Jamg’armani shakllantirish
manbalari
Xarajatlar moddalari
Davlat byudjeti parametrlarida umumiy
o’rta va maktabdan tashqari ta’lim
sohasini moliyalashtirish uchun har yili
nazarda tutiladigan mablag’larning
kamida 6%i;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlari mablag’lari;
jismoniy va yuridik shaxslarning, sh.j.
norezidentlarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy
davlatlarning grantlari va texnik
ko’maklashish mablag’lari;
Rivojlantirish jamg’armasining vaqtincha
bo’sh mablag’larini joylashtirishdan
tushadigan daromadlar va qonun
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa
tushumlar.
umumta’lim muassasalarini
qurish, rekonstruktsiya qilish va
kapital ta’mirlash, sh.j. zarurat
bo’lganda o’quv korpuslarini o’quv
ustaxonalari va laboratoriyalar
tashkil etgan holda kengaytirish,
sport zallari va maydonchalarini
hamda boshqa infratuzilma
ob’ektlarini barpo etish bo’yicha
ishlarni moliyalashtirish;
zamonaviy talablarni hisobga
olgan holda va tasdiqlangan
normativlardan kelib chiqib,
umumta’lim muassasalarini eng
yangi o’quv-laboratoriya, ilmiy va
ishlab chiqarish uskunalari, musiqa
asboblari, sport uskunalari va
anjomlari, kompyuter texnikasi
hamda o’quv axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining
boshqa elementlari, shuningdek,
o’quv mebeli va anjomlari bilan
jihozlashni (qo’shimcha jihozlashni)
moliyalashtirish;
jamg’armaning ijroiya
direktsiyasini Vazirlik tomonidan
tasdiqlanadigan yillik xarajatlar
smetasiga muvofiq ta’minlash.
2018 yil 1 noyabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi
574
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi idoraviy bo’ysunuviga
o’tkazildi
168
.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi
huzuridagi byudjetdan
tashqari
Respublika maqsadli kitob
jamg’armasining barcha huquq va majburiyatlari bo’yicha huquqiy vorisi
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Respublika maqsadli kitob jamg’armasining asosiy vazifalari etib
belgilandi:
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining kutubxona
jamg’armalari uchun umumta’lim fanlari bo’yicha darsliklar va o’quv-metodik
majmualar bilan ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
mablag’lari va homiylik xayriyalarini, xalqaro moliya institutlarining kredit va
grantlarini, darsliklar va chet tillari bo’yicha mashq daftarlarining ijara to’lovlarini
jamlash, ushbu mablag’lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi,
ya’ni birinchi sinf o’quvchilarini, «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari,
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o’quvchilarini, ijtimoiy
yordamga muhtoj bo’lgan oilalardagi o’quvchilarni hamda o’qituvchilarni
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan bepul ta’minlash
maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalarining kutubxona jamg’armalari uchun
umumta’lim fanlaridan darsliklar va o’quv-metodik majmualarni xarid qilish va
etkazib berishni moliyalashtirish;
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalari o’quvchilarini ijara
asosida ta’minlash uchun umumiy o’rta ta’lim muassasalarining kutubxona
168
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 fevraldagi 155-son qarori
“O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasi
to’g’risida”gi Nizom
575
jamg’armalariga umumta’lim fanlaridan darsliklar va chet tillari bo’yicha mashq
daftarlarini xarid qilish va etkazib berishni moliyalashtirish;
ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim
muassasalari hamda o’rta maxsus ta’lim muassasalari uchun bepul va ijara asosida
umumta’lim fanlaridan darsliklarni umumiy o’rta ta’lim muassasalarining
kutubxona jamg’armalariga xarid qilish va etkazib berishni moliyalashtirish;
xarid qilishning tasdiqlangan istiqbol kvotalaridagi darsliklar va o’quv-
metodik majmualarni chop etuvchi nashriyotlar va bosmaxonalarga darsliklarning
chakana savdo tarmog’i orqali sotilishini qo’llab-quvvatlash uchun qisqa muddatli
maqsadli ssudalar ajratish orqali yordam ko’rsatish;
jamg’arma mablag’larining o’z vaqtida tushishini ta’minlash va tahlil qilib
borish.
O’zbekiston
Respublikasi
Xalq
ta’limi
vazirligi
tomonidan
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan birgalikda shakllantirilgan umumta’lim muassasalarini qurish,
rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlashning har yilgi manzilli ro’yxatlari
navbatdagi yil uchun O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga
yoki Investitsiya dasturlariga belgilangan tartibda kiritiladi.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi,
ya’ni birinchi sinf o’quvchilarini, «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari,
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun
ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning o’quvchilarini, ijtimoiy
yordamga muhtoj bo’lgan oilalardagi o’quvchilarni hamda o’qituvchilarni
darsliklar, shuningdek ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlashga hamda
O’zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga yoki Investitsiya
dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirishga O’zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag’lar har oyda O’zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Respublika
maqsadli kitob jamg’armasi va Xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga
ularning asoslangan buyurtmanomasiga ko’ra o’tkazib beriladi.
576
Do'stlaringiz bilan baham: |