3. G’aznachilik ijrosi nazoratini amalga oshirishni takomillashtirish
O’zbekiston Respublikasida davlatning byudjet siyosati vazifalarini barqaror
va samarali amalga oshirilishida byudjet nazorati tizimi muhim rol o’ynaydi. Shu
nuqtai nazarda mamlakatda byudjet ijrosini joriy nazoratini g’aznachilik organlari
amalga oshiradi.
Davlat byudjetini boshqarishni tashkil qilish ishlarini yuqori darajaga
ko’tarishni g’aznachilik tizimisiz ta’minlash mumkin emas. Chunki g’aznachilik
tizimi byudjet daromadlari va xarajatlarini to’g’ri rejalashtirish hamda moliyaviy
nazorat asosida ijro qilish imkonini beradi. O’zbekiston Respublikasida
g’aznachilik tizimida moliyaviy nazoratni takomillashtirish va xalqaro
tajribalaridan
samarali foydalanishga
e’tibor qaratish, g’aznachilik
operatsiyalarining nazoratini takomillashtirish muhim vazifa etib belgilangan.
Davlat moliyaviy nazorati tizimining asosini byudjet nazorati tashkil etadi, u
bir tomondan, resurslarning hal qiluvchi qismini o’zida jamlaydigan davlat
byudjeti mablag’larining shakllanishi va ishlatilishini tartibga solish imkonini
beradi, ikkinchi tomondan esa, barcha moliya bo’g’inlari, g’aznachilik organlari va
byudjet muassasalarining smeta asosida xarajatlarni moliyalashtirish amaliyotidagi
o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va texnologik
yangilanish davrida byudjet nazoratining barqaror ijtimoiy iqtisodiy
rivojlantirishdagi roli yanada oshdi. Aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida
byudjetdan ancha miqdorda mablag’ talab qilinadi. Ushbu mablag’larni to’liq va
o’z vaqtida etkazib berish, asosan, samarali byudjet nazorati orqali ta’minlanadi.
Shunday ekan g’aznachilik faoliyati nazorati hozirgi davrda respublika va uning
hududlarida davlat byudjeti samarali ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi joriy etilishi bilan dastlabki va
joriy moliyaviy nazoratni amalga oshirish byudjetdan mablag’ oluvchilar bilan
birgalikda g’aznachilik organlariga ham yuklatiladi.
607
So’nggi yillarda mamlakatimizning moliya-byudjet tizimida katta islohotlar
amalga oshirilmoqda. Islohotlarning maqsadi byudjet siyosatida byudjet
kamomadining o’sib ketishiga yo’l qo’ymaslik, byudjet xarajatlarining
samaradorligini oshirish, ijtimoiy xarajatlarning aniq maqsadli va yo’naltirilganlik
bo’lishini ta’minlashdir. Islohotlar byudjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash
tartibini takomillashtirish, byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarni mablag’ bilan
ta’minlash mexanizmini soddalashtirish, byudjet mablag’laridan foydalanishda
yuqori natijalarga erishish maqsadida mavjud mablag’larni oqkilona taqsimlash,
byudjet tashkilotlari xodimlari mehnatini rag’batlantirish, ular faoliyatining yanada
samarali bo’ulishini ta’minlash, shart-sharoitlar yaratish, byudjet mablag’laridan
tejab, samarali va aniq foydalanish hamda byudjet intizomini mustahkamlash
uchun byudjet tashkilotlari rahbarlarining mustaqilligini kengaytirish, mas’uliyatini
oshirish kabi yo’nalishlarda olib borilmoqda.
Byudjet mablag’laridan foydalanishda smeta-shtat intizomiga rioya etishlik,
muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo’l qo’ymaslik, mablag’larni
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan maqsadlarga yuo’naltirish, byudjet
mablag’laridan foydalanishda amaldagi qonun hamda boshqa me’yoriy hujjatlar
talablariga qat’iy rioya qilishni ta’minlash, turli xil o’g’irlik, kamomad,
suiste’molliklarni oldini olishda g’aznachilikning moliyaviy nazorati muhim o’rin
tutadi.
G’aznachilik nazorat faqatgina byudjet mablag’larini xarajat kilinishi ustidan
emas, balki byudjetning daromadlarini shakllantirishda ham samarali bo’lmog’i
lozim. Ya’ni byudjetga tushishi lozim bo’lgan daromadlarni o’z vaqtida va to’liq
tushirishni va Yagona G’azna hisobraqmlarida kirim qilinishini ta’minlash,
byudjetga qo’shimcha daromadlar manbalarini aniqlashda g’aznachilik ijrosi
nazorati muhim o’rin tutadi.
Byudjet mablag’larini shakllantirish va ulardan oqilona xarajat kilinishi
ustidan g’aznachilik faoliyati nazoratining samaradorligini oshirish uchun quyidagi
ishlarni amalga oshirmoq lozim:
608
- byudjet tizimi byudjetlari ijrosi bo’yicha to’liq «shaffoflik»ni, ya’ni osh-
koralikni ta’minlash. Byudjetga soliq va boshka to’lovlarni amalga oshiruvchi har
bir yuridik va jismoniy shaxslar byudjetga to’lagan mablag’lari qanday
maqsadlarga sarflanganligi haqida tulik axborot olish imkoniyatiga ega bulishi
kerak.
- byudjet tizimi byudjetlari ijrosi ustidan nazorat qiluvchi vakolatli organlar
o’rtasida o’zaro hamkorlik, tajriba va axborot almashuv tizimini yo’lga qo’yish
lozim. Bunda ob’ektlarni birin-ketin tekshirish, ya’ni bir-birini takrorlamaslikka
e’tibor qaratish kerak buladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi «Mahalliy
byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» PF-5075-sonli
Farmoni
ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish
va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni
ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va
majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv
xodimlarining cheklangan soni doirasida 2 ta shtat birligidan iborat byudjet
inspektorlari lavozimlari joriy etldi va ularning asosiy vazifalari etib quyidagi
belgilandi
182
:
- mahalliy byudjetlar parametrlarining byudjet to’g’risidagi qonun
hujjatlari, belgilangan normativlar hamda mazkur qaror asosida shakllantirilishi va
ijro qilinishini monitoring qilish;
- byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar
smetasi, shtatlar jadvalini sifatli tuzilishi hamda uning ijrosi bo’yicha nazoratni
Do'stlaringiz bilan baham: |