
amalga oshirib bo’linganidan keyin o’z faoliyatini to’xtatar edi. Shu bilan bog’liq
ravishda turli maqsadlarga mo’ljallangan jamg’armalarning soni ham doimo
o’zgarib turar edi.
Markazlashgan davlatning mustahkamlanishi bilan uning funktsiyalarini
to’laqonli bajarilishining moddiy asosi bo’lgan davlat byudjeti ham
mustahkamlandi. Lekin jamiyat ehtiyojlari kengayib borayotgan bugungi kunda
davlat byudjeti bilan bir qatorda, byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o’rni va ahamiyati ortib bormoqda.
549
Shunday qilib, davlat moliya tizimining muhim bo’g’ini bo’lgan byudjetdan
tashqari jamg’armalar milliy daromadni aholining ma’lum ijtimoiy guruhlari
foydasiga qayta taqsimlashning bir usulidir (1-rasm).
Byudjetdan tashqari jamg’armalar quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini qo’shimcha mablag’lar bilan
ta’minlash;
aholi uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va ularni moliyalashtirish.
1-rasm. Byudjetdan tashqari jamg’armalarning ta’riflanishi
Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlat moliyasi tizimining tarkibiy
bo’g’ini bo’lish bilan birga, bir necha o’ziga xos xususiyatlarga ega:
o davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan rejalashtiriladi
hamda qat’iy maqsadli yo’naltirilgan bo’ladi;
o jamg’armalar mablag’laridan byudjetga kiritilmagan davlat xarajatlarini
moliyalashtirish uchun foydalaniladi;
o asosan yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy ajratmalari
asosida shakllantiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: