Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


maqomiga ega bo’lgan Xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasi



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

maqomiga ega bo’lgan Xalq ta’limini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari 

Ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarining  moddiy-texnika  bazasini  rivojlantirish 

jamg’armasining umumta’lim maktablari bo’yicha aktiv va passivlari O’zbekiston 

Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  huzuridagi  Xalq  ta’limini  rivojlantirish 

jamg’armasiga o’tkaziladi; 

Bunda,  2019  yil  1  yanvar  holatiga  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari  Ta’lim  va  tibbiyot  muassasalarining 

moddiy-texnika 

bazasini 

rivojlantirish 

jamg’armasining 

umumta’lim 

muassasalarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal  ta’mirlash  va  jihozlash 

(qo’shimcha  jihozlash)  ishlari  bo’yicha  foydalanilmay  qolgan  qoldiq 

mablag’larining  tegishli  qismi  tasdiqlangan  manzilli  ro’yxatlarga  muvofiq 

O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligining  Xalq  ta’limini  rivojlantirish 

jamg’armasiga o’tkaziladi. 

Jamg’arma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, ko’rib chiqish 

va  tasdiqlash  qonun  hujjatlariga  muvofiq  kelgusi  yil  uchun  O’zbekiston 

Respublikasi  rivojlanish  davlat  dasturlari  va  O’zbekiston  Respublikasi  Davlat 

byudjeti loyihalarini tayyorlash bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. 

Direktsiya  har  yili  navbatdagi  yil  uchun  Jamg’armaning  daromadlari 

prognoz rejasini: 




572 

 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetidan  ajratiladigan  mablag’lar 



bo’yicha — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda; 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjeti,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

mahalliy  byudjetlaridan  ajratiladigan  mablag’lar  bo’yicha  —  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar,  tuman  (shahar)lar 

hokimliklari takliflariga ko’ra; 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  manbalar  bo’yicha  — 

O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  yoki  boshqa  vakolatli  vazirlik  va 

idoralar bilan birgalikda shakllantiradi. 

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: 

har  yili  15  iyungacha  keyingi  yil  uchun  Direktsiyaga  barcha  yo’nalishlar 

bo’yicha  Jamg’arma  xarajatlari  prognozlarini,  Jamg’arma  xarajatlari  bo’yicha 

byudjet  so’rovini  hamda  keyingi  yil  uchun  Qoraqalpog’iston  Respublikasi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar,  shuningdek,  tumanlar  (shaharlar)  bo’yicha 

umumta’lim  muassasalarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal  ta’mirlash 

va jihozlash (qo’shimcha jihozlash) ning dasturlarini; 

har yili 1 avgustgacha Direktsiya bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi 

Investitsiyalar  bo’yicha  davlat  qo’mitasi  va  Moliya  vazirligiga  O’zbekiston 

Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni shakllantirish 

uchun uch yillik davrga mablag’lar ajratish prognoz hajmlarini taqdim etadi. 

       Direktsiya  O’zbekiston  Respublikasi  Byudjet 

kodeksida 

belgilangan  tartibda 

Jamg’arma  daromadlari  va  xarajatlari  prognozi  bo’yicha  byudjet  so’rovini 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjetining  har  yilgi  parametrlari 

tasdiqlanib,  Jamg’arma  uchun  ajratilgan  mablag’lar  miqdori  o’rnatilgan  tartibda 

O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligiga  etkazilgandan  so’ng  15  kun 

muddat ichida Jamg’arma Boshqaruv kengashi vazirlik va Direktsiyaning taklifiga 

ko’ra: 

Jamg’armaning  qonunchilikda  belgilangan  yo’nalishlar  bo’yicha  yillik 

daromadlari va xarajatlari parametrlarini; 



573 

 

xalq  ta’limi  muassasalarini  qurish,  rekonstruktsiya  qilish,  mukammal 



ta’mirlash  va  jihozlash  (qo’shimcha  jihozlash)  manzilli  dasturlarining 

parametrlarini; 

Direktsiyani saqlash xarajatlari yillik smetasini tasdiqlaydi. 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish