3.Hududiy g’aznachilik organlari faoliyati
Hududiy g’aznachilik bo’linmalari – O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahri bo’yicha g’aznachilik boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo’yicha
g’aznachilik bo’linmalari.
160
Davlat moliyasini isloh qilish, davlat byudjetining g’azna ijrosini joriy etish,
byudjet mablag’larini boshqarish va ularning shakllanishi va ishlatilishini nazorat
qilish jarayonlari mukammallashib, takomillashib bormoqda. Bu jarayonlarni
amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat byudjetining
g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-594-
son (28.02.2007) Qarorining qabul qilinishi muhim qadam bo’lib xizmat qildi.
Prezident Qarorining ijro etilishi doirasida Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat
byudjetining g’azna ijrosini tatbiq etish va uslubiyoti boshqarmasi” hamda
mahalliy moliya organlarining g’aznachilik bo’linmalari negizida O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil
etildi.
PQ-594-son Qaror bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi
asosiy vazifalar yuklatildi (2-rasmga qarang):
davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli
darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning
xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisobraqami,
shuningdek tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa
160
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 3-moddasi
535
uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobraqamlarini
joriy etish orqali boshqarish;
byudjet tashkilotlarini, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlik
tuzilmalarini moliyalashga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan foydalanishni
maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan
tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga
muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan
voz kechish;
xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan
qat’iy summalar doirasida tovar(ish, xizmat)lar etkazib beruvchilarning bevosita
hisobraqamlariga byudjet mablag’lari oluvchilar nomidan va ularning topshirig’i
bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi
ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
davlat byudjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini
yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish,
shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat
ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish.
Davlat byudjetining kassa ijrosi, daromadlar va xarajatlar ustidan nazorat
hamda byudjet mablag’larini boshqarish soxasidagi vazifalari:
Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushgan daromadlarni turli
darajadagi byudjetlar o’rtasida taqsimlash, byudjetdan mablag’ oluvchilarning
xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish;
Davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami, shuningdek,
tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi kassa uzilishlari oldini
olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisob raqamlarini joriy etish orqali
boshqarish;
Do'stlaringiz bilan baham: |