nizom
(ro’yxat
raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g’aznachilik
bo’linmasiga taqdim etiladi.
Bunda inkasso topshiriqnomasi va to’lov talabnomasining «Mablag’larni
oluvchining nomi» ustunida «O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligi», «Mablag’larni oluvchining hisobvarag’i» ustunida — YaG’H,
540
«To’lov maqsadida» ustunida — to’lov kodi, buyurtmachining tegishli shaxsiy
g’azna hisobvarag’i hamda inkasso topshiriqnomasini yoki to’lov talabnomasini
qo’yish uchun asos bo’lgan hujjatlar rekviziti ko’rsatiladi.
Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan
birgalikda xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalariga quyidagicha taqdim
etiladi:
- to’lovchiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar
Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko’rsatilganida besh
nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan
imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso topshiriqnomasining
birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga inkasso
topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Inkasso
topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi nusxalari
g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan
imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh
boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga
taqdim
etiladi.
Inkasso
topshiriqnomasining beshinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib,
YaG’Hga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik
bo’linmasiga qaytariladi;
- bir hudud ichida hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g’aznachilik bo’linmasi
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki
tumanda) joylashgan bo’lsa) to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan
inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik
bo’linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib
xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi
nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan
541
imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda
bevosita to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso
topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib,
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik
bo’linmasiga qaytariladi;
- hududlararo hisob-kitoblarni amalga oshirishda (g’aznachilik bo’linmasi
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan turli hududda (shahar yoki
tumanda) joylashgan bo’lsa) to’rt nusxada. Bunda buyurtmachining tegishli
vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan
inkasso topshiriqnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining g’aznachilik
bo’linmasiga inkasso topshiriqnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib
xizmat qiladi. Inkasso topshiriqnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi
nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan
imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda
bevosita to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso
topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib,
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank buxgalteri imzosi va mazkur
buxgalterga biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik
bo’linmasiga qaytariladi.
Buyurtmachilar tomonidan to’lov talabnomasi tegishli hujjatlar bilan birgalikda
xizmat ko’rsatuvchi g’aznachilik bo’linmalariga quyidagicha taqdim etiladi:
-to’lovchiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh
boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markazida xizmat ko’rsatilganida to’rt nusxada.
Bunda buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va
muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi nusxasi -
buyurtmachining g’aznachilik bo’linmasiga to’lov talabnomasini qo’yish uchun
topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. To’lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va
to’rtinchi nusxalari g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi
542
tomonidan imzolanadi, g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi
hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahar Bosh
boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi. To’lov talabnomasining
to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan
tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
-oluvchi va to’lovchiga turli banklarda xizmat ko’rsatilganida to’rt nusxada. Bunda
buyurtmachining tegishli vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi
bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining
g’aznachilik bo’linmasiga to’lov talabnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib
xizmat qiladi. To’lov talabnomasining ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi nusxalari
g’aznachilik bo’linmasining vakolatli va mas’ul xodimi tomonidan imzolanadi,
g’aznachilik bo’linmasining muhr izi bilan tasdiqlanadi hamda bevosita
to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. To’lov talabnomasining
to’rtinchi nusxasi qabul qilingan sana ko’rsatilib, to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi
bank buxgalteri imzosi va mazkur buxgalterga biriktirilgan muhr bilan
tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi.
G’aznachilik bo’linmasi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda
ijro etilganida buyurtmachi tomonidan inkasso topshiriqnomasi va to’lov
talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. Bunda buyurtmachining tegishli
mansabdor shaxslari tomonidan imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan inkasso
topshiriqnomasi va to’lov talabnomasining birinchi nusxasi buyurtmachining
g’aznachilik bo’linmasiga inkasso topshiriqnomasini va to’lov talabnomasini
qo’yish uchun topshirig’i bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchi nusxasi buyurtmachining
shaxsiy g’azna hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining
mas’ul xodimiga beriladi.
543
Do'stlaringiz bilan baham: |