558
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi 4086-
sonli qaroriga ko’ra 2019 yil 1 yanvardan boshlab
O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot
muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi ijtimoiy
soha muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo’yicha
manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funktsiyalarini O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda, O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ
holatini yaxshilash jamg’armasi sohani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish
hamda meliorativ ob’ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish, magistral
(viloyatlararo) kollektorlarni ta’mirlash va tiklash bo’yicha buyurtmachi
funktsiyalarini O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligi zimmasiga,
meliorativ ob’ektlarni rekonstruktsiya qilish va qurish, ta’mirlash-tiklash ishlari
bo’yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish funktsiyalarini esa
Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda, O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Orolbo’yi mintaqasini rivojlantirish jamg’armasi Orolbo’yi
mintaqasini rivojlantirish dasturini O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilgan holda bu
jamg’armalarning faoliyatlari tugatildi.
Shuningdek, yo’l xo’jaligi sohasidagi qurilish, rekonstruktsiya qilish,
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish,
shuningdek, avtomobil yo’llaridan foydalanish va saqlash bo’yicha xarajatlarni
moliyalashtirish, O’zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi,
uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo’llardan foydalanish korxonalari,
yo’llardan muntazam foydalanish korxonalari, ko’priklardan foydalanish
korxonalari, Respublika yo’l jamg’armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo’l-
qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funktsiyalarini
Moliya vazirligi zimmasiga yuklagan holda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Respublika yo’l jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi
Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi tasarrufiga o’tkazildi.
559
O’zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi moliyaviy muassasadir.
2007 yildan boshlab davlat byudjeti parametrlarida alohida satr bilan Tiklanish va
taraqqiyot jamg’armasining daromadlari va xarajatlari ko’zda tutila boshlandi.
Mazkur jamg’arma iqtisodiyotning etakchi, eng avvalo, bazaviy tarmoqlarini
modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish loyihalarining amalga
oshirilishini ta’minlash, mamlakatni barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsion
siyosatni amalga oshirish maqsadida tuzilgan. O’zbekiston Respublikasi Tiklanish
va taraqqiyot jamg’armasining mablag’lari o’zining O’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida chet el valyutasida shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining hisobvaraqlariga tushadigan milliy
valyutadagi mablag’larning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
mablag’lar tushgan sanadagi almashuv kursi bo’yicha chet el valyutasiga
konvertatsiyasini amalga oshirib, ularni keyinchalik mazkur jamg’armaning
valyuta hisobvarag’iga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: