Budjetdan tashqari
fondlarning guruhlanishi
Tuzilishiga
ko’ra
Amal qilish
muddatiga ko’ra
Shakllantirish usuliga
ko’ra
byudjet mablag’lari;
fondlarning o’z
mablag’lari
doimiy;
vaqtinchalik
maxsus soliqlar;
davlat budjetidan
ajratmalar
Tegishliligiga
ko’ra
Markazlashish
darajasiga ko’ra
Maqsad va
vazifalariga ko’ra
davlat;
davlatlararo;
xalqaro
markazlashgan;
markazlashmagan
ijtimoiy; sug’urta; iqtisodiy;
kredit;
ilmiy-tadqiqot;
investitsion;
552
jamg’armalarning o’z mablag’lari hisobidan (masalan, fuqarolarning
badallari, korxonalarning to’lovlari, tadbirkorlik faoliyatidan daromadlari).
Shakllantirish usuliga ko’ra:
maxsus o’rnatilgan soliqlar va majburiy ajratmalar hisobiga;
davlat byudjetidan ajratmalar hisobiga;
maxsus yoki ixtiyoriy zayomlar chiqarish yo’li bilan;
qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish va joylashtirish orqali.
Amal qilish muddatiga ko’ra:
doimiy va uzoq muddat amal qiluvchi jamg’armalar (masalan, pensiya
jamg’armalari, ijtimoiy sug’urta jamg’armalari, bu jamg’armalar bajaradigan
vazifalar nisbatan doimiy xarakterga ega bo’ladi);
vaqtinchalik (ma’lum bir muddatga) tashkil etilgan jamg’armalar, ular
jamiyat rivojlanishining ma’lum bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy yoki
ekologik vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladi.
Egalik qilish huquqi va mulkiy jihatdan tegishliligiga ko’ra:
davlatga tegishli jamg’armalar;
turli maqsadlarda tuzilgan davlatlararo jamg’armalar;
xalqaro jamg’armalar.
Maqsad va vazifalariga ko’ra:
ijtimoiy maqsadlardagi jamg’armalar (pensiya jamg’armalari, bandlik
jamg’armalari, nogironlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armalari);
sug’urta jamg’armalari (ijtimoiy sug’urta jamg’armai kabi);
iqtisodiy maqsadlardagi jamg’armalar (masalan, Yo’l jamg’armai,
Erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg’armai, Tiklanish va taraqqiyot
jamg’armai kabilar);
kredit jamg’armalari (fuqarolar va xo’jalik sub’ektlariga u yoki bu
maqsadda kredit resurslarini berish uchun maxsus tashkil etilishi mumkin);
ilmiy-tadqiqot jamg’armalari (ma’lum bir ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib
borish va aniq ilmiy natijalarga erishish maqsadida tuzilgan jamg’armalar);
553
investitsion jamg’armalar;
ekologik maqsadlardagi milliy, xalqaro yoki hududiy darajada tashkil
etilgan jamg’armalar (masalan, “Ekosan”, “Orol” kabi jamg’armalar);
siyosiy jamg’armalar (u yoki bu siyosiy kuchlarning manfaatini ko’zlab
tashkil etilishi mumkin) va boshqalar.
Markazlashish darajasiga ko’ra:
markazlashgan jamg’armalar (bunday jamg’armalar odatda butun
mamlakat miqyosida maxsus hukumat qarorlari bilan tuziladi va umumjamiyat
maqsadlarida markazlashgan tartibda ishlatiladi);
markazlashmagan jamg’armalar (hududiy yoki mahalliy darajada, yohud
biron tarmoq miqyosida tuziladi va cheklangan manfaatlarni ko’zlaydi, masalan,
ilmiy-tadqiqot jamg’armalari, investitsion jamg’armalar).
Demak, mablag’larning maqsadli yo’naltirilishiga ko’ra byudjetdan tashqari
jamg’armalar ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jamg’armalarga ajratiladi.
Ijtimoiy ahamiyatdagi jamg’armalar hukumatga faol ijtimoiy siyosatni amalga
oshirishga imkon beradi. Ushbu jamg’armalar mablag’larining shakllanishida
asosan sug’urtalanuvchi shaxslarning va tadbirkorlarning sug’urta badallari, davlat
subsidiyalari va foizsiz ssudalaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasida
ijtimoiy maqsadlardagi jamg’armalarga Pensiya jamg’armasini, Bandlikka
ko’maklashuvchi davlat jamg’armasini va boshqa nodavlat jamg’armalarni kiritish
mumkin.
