Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet253/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

istiqbollari 

 

1.  Davlat xaridining davlat funktsiyalari bilan bog’liqligi,  uning mazmuni 

va mohiyati 

Ma’lumki,  davlat  sektorining  mamlakatimiz  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini 

ta’minlashdagi roli katta ahamiyatga ega. Uning uzluksiz va samarali faoliyati uchun 

tegishli tovarlar, xizmatlar va ishlar bilan o’z vaqtida ta’minlab turish zarur bo’ladi. 

Davlat xaridlari esa ayni shu maqsadda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.  

Ta’kidlash joizki, davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan 

o’zgarishlarning  markazida  davlat  byudjetining  shakllanishi  va  uning 

mablag’laridan  yanada  samarali  foydalanish,  byudjet  taqchilligi  o’sishiga  ta’sir 

etuvchi  omillarning  oldini  olish,  shu  bilan  birga  byudjet  mablag’laridan 

foydalanish  jarayonida  byudjet  intizomlariga  rioya  etilishini  ta’minlash  va  bunda 

byudjet  mablag’laridan  tejamkorlik  asosida  maqsadli  va  oqilona  foydalanish, 

qolaversa, samarali  davlat xaridi  tizimini  shakllantirish  orqali davlat byudjetining 

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi.  

Byudjet  mablag’laridan  oqilona  foydalanishga  samarali  davlat  xaridi  tizimini 

shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, davlat byudjeti mablag’larining 

katta  qismi  byudjet  tashkilotlari  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  tasdiqlangan 

ehtiyojlarini  tovar, ish, xizmatlar bilan ta’minlashga sarflanadi.  



613 

 

Davlat byudjeti iqtisodiyot rivojlanishining turli boqichlarida byudjet siyosatini 



amalga  oshirish  quroli,  mo’ljallangan  dasturlar  va tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun 

pul  mablag’larining  asosiy  manbai  hisoblanadi.  Shu  bois,  byudjet  mablag’laridan 

foydalanish  yuzasidan  davlat  xaridi  moliyaviy  barqarorlik  uchun  shart-sharoitlar 

yaratishga qaratilgan davlat moliyaviy siyosatini ifodalaydi. Davlat davlat xaridining 

bosh  maqsadi  byudjet  mablag’laridan  samarali,  hamda  oqilona  foydalanishni 

ta’minlashdan iborat.  

Shuningdek,  davlat  moliyaviy  nazoratining  oldida  turgan  eng  asosiy  vazifa 

davlat  byudjeti  oldidagi  majburiyatlarning  o’z  vaqtida  va  to’liq  bajarilishini  hamda 

byudjet mablag’laridan tejamli foydalanishni ta’minlashdan iborat. 

Davlat  xaridi  davlat  organlari  (tashkilot,  muassasalari)ning    davlat 

funksiyasini amalga oshirish uchun qiladigan xarajatlarning asosiy qismini tashkil 

etib, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va investitsiya oqimini ta’minlash 

uchun  qulay  shart-sharoitlar  shakllanishining muhim omillaridan biri  hisoblanadi. 

Davlat xaridi investitsiya salohiyatini samarali taqsimlash va davlat uchun strategik 

ahamiyatli  bo’lgan  tarmoqlarning  rivojlanishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar 

yaratilishining,  shuningdek,  ilmiy  tadqiqotlarni  o’tkazish  va  natijalarini  ishlab 

chiqarish  jarayonlariga  jalb  qilishning  muhim  vositasi  sanaladi.  Shuning  uchun 

davlat  xaridlarini  tashkil  etish  bilan  bog’liq  muammolar  doim  dolzarb    bo’lib, 

barcha  davlatlarda  davlat  xaridi  tizimini  takomillashtirishga  qaratilgan  uzviy  va 

davomli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  7  fevraldadagi  “Davlat 

xaridlari  tizimini  muqobillashtirish  va  ularga  kichik  biznes  sub’ektlarini  jalb 

qilishni  kengaytirish  to’g’risida”gi  PQ-1475  sonli  Qarorini  qabul  qilinishi  bilan 

davlat  xaridlarini  takomillashtirishning  yangi  davri  boshlandi.  Mazkur  qaror 

ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  mamlakatimizda  bir  qator  muhim  chora-tadbirlar 

amalga  oshirildi.  Ochiqlik,  shaffoflik  va  raqobatga  asoslanga  davlat  xaridi 

tiziminini  joriy  etish  va  takomillashtirish  yuzasidan  qarayb  5  yil  davomida  shu 

qadar keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.  




614 

 

Amalga  oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad  davlat  byudjeti  va 



byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, 

byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari 

uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir. 

Shuningdek,    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  narxlar  va  narx  tizimini  davlat 

tomonidan  tartibga  solish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan,  iqtisodiyotda 

narx  tizimini  tartibga  solish  orqali  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishiladi,  bozor 

raqobat  natijasida  sifatli  mahsulot,  ish  va  xizmatlarga  to’yinadi.    Korxonalar 

tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatiga bog’liq bo’lib, 

raqobat  kurashi  kuchaygan  sharoitda  oqilona  narx  siyosati    korxona  moliyaviy 

natijalariga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Qolaversa,  davlat  xaridi  tizimida  raqobatni 

rivojlantirish  maqsadida  optimal  narxda  tovar(ish,xizmat)  etkazib  beruvchi 

korxonalar  va  kichik  biznes  sub’ektlarining  elektron  katolog  va  elektron 

savdolarda  ishtiroklari ko’lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. 

Xalqaro  miqiyosda  yuzaga  kelgan  yangi  iqtisodiy  vaziyat,  davlat  mablag’lari 

hisobidan xarajatlarni amalga oshirishda hukumatlar oldiga qo’yilgan vazifalarning 

muhimligini oshirmoqda. 

Ma’lumki, davlat o’z vazifalarini bajarish jarayonida bir qator xarajatlar qilishi 

zarur. Bu xarajatlar, eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun turli 

tarmoqlarga investitsiya qilishga, aholining turmush darajasini ko’tarishga, hamda 

ijtimoiy  vazifalarni  bajarishga  qaratilgan,  davlatni  boshqarish,  mudofaani 

ta’minlash  kabi  aniq  maqsadlarga  yo’naltirilgan,  rejalashtirilgan  xarajatlardan 

iborat  bo’ladi.  Umumdavlat  xarajatlari,  asosan,  davlat  byudjeti  va  davlatning 

boshqa markazlashtirilgan fondlari orqali moliyalashtiriladi.  

Davlat  byudjetining  iqtisodiy  tushunchasi,  umumjamiyat  miqyosida 

markazlashgan,  davlat  ishtirokida  to’plangan  va  sarflanadigan  moliyaviy 

resurslarni anglatadi.  

Davlat  xarajatlarining  muhim  tarkibiy  qismi  sifatida  davlat  xaridi  alohida 

o’ringa  ega.    Tovar  va  xizmatlarni  xarid  etish  dunyo  rivojlanish  amaliyotida 

muhim o’rin egallaydi hamda fondlar hamda investitsiyani samarali o’zlashtirishga 



615 

 

yo’naltirilgan  uzluksiz  jarayon  hisoblanadi.  O’zbek  tilidagi  “xarid”  termini 



(inglizchada, procurement - prokyurment) “sotib olish” ma’nosi bilan bir ma’noda 

ishlatilib,  zamonoviy  tushunchalarda  mahsulotlarni,  bajarilgan  ishlarni  yoki 

ko’rsatilgan  xizmatlarni  ma’lum  haq  evaziga  olish  demakdir  (inglizchada, 

procurement of goods, works and services). 

Davlat xaridini boshqarishga tizimli yondoshuv to’g’riroq bo’ladi. Shunday 

ekan,  davlat  ehtiyojlari  uchun  xaridni  rejalashtirish  va  amalga  oshirish  hamda 

nazorat etish bilan bog’liq barcha jarayonlar davlat xaridi tizimini yuzaga keltiradi. 

Davlat  xaridi  davlat  infratuzilmasini  moddiy-moliyaviy  ta’minlash  uchun 

amalga  oshiriladi.  Davlat  infratuzilmasini  umumiy  tarzda  ikkita  yirik  tarkibiy 

qismiga ajratish mumkin:  

  iqtisodiy  infratuzilma  (transport,  maishiy  xizmatlar,  kundalik  iqtisodiy 

faoliyatni amalga oshirish uchun birlamchi bo’lgan infratuzilmalar);  

  ijtimoiy  infratuzilma  (maktablar,  shifoxonalar,  kutubxonalar,  yoki 

boshqacha  aytganda,  jamiyat  kundalik  hayoti  uchun  birlamchi  infratuzilmalar). 

Ijtimoiy  sohalarga  Davlat  xaridini  amalga  oshirish  zarurati  umumjamiyat 

manfaatlaridan  kelib  chiqadi.  O’zbekistonda  ijtimoiy  sohalarga  investitsiyalar  va 

davlat xaridi mavjud qonuniy-me’yoriy aktlar orqali tartibga solinadi.  

Davlat moliyasini  boshqarishni    isloh  etish  bo’yicha  amalga  oshirilayotgan 

o’zgarishlarning tarkibiy qismi sifatida, davlat xaridini tashkil etishni tubdan isloh 

etish,  uni  tartibga  soluvchi  huquqiy  bazani  shakllantirish,  davlat  xarajatlari 

samaradorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. 

Davlat  xaridini  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  uchun  quyidagi 

elementlardan  foydalanish  samarali  yo’nalish  hisoblanadi:  davlat  xaridini 

boshqarish  yuzasidan  ilg’or  xorijiy  tajribalardan  foydalanish;  davlat  xaridi 

siyosatini  davlatning  iqtisodiy  siyosati  maqsadlariga  muvofiqlashtirish;  davlat 

xaridi sohasidagi amalga oshirilayotgan siyosatni monitoring va baholashni tatbiq 

etish. 

Davlat  ehtiyojlari  uchun  xaridni  amalga  oshirish  mexanizmining  samarali 

bo’lishi,  ko’p  jihatdan,    davlat  xaridi  uchun  qaror  qabul  qilayotgan  davlat 



616 

 

xizmatchilarining  kvalifikatsiya  darajasi,  professional  tayyorgarligi  va 



haqqoniyligiga bog’liq. Ko’pgina davlatlarda davlat xaridi bilan shug’ullanadigan 

xodimlarni  tayyorlash  va  ular  malakasini  oshirish  bevosita  hukumatning 

zimmasiga yuklatilgan vazifasi hisoblanadi. 

Davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan  tovarlar,  bajariladigan  ishlar  va 

xizmatlarga quyidagilar kiradi: 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish