2. G’aznachilikda xarajatlar smetalarini ro’yxatga olish asosida nazoratni
tashkil etish
Byudjet tashkilotlari bo’ysunuviga ko’ra respublika byudjeti va mahalliy
(viloyat, tuman, shahar) byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadilar, ularning joriy
faoliyati byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlashning o’rnatilgan tartibiga
asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkilotlar
mustaqil ravishda o’z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik
bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
180
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining190-moddasi asosida
598
Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet xarajatlarini amalga oshirish uchun
g’aznachilik bo’linmalariga quyidagilarni:
a) byudjet mablag’lari bo’yicha:
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro’yxatga olinguniga qadar —
birinchi chorak uchun oylar kesimida moliya bo’limlarida ro’yxatga olingan
vaqtinchalik xarajatlar smetalari nusxalarini;
doimiy xarajatlar smetalari moliya organlarida ro’yxatga olingandan so’ng —
moliya organlarida ro’yxatga olingan, oylar kesimida doimiy xarajatlar smetalarini;
b) byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha — moliya organlarida ro’yxatga
olingan, byudjetdan tashqari mablag’larning kelib tushishi va ishlatilishining
cheklanishi oylar kesimida ko’rsatilgan vaqtinchalik va aniqlangan xarajatlar
smetalari nusxalarini taqdim etadilar (kelib tushishi va sarflanish yo’nalishi
cheklanmagan byudjetdan tashqari mablag’lar turlari bundan mustasno).
Byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar
smetalari nusxalarini va ularga ilovalarni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi Zaxira jamg’armasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
zaxira jamg’armasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimligi zaxira
jamg’armalari mablag’lari hisobiga va byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha
smetalarni, ular moliya organlarida o’rnatilgan tartibda ro’yxatga olinganidan
so’ng, g’aznachilik bo’linmalariga taqdim qiladilar.
Kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha xarajatlarning oylar kesimidagi
yoyilmasiga aniqliklar qurilishlarning manzilli va titul ro’yxatlarining aniqlanishi
asosida kiritiladi.
G’aznachilik bo’linmalari byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjet
tasnifining tegishli bo’lim, bob va paragraflari bo’yicha xarajatlarini quyidagi
hollarda to’xtatish huquqiga ega:
byudjetdan mablag’ oluvchilarning tegishli moliya organlariga
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan hisobotlarni
taqdim etmagan hollarda (moliya organlari tomonidan g’aznachilik bo’linmalarini
byudjetdan mablag’ oluvchilarning hisobot topshirmaganligi to’g’risidagi yozma
599
bildirishnomasi bo’yicha), tegishli byudjetdan mablag’ oluvchilarning rahbarlarini
xabardor qilgan holda;
tegishli moliya organlari tomonidan tegishli byudjetlarning vaqtinchalik
va doimiy daromadlar va xarajatlar yoyilmalari belgilangan muddatlarda taqdim
etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar muddatga;
tegishli byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan xarajatlar smetalari
belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda — ular taqdim etilgunga qadar
muddatga;
yoyilmada ko’rsatilgan byudjetlar xarajatlari summasi va smetalarda
ko’rsatilgan xarajatlar summasining yig’indisi o’rtasida farqlar aniqlanganda —
farqlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etgungacha
muddatga;
byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan ajratilgan byudjet
mablag’larini o’zgartirishga so’rovnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular
tomonidan so’rovnoma asosida tayyorlangan smetaga tegishli barcha
o’zgartirishlarni va ularning o’zaro muvaffaqiyatli solishtirishlarni yoki tegishli
moliya organining kiritilayotgan o’zgartirishni rad etganligi to’g’risidagi yozma
xabarnomasi taqdim etilgunga qadar muddatga;
moliya organlari tomonidan ajratilgan byudjet mablag’larini
o’zgartirishga taqdimnoma kelishish uchun taqdim qilinganda — ular tomonidan
taqdimnomalar asosida tayyorlangan smetalarga tegishli barcha o’zgartirishlarni va
ularning o’zaro muvaffaqiyatli solishtirishlari yoki tegishli moliya organining
kiritilayotgan o’zgartirishlarni rad etganligi to’g’risidagi yozma xabarnomasi
taqdim etilgunga qadar muddatga;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Bunda, xarajatlarning to’xtatilishi ajratilgan byudjet mablag’larining
kamaytirilishi nazarda tutilayotgan bo’lim, bob va paragraflar va xarajatlar
moddalari bo’yicha amalga oshiriladi.
600
Tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlarining yoyilmasiga, byudjetdan
mablag’ oluvchilarning xarajatlar smetalariga, qurilishlarning manzilli va titul
ro’yxatlari (loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati)ga o’zgartirishlarning
kiritilishi moliya organlari tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilar va
buyurtmachilar bilan birgalikda, ushbu o’zgartirishlar uchun so’rovnomalar va
taqdimnomalar tegishli g’aznachilik bo’linmalari bilan kelishilgandan so’ng
amalga oshiriladi.
Ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari summalarining qabul qilingan
yuridik va moliyaviy majburiyatlar, shuningdek amalga oshirilgan kassa
xarajatlarining ajratilgan byudjet mablag’lari qoldiqlari summalaridan oshishiga
olib keladigan miqdorlarda byudjet mablag’larining kamaytirilishiga yo’l
qo’yilmaydi.
Ajratilgan byudjet mablag’larining kamaytirilishi byudjetdan mablag’
oluvchilar va ularning mahsulot etkazib beruvchilari bilan o’zaro yuridik
majburiyatlarni bir xilga kamaytirish hollarida amalga oshirilishi mumkin.
Ajratilgan byudjet mablag’lari ko’paytirilgandan so’ng, byudjetdan mablag’
oluvchilar va ularning mahsulot etkazib beruvchilar bilan shartnomalariga
tomonlar yuridik majburiyatlarining bir xilda ko’payishini nazarda tutadigan
o’zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Tegishli byudjet mablag’larining taqsimlovchilari (oluvchilari) tashabbusi
bilan byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetalariga o’zgartirish kiritilgan
hollarda, ular tomonidan o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan so’rovnomalar
imzolash uchun g’aznachilik bo’linmalariga taqdim etiladi.
601
Do'stlaringiz bilan baham: |