Davlatning ijtimoiy jamg’armalari fuqarolarning pensiya va nafaqalar olish,
kasalligi, nogironligi, boquvchisini yo’qotganligi holatlarida ijtimoiy ta’minlanish,
sog’lig’ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlardan foydalanish, ishsizlikdan
himoyalanish kabilar bilan bog’liq konstitutsion huquqlarini ta’minlashga
yo’naltirilgan. Iqtisodiy jamg’armalar jamiyat xo’jalik va ijtimoiy hayotining
rivojlanishiga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy maqsadlardagi jamg’armalarga Respublika
Yo’l jamg’armasi, Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi kabilar kiradi.
554
Oltmishinchi yillarning boshlaridan rivojlangan davlatlarda ilmiy-texnik
jamg’armalarni tashkil etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu jamg’armalarning
daromad qismini shakllantirishda byudjet mablag’lari bilan bir qatorda, yirik
kompaniyalarning mablag’lari, universitetlarning badallari va boshqa manbalardan
foydalaniladi. Ushbu jamg’armalarning mablag’lari fundamental tadqiqotlar olib
borish, ilmiy markazlar qurish, kadrlar tayyorlash sohasidagi dasturlarni
moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Turli mamlakatlarda ularda tanlangan moliya siyosatiga mos ravishda turli
yo’nalishdagi jamg’armalar tashkil etiladi. Bir mamlakatda amalda bo’lgan
jamg’armaning mavjudligi, hatto u umuminsoniy va umumbashariy maqsadlarni
ko’zlasa-da, boshqa bir mamlakatda ham huddi shunday jamg’armaning mavjud
bo’lishiga asos bo’lmaydi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida Ijtimoiy sug’urta
jamg’armai mavjud, O’zbekiston Respublikasida esa ijtimoiy sug’urta
funktsiyalarini Pensiya jamg’armasi bajaradi. Ko’plab Evropa mamlakatlarida
davlat pensiya ta’minoti funktsiyasini mablag’ bilan ta’minlash Pensiya
jamg’armalari tomonidan amalga oshiriladi.
Davriylik xususiyatiga ko’ra byudjetdan tashqari jamg’armalarni doimiy va
vaqtinchalik jamg’armalarga ajratish mumkin, dedik. Vaqtinchalik jamg’armalar
ma’lum bir davrga tuzilib, o’zining pirovard maqsadini amalga oshirganidan so’ng
tugatiladi.
Davlat maqsadli jamg’armalarining shakllanish manbalari va mablag’laridan
foydalanish yo’nalishlari. Byudjetdan tashqari jamg’armalar maqsadli foydalanish
uchun yo’naltirilgan. Odatda, jamg’armaning nomida uning maqsadi va
xarajatlarning maqsadli yo’naltirilishi aks etadi.
Byudjetdan tashqari jamg’armalarni shakllantirish manbalari ularning
oldida turgan vazifalarning xarakteri va ko’lamiga qarab belgilanadi. Manbalarning
turli-tumanligi va hajmiga rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi mamlakatning
iqtisodiy va moliyaviy holati bevosita ta’sir ko’rsatadi.
555
Byudjetdan tashqari jamg’armalarning shakllanish manbalari nisbatan ham
doimiy, ham vaqtinchalik bo’lishi, shuningdek, mamlakatning ma’muriy-hududiy
tuzilmalari bo’yicha ham turlicha bo’lishi mumkin.
Byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’laridan foydalanish
yo’nalishlari jamg’armalarning maqsadi, aniq iqtisodiy sharoitlar hamda ishlab
chiqilgan va amalga oshirilayotgan dasturlardan kelib chiqib belgilanadi.
Mablag’larning ma’lum bir qismi ta’sischilik faoliyatiga, shuningdek, qimmatli
qog’ozlarga qo’yiladi. Byudjetdan tashqari jamg’armalar investor hamda moliya
bozori sub’ekti sifatida ishtirok etishi mumkin, chunki ko’p hollarda jamg’armalar
mablag’larining shakllanish vaqti bilan ishlatish vaqti mos kelmaydi va natijada
jamg’armalar ixtiyorida vaqtincha bo’sh mablag’lar paydo bo’ladi, ularni moliya
bozorida foydali joylashtirishga imkon tug’iladi, ikkinchidan, mablag’larni
investitsiyalashdan olingan daromadlar tegishli jamg’armaga qo’shimcha daromad
keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |