Jamg’armaning daromad va xarajatlarini tayyorlash, ko’rib chiqish va
tasdiqlash
Bosqichlar
Sub’ektlar
Tadbirlar
Bajarish
muddatlari
1-bosqich
Xalq ta’limi
vazirligi
Keyingi
yil
uchun
Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri hamda
tuman
(shahar)lar
bo’yicha
umumta’lim muassasalarini qurish,
rekonstruktsiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash manzilli har
yilgi dasturini, xarajatlar prognozi
hajmlarini va byudjet so’rovini
Jamg’arma ijro etuvchi direktsiyasiga
taqdim etadi
kelgusi yil uchun
joriy yilning
15 iyunigacha
2-bosqich
Xalq ta’limi
vazirligi,
Ijro etuvchi
direktsiya
Rivojlanish davlat dasturlariga
kiritilgan loyihalarni shakllantirish
uchun uch yillik davrga mablag’lar
ajratish prognoz hajmlari O’zbekiston
Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha
davlat qo’mitasi va Moliya vazirligiga
taqdim etadi
har yili
1 avgustga qadar
3-bosqich
Ijro etuvchi
direktsiya
O’zbekiston Respublikasi Byudjet
kodeksida
belgilangan
tartibda
Jamg’arma daromadlari va xarajatlari
prognozi
bo’yicha
byudjet
so’rovnomasini Moliya vazirligiga
taqdim etiladi
Byudjet
kodeksida
belgilangan
muddatlarda
4-bosqich
Jamg’arma
Boshqaruv
Kengashi
Ijro etuvchi direktsiya va Xalq
ta’limi vazirligi taklifiga ko’ra
keyingi
yil
uchun
Jamg’arma
daromadlari
va
xarajatlari
parametrlarini,
shu
jumladan,
Jamg’arma Ijro etuvchi direktsiyasi
saqlash
xarajatlari
prognozini
tasdiqlaydi
O’zbekiston
Respublikasi
Davlat byudjeti
parametrlari
tasdiqlangan keyin
15 kun muddatda
5-bosqich
Jamg’arma
Ijro etuvchi
direktsiyasi
Jamg’arma mablag’larini tegishli
oluvchilarga ular uchun belgilangan
xarajatlar prognozi hajmlarini
yuboradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
Jamg’arma
Boshqaruv
Kengashi
tomonidan
Jamg’arma
parametrlari
577
Toshkent shahar hokimliklariga
tegishli byudjetlardan Jamg’armaga
ajratiladigan mablag’lar miqdorini
ma’lum qiladi
tasdiqlangandan
keyin 10 kun
muddatda
6-bosqich
Jamg’arma
Ijro etuvchi
direktsiyasi
O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi bilan birgalikda Jamg’arma
xarajatlarini moliyalashtirish uchun
ushbu maqsadga Davlat byudjeti
parametrlari doirasida o’tkaziladigan
mablag’lar bo’yicha reja-jadvalini
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
har yili
15 yanvarga qadar
Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar,
Toshkent shahar hokimliklari bilan
birgalikda tegishli byudjetlardan
Jamg’armaga mablag’lar o’tkazish
jadvallarini ishlab chiqadi va
tasdiqlaydi.
har yili
30 yanvarga qadar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash jamg’armasini tashkil etish to’g’risida» 2017 yil 27 iyundagi PF-5095-
sonli Farmonini ijro etish hamda qishloq xo’jaligi mahsulotlarining davlat xaridi va
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo’jaligi texnikasini
etkazib berishni maqsadli moliyalashtirishning printsipial yangi mexanizmini joriy
etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq
xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil etildi
169
.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamg’armaga moliyaviy
operatsiyalar o’tkazish uchun milliy va chet el valyutasida tegishli maxsus
hisobvaraqlari ochilgan.
Jamg’arma rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani
moliyalashtirish bo’yicha tajribasini o’rganish va keyinchalik uning ijobiy
tomonini respublikada tatbiq etishda tegishli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy
institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
169
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 maydagi PF-5428-sonli
Farmoni asosida
578
paxta tolasini eksport va ichki iste’molchilarga sotishdan tushadigan
bo’nak, shuningdek ular yuzasidan yakuniy hisob-kitob qilishdan tushadigan
mablag’lar;
tasdiqlangan preyskurantdagi ulgurji narxlardan yuqori bo’lgan mablag’lar,
tegishli yil hosili paxta tolasini sotish yakunlari bo’yicha — ijobiy tafovutning
to’liq miqdordagi yakuniy summasi;
don, un va un mahsulotlarini sotish va qayta baholashdan, shuningdek
mahsulotlar eksportidan tushgan valyuta mablag’larini erkin birja savdolari orqali
sotishdan tushadigan mablag’lar;
maqsadli ajratilgan mablag’larni qaytarishdan tushadigan tushumlar va
ularga hisoblangan foizlar;
byudjet tizimining byudjetlari mablag’lari;
jalb etiladigan kreditlar;
xalqaro moliya institutlari grantlari va donor tashkilotlar mablag’lari;
Jamg’armaning bo’sh qoldiq mablag’larini joylashtirishdan tushadigan
daromadlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Jamg’arma mablag’laridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
etishtiriladigan paxta va g’alla hosilini o’z vaqtida moliyalashtirish;
davlat xaridi uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlarini etishtirishda ishtirok
etadigan fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlariga zamonaviy,
yuqori unumli qishloq xo’jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida etkazib
berishni moliyalashtirish;
jalb etilgan kredit va unga hisoblangan foizlarni qaytarish;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish
bo’yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish
maqsadida o’rganish;
urug’lik paxta etishtiruvchi xo’jaliklar, nav originatorlari bo’lgan ilmiy
muassasalarga, shuningdek urug’lik chigitni tayyorlashda ishtirok etgan boshqa
sub’ektlarga to’lanadigan ustama mablag’lari xarajatlarini qoplash;
579
sug’urta hisobvarag’ida jamlangan paxta tolasiga preyskurant va jahon
narxlari o’rtasidagi ijobiy tafovut mablag’laridan, vaqtinchalik mablag’
taqchilligida paxta hosilini etishtirish va yakuniy hisob-kitobini moliyalashtirish;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo’jaligini
davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash jamg’armasini boshqarish departamenti
(keyingi o’rinlarda Departament deb ataladi) faoliyatini ta’minlash xarajatlarini
moliyalashtirish.
Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
etishtiriladigan paxta va g’alla hosili hisob-kitobini o’z vaqtida
moliyalashtirish;
davlat xaridi uchun qishloq ho’jaligi mahsulotlarini etishtirishda ishtirok
etadigan fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi tashkilotlariga zamonaviy,
yuqori unumli qishloq xo’jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida etkazib
berishni rag’batlantirish uchun qaytarib berish asosida qarz mablag’lari ajratish;
moliyalashtirishga zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalarini joriy
etish va uni asosida hisob-kitob tizimini takomillashtirish;
rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlarning agrar sohani moliyalashtirish
bo’yicha tajribasini keyinchalik uning ijobiy natijalarini respublikada joriy etish
maqsadida o’rganish.
Jamg’arma o’ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi
funktsiyalarni amalga oshiradi:
Jamg’armaning daromadlari va xarajatlarining har yilgi balansi loyihasini
ishlab chiqadi, belgilangan tartib va muddatlarda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
Jamg’arma mablag’lari tushumini tahlil qiladi va o’z vaqtida tushishini
ta’minlaydi;
Jamg’armadan ajratiladigan mablag’larni maqsadga muvofiq ishlatish, qishloq
xo’jaligi tashkilotlari tomonidan etkazib berilgan mahsulotlarga, etkazib berilgan
moddiy-texnika resurslari va ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun to’liq
hisob-kitob qilishni o’z vaqtida amalga oshirish javobgarligi kontraktatsiya
580
shartnomalarini bajarishda ishtirok etayotgan tumanlar hokimlari o’rinbosarlari,
qishloq xo’jaligi tashkilotlari va tijorat banklari filial rahbarlari zimmasiga
yuklanadi.
«Agrobank»aktsiyadorlik tijorat banki, paxta-to’qimachilik tashkilotlarga
xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari, «O’zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati paxta
tolasini sotishdan, «O’zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasi don, un va un
mahsulotlarini sotishdan tushgan mablag’larni o’z vaqtida Jamg’armaga
to’lamaganligi
uchun,
«O’zagrolizing»
aktsiyadorlik
jamiyati
hamda
«O’zmashlizing» mas’uliyati cheklangan jamiyati va ularning hududiy tashkilotlari
rahbarlari, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining
rahbarlari va bosh buxgalterlari Jamg’arma mablag’larini maqsadga muvofiq
ishlatmaganligi, hisob-kitob qilish tartibini buzganligi uchun qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. . Jamg’arma mablag’larining
maqsadli sarflanishi, to’lovlar va hisoblarni to’liq hamda o’z vaqtida amalga
oshirish ustidan nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari
tomonidan amalga oshiriladi.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“2009
yilgi
asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 2008
yil 29 dekabr PQ-1024-son qarorining 23-bandiga muvofiq, 2009 yildan boshlab
davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalar daromadlari va
xarajatlarining g’azna ijrosi mexanizmlari tadbiq etila boshlandi.
Bugungi kunga kelib, Konsolidatsiyalashgan byudjet tarkibiga kiruvchi
aksariyat davlat maqsadli jamg’armalarining daromad va xarajatlari ijrosi davlat
byudjeti g’azna ijrosi mexanizmlari bilan qamrab olingan bo’lib, bu jamg’armalar
mablag’lari bo’yicha yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ularni
ro’yxatga olish va ular bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish tartibi xuddi byudjet
mablag’lari kabi g’aznachilikning huquqiy-me’yoriy hujjatlari asosida amalga
oshiriladi. Jamg’armalarga kelib tushadigan mablag’lar ular uchun G’aznachilikda
ochilgan shaxsiy hisobraqamlariga kirim qilinadi va davlat byudjetining Yagona
581
g’azna hisobraqamida aks ettiriladi. Jamg’armalar mablag’lari hisobidan to’lovlar
ularning shaxsiy hisobraqamlaridagi mablag’lar qoldiqlari doirasida amalga
oshiriladi.
“Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi Qoidalari”
170
O’zbekiston
Respublikasining
Byudjet kodeksi
, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007
yil 28 fevraldagi PQ-594-son «Davlat byudjetining g’azna ijrosi tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi
qarori
va O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son «O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi
qaroriga
muvofiq Yagona g’azna hisobvarag’ini qo’llash orqali O’zbekiston
Respublikasining byudjet tizimi byudjetlari, shuningdek boshqa maqsadli
jamg’armalar byudjetlarining maxfiy xususiyatga ega bo’lmagan daromad va
xarajatlarining g’azna ijrosini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari
Respublika maqsadli kitob jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi
vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi ham g’azna ijrosi
bilan qamrab olingan. Mazkur Qoidalarning amal qilishi byudjet tizimi byudjetlari
va BMJ byudjetlarining g’azna ijrosi jarayonida ishtirok etuvchi Moliya vazirligi
va hududiy moliya organlari, g’aznachilik bo’linmalari va buyurtmachilarga tatbiq
etiladi. DMJ(davlat maqsadli jamg’aralari) va BMJ(boshqa maqsadli
jamg’armalar) byudjetlariga to’lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
YaG’Hga kirim qilinadi va qonun hujjatlariga muvofiq mos ravishda DMJ va BMJ
byudjetlari daromadlarida aks ettiriladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan
tashqari mablag’lari YaG’Hga kirim qilinadi va mazkur tashkilotlarga tushumlar
sifatida aks ettiriladi.
170
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlarining g’azna ijrosi Qoidalari” O’zbekiston
Respublikasi moliya vazirining 2016 yil 22 noyabrdagi 88-son
buyrug’iga
ko’ra O’zbekiston
Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 22 dekabrda ro’yxatdan o’tkazildi, ro’yxat raqami
№2580
582
Byudjet tizimi va BMJ byudjetlari xarajatlari YaG’H yoki Moliya
vazirligining (g’aznachilik bo’linmalarining) boshqa bank hisobvaraqlaridan
Moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda hamda DMJ va BMJ
byudjetlari mablag’lari qoldig’i doirasida amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning joriy moliya yilida qaytarilgan o’tgan yillarning
debitor qarzdorlik summalari YaG’Hga kirim qilinadi va DMJ va BMJ mablag’lari
bo’yicha — DMJ va BMJ byudjetlarining tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida
joriy moliya yilining daromadlari sifatida tegishli shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida
joriy moliya yilining daromadlari sifatida hisobga olinadi
.
DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag’ oluvchilarning joriy moliya yilida
qaytarilgan o’tgan yillarning debitor qarzdorlik summalari, shuningdek tovar-
moddiy qimmatliklarini yoki asosiy vositalarni sotishdan va inventarizatsiya
(tekshirishlar) natijalari bo’yicha tushgan mablag’lari YaG’Hga kirim qilinadi va
tegishli DMJ va BMJ byudjetlarida joriy moliya yilining daromadi sifatida hisobga
olinadi.
