byudjet tizimida jamlanadigan davlat maqsadli jamg’armalari tarkibi keltirilgan.
tomonidan moliya yili yakunlari bo’yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet
tizimi byudjetlarining barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O’zbekiston
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’larini, ular o’rtasidagi
transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
Mablag’lari soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek byudjet
Davlat maqsadli jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs
556
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga
quyidagilar kiradi (3-rasm):
Davlat byudjeti;
davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari;
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
mablag’lari.
O’zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga
kiritiladigan davlat maqsadli jamg’armalarining ro’yxati O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi
162
.
Hozirgi vaqtda jamlanma byudjet tarkibidagi davlat maqsadli jamg’armalari
qatoriga quyidagi jamg’armalar kiradi:
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi;
O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi;
O’zbekiston
Respublikasining
Bandlikka
ko’maklashish
davlat
jamg’armasi.
163
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti, ijtimoiy nafaqalar
to’lash, kompensatsiya to’lovlari va boshqa to’lovlar bo’yicha xarajatlarni
moliyalashtirishga yo’naltiriladigan majburiy to’lovlar, badallar, shuningdek
boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi.
162
O’zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi O’RQ-508-sonli
Qonuniga
asosan
163
O’sha yerda
557
3-rasm. O’zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti tuzilmasi
164
O’zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish
va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi davlat aktivlarini xususiylashtirishdan
va boshqa manbalardan tushadigan, belgilangan tartibda taqsimlanadigan
mablag’larni jamlaydi
O’zbekiston Respublikasining Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi
bandlik
va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish
sohasidagi xarajatlar
moliyalashtirilishini ta’minlash uchun yagona ijtimoiy to’lovdan ajratmalar va
boshqa manbalardan tushadigan mablag’larni jamlaydi.
164
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 46-moddasi asosida
Do'stlaringiz bilan baham: