- veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish
531
- uy-joy-kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
- aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini saqlab turish
xarajatlari;
4) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar
byudjetlarining mablag’lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim
tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari moliya yili mobaynida
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalardagi qo’shimcha, ko’zda tutilmagan
xarajatlar o’z vaqtida hamda uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlash uchun tashkil
etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari mablag’lari tegishincha
O’zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjeti,
Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va
Toshkent shahrining shahar byudjetiga tushadigan daromadlar hisobidan
shakllantiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari miqdori asosiy
makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozi hamda Davlat byudjetining asosiy
parametrlari tasdiqlanayotganda belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalari mablag’larining
532
taqsimlovchilari tegishincha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlaridir.Mahalliy byudjetlarning ijrosini ta’minlash moliya, soliq, g’aznachilik
organlari tomonidan belgilangan vakolatlar asosida amalga oshiriladi.
Hududiy moliya organlari – o’z tasarrufida O’zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan mablag’ oladigan tashkilotlarga ega bo’lgan yuridik shaxs
sifatida byudjet mablag’larini taqsimlovchilar maqomiga egadir. Bunga ko’ra
Byudjet kodeksining 31-moddasida belga\ilangan vakolatlarga ega, ya’ni:
- byudjetdan ajratiladigan mablag’larni olish uchun byudjet so’rovlarini
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;
- byudjet buyurtmalarini tuzish uchun ko’rsatkichlarni va materiallarni o’z
tasarrufidagi tashkilotlarga etkazadi;
- xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun o’z tasarrufidagi
tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablag’lari
hajmlarini etkazadi;
- o’z tasarrufidagi tashkilotlarning xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini,
shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi;
- tasdiqlangan xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat
jadvallarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi;
- xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi o’zgartirishlar to’g’risida o’z
tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi;
- o’z tasarrufidagi tashkilotlarda byudjet hisobi yuritilishini tashkil etish va
nazorat qilishni ta’minlaydi;
- o’z tasarrufidagi tashkilotlardan moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi;
- O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli davr uchun jamlanma
moliyaviy hisobotlar taqdim etadi.
Byudjet mablag’larini taqsimlovchilar qonun hujjatlariga muvofiq byudjet
sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.