Bunda DMJ yoki BMJ byudjetlaridan mablag’ oluvchilarning byudjet
mablag’lari hisobidan sotib olingan tovar-moddiy qimmatliklarini yoki asosiy
vositalarini sotishdan tushgan mablag’lar tegishli byudjetlar daromadiga
o’tkaziladi.
O’quvchilarning ota-onalari yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar
tomonidan to’langan darsliklar ijara to’lovlari va darsliklar yoki o’quv-metodik
qo’llanmalarni yo’qotilganlik yoki yaroqsiz holga keltirilganlik uchun to’lovlar
bo’yicha tushumlarning kirim qilinishi, shuningdek ularni keyinchalik O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli
kitob jamg’armasining shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazilishi ta’lim
muassasalarining tegishli (4011 mablag’lar manbasi bilan) shaxsiy g’azna
hisobvaraqlaridan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining tegishli (4011 mablag’lar manbasi bilan) shaxsiy
g’azna hisobvaraqlaridan mablag’larni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasining
583
shaxsiy g’azna hisobvarag’iga o’tkazilishi «O’RMV» ATda avtomatlashtirilgan
ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Byudjet tizimi byudjetlari, shuningdek BMJ byudjetlari daromadlariga
kirim qilish uchun asos bo’lmagan YaG’Hga kelib tushgan mablag’lar g’aznachilik
bo’linmalari tomonidan aniqlanmagan tushumlar sifatida qabul qilinadi. Agar uch
ish kuni mobaynida ushbu tushumlarni aniqlash hamda ularni tegishli shaxsiy
g’azna hisobvaraqlarga kirim qilish imkoni bo’lmasa, g’aznachilik bo’linmalari
ularni uchinchi ish kunida, biroq joriy yilning 31 dekabridan kechiktirmasdan
belgilangan shaklda Yagona g’azna hisobvarag’idan to’lanishi (qaytarilishi) lozim
bo’lgan aniqlanmagan tushumlar bo’yicha elektron to’lov topshiriqnomalari reestri
asosida «O’RMV» ATda elektron to’lov hujjatini shakllantirish orqali mablag’lar
qaysi bank hisob raqamlaridan o’tkazib berilgan bo’lsa shu bank hisob raqamlariga
qaytaradi.
YaG’Hdan to’lovlarni o’tkazish uchun «Bank-G’aznachilik» dasturiy
majmuasi orqali yuborilgan to’lov topshiriqnomalarining asli O’zbekiston
Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etilmaydi va g’aznachilik bo’linmalarida
saqlanadi, bundan «UzASBO» DM orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan
holda g’aznachilik bo’linmalariga yuborilgan elektron to’lov topshiriqnomalari
mustasno.
Daromadlar prognozlari, tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar,
DMJ va BMJ byudjetlari hisobini yuritish uchun DMJ va BMJ taqsimlovchi
organlari tomonidan «O’RMV» ATda quyidagilar shakllantiriladi:
tegishli byudjetlar tasdiqlanguniga qadar — birinchi chorak uchun oylar
kesimida vaqtinchalik xarajatlar yoyilmalari;
byudjetlar tasdiqlanganidan so’ng — oylar kesimida daromadlar va
xarajatlarning yillik yoyilmalari.
DMJ va BMJ taqsimlovchi organlar «O’RMV» ATga quyidagi
ma’lumotlarni kiritadi:
584
xarajatlar smetalari ro’yxatga olinguniga qadar — birinchi chorak uchun
oylar kesimida tegishli DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga
olingan vaqtinchalik xarajatlar smetalari ma’lumotlarini;
xarajatlar smetalari ro’yxatga olinganidan so’ng — oylar kesimida tegishli
DMJ va BMJ taqsimlovchi organlari tomonidan ro’yxatga olingan xarajatlar
smetalari va ularga o’zgartirishlar bo’yicha ma’lumotlarni.
DMJ byudjetlari daromadlarining g’azna ijrosi Byudjet tizimi byudjetlari
daromadlarining kassa ijrosi to’g’risidagi
yo’riqnomaga
(ro’yxat raqami 2771,
2016 yil 30 mart) muvofiq amalga oshiriladi.
DMJ va BMJlar xarajatlarini amalga oshirishda yuridik majburiyatlarni
shakllantirish va ro’yhatdan o’tkazish, moliyaviy majburiyatlar va xarajatlar
to’lovini amalga oshirish tartibi “Byudjet tizimi byudjetlari g’azna ijrosi
Qoidalari”da belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |