Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

Shartnomalarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirishdagi vazifalari: 


536 

 

Byudjet  tashkilotlarining  tovarlar  etkazib  beruvchilar  bilan  shartnomalarni, 



shuningdek,  Davlat  byudjeti    mablag’lari  hisobidan  kapital    qurilish  bo’yicha 

buyurtmalarning  shartnomalari  xarajatlar  smetasida    ko’rsatilgan  summalar  va 

maqsadlarga  yo’naltirilishi  ustidan  qat’iy    nazorat  o’rnatish  asosida  mazkur 

shartnomalarni  majburiy  ro’yxatdan  o’tkazish  tartibini  joriy  etish  orqali  byudjet 

tashkilotlarining  xarajatlar  smetasida  ko’zda  tutilmagan  hamda  ajratilgan  limitdan 

ortiqcha  xarajatlarni oldini olish; 

Byudjet  tashkilotlarini,  jumladan  mudofaa  va  xavfsizlik            tuzilmalarini  

moliyalashtirishga    yo’naltirilgan  byudjet  mablag’laridan    foydalanishni 

maqbullashtirish  yuzasidan  monitoring  olib  borish,  bunda    ular  tomonidan  

tuzilayotgan  shartnomalarning  sifati  ta’minlanishini,  ularning  maqsadga 

muvofiqligi  va  narx-navo  echimini  nazarda  tutish  hamda    qoidaga  ko’ra 

vositachilik xizmatlaridan voz kechish. 

Davlat  byudjeti  G’aznachilik  tizimiga  o’tilganda  byudjet  muassasalari 

tomonidan  amalga  oshirilgan  xarajatlar  uchun  tulovlar  moliyaviy  majburiyatlarni 

tasdiqlovchi  va  xarajatlar  smetasi    va  ro’yxatga  olingan  shartnomalarda  nazarda 

tutilgan kat’iy summalar doirasida tovarlar  etkazib beruvchilarning bevosita hisob 

raqamlariga  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  nomidan  va  ularning  topshirig’i 

bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish  orqali to’lov  intizomiga  so’zsiz  rioya etilishi 

ustidan joriy nazoratni ta’minlashga erishildi. 

G’aznachilik  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi  tarkibidagi  davlat 

ijroiya  organi  hisoblanadi.  G’aznachilikning  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va 

tumanlarda G’aznachilik bo’linmalari kabi hududiy organlari faoliyat qiladi. 

G’aznachilikka  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vaziri  o’rinbosari, 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tayinlangan  Davlat 

G’aznachisi  rahbarlik  qiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining 

buyrug’iga  muvofiq  G’aznachilikning  hududiy  organlari  tuziladi  va  tugatiladi. 



537 

 

G’aznachilik  organlarining  xarajatlarini  moliyalashtirish  respublika  byudjetidan 



amalga oshiriladi.  

Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  markaziy  apparatining  tashkiliy  tuzilishi  4-

rasmda  ko’rsatilgan  bo’lib,  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vaziriga  zarur 

hollarda  G’aznachilikning  markaziy  apparati  va  uning  bo’linmalari  tuzilmasiga 

moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o’zgartishlar 

kiritish huquqi berilgan. 

Bugungi  kunga  kelib  G’aznachilik  va  uning  hududiy  bo’linmalari  shtatlari 

shakllantirilgan  bo’lib,  markaziy  G’aznachilikka  92  ta,  G’aznachilik  hududiy 

bo’linmalariga 2261 ta, jami G’aznachilik tizimiga 2353 ta shtat birligi ajratilgan. 

Lekin davlat byudjeti g’azna ijrosi bilan qamrab olinayotgan jarayonlarni hisobga 

oladigan  bo’lsak,  g’aznachilik  orqali  byudjet  daromadlari  va  xarajatlari  ijrosi, 

byudjetdan  tashqari  maqsadli  jamg’armalarning  daromad  va  xarajatlari  ijrosi, 

byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  mablag’lari  tushumi  va  sarfi  ijrosi 

amalga  oshirilayotganligini,  bu  bilan  bog’liq  bo’lgan  ish  hajmining  ortib 

borayotganligini  hisobga  olib,  G’aznachilik  amaliyot  boshqarmalari  bo’linmalari 

shtatlari sonini qayta ko’rib chiqish zarurligini e’tirof etish lozim. 

PQ-594-son  Qaror  bilan  shuningdek, G’aznachilik  hududiy bo’linmalarining 

tashkiliy tuzilishi ham tasdiqlangan . 

Moliya 

vazirligi 

G’aznachiligi 

to’g’risidagi 

Nizomga 

muvofiq, 

G’aznachilikning hududiy bo’linmalari quyidagi ishlarni bajaradi: 

  byudjet  tashkilotlari  xodimlariga  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan 

boshqa  to’lovlar,  shuningdek  qonun  hujjatlariga  muvofiq  byudjet  tashkilotlari 

tomonidan  naqd  pul  mablag’lari  bilan  to’lanadigan  boshqa  to’lovlarni  to’lash 

uchun g’aznachilikning bank hisob raqamlariga mablag’lar o’tkazadi; 

  yuridik va  jismoniy  shaxslarning bank  hisobraqamlariga  sudning qarori 

bo’yicha  yagona  g’aznachilik  hisobraqamidan  yoki  g’aznachilikning  boshqa 

hisobraqamlaridan  mablag’lar  o’tkazadi,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  nazarda 




538 

 

tutilgan  tartibda  davlat  organlari  yoki  ushbu  organlar  mansabdor  shaxslarining 



noqonuniy xatti-harakatlari  yoki  harakatsizligi natijasida  fuqarolarga yoki  yuridik 

shaxslarga etkazilgan zararni qoplash uchun mablag’lar o’tkazadi; 

  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  har  kunlik  asosida 

g’aznachilik  hisobraqamlarida  mablag’larning  harakati  to’g’risidagi  axborotni 

elektron shaklda taqdim etadi; 

  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  ular  uchun  g’aznachilikda  yoki  uning 

hududiy bo’linmalarida ochilgan shaxsiy hisobraqamlaridan ko’chirmalar, ularning 

xarajatlarini  qoplashga byudjet mablag’lari o’tkazilganligini  tasdiqlaydigan  to’lov 

hujjatlari va boshqa hujjatlarni taqdim etadi; 

  manbalar  bo’yicha  tegishli  byudjetlar  daromadlari  tushumi  hisobini 

yuritadi; 

  moliya  organlarining  topshirig’i  bo’yicha  yuqori  byudjetlarda  nazarda 

tutilgan rejali dotatsiyalar, subventsiyalar,  byudjet ssudalari summasini va boshqa 

to’lovlarni quyi byudjetlarning shaxsiy g’aznachilik hisobraqamlariga o’tkazadi; 

  byudjet  tashkilotlari  va  buyurtmachilarning  shartnomalari  xarajatlar 

smetasida  ko’rsatilgan  summalar  doirasida  va  maqsadlarga  muvofiq  tuzilishi 

ustidan qattiq nazorat qilish asosida shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazadi; 

  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  nomidan  ro’yxatga  olingan 

shartnomalarda  yoki  boshqa  hujjatlarda  nazarda  tutilgan  summalar  doirasida 

tovarlarni 

etkazib 

beruvchilar 

(ishlarni 

bajaruvchilar, 

xizmatlar 

ko’rsatuvchilar)ning bevosita bank hisobraqamlariga to’lovlarni amalga oshiradi; 

  byudjet  tashkilotlarini,  jumladan,  mudofaa  va  xavfsizlik  tuzilmalarini 

moliyalashtirishga  yo’naltiriladigan  byudjet  mablag’laridan  foydalanishni 

maqbullashtirish  yuzasidan  monitoring  olib  boradi,  bunda  ular  tomonidan 

tuzilayotgan  shartnomalarning  sifati  ta’minlanishini,  ularning  maqsadga 

muvofiqligi  va  narx-navo  echimini  hamda  qoidaga  ko’ra,  vositachilik 

xizmatlaridan voz kechishni nazarda tutadi; 




539 

 

schyot-fakturalar  va  tovarlar  etkazib  berilishi  (ishlar  bajarilishi,  xizmatlar 



ko’rsatilishi)  holatini  tasdiqlaydigan  boshqa  hujjatlar  asosida  byudjet  mablag’i 

oluvchilarning  moliyaviy  majburiyatlari  hisobini  yuritadi  va  boshqa  ishlarni 

amalga oshiradi. 

Bugungi  kunda  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosini  tashkil  etish  borasidagi 

Prezident  qarorlarining  ijrosi  doirasida  Osiyo  taraqqiyot  banki  va  boshqa  g’azna 

ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish bo’yicha chora-

tadbirlar kompleksi ishlab chiqildi. 

G’aznachilik  bo’linmalarining  mas’ul  xodimlari  Byudjet  mablag’larini 

o’tkazish  (so’zsiz  undirish)  uchun  so’rovnomalarini  qabul  qilganlaridan  so’ng 

so’rovnomada  kamchiliklar  aniqlanmasa  so’rovnomalarining  ikkala  nusxasiga 

qabul  qilib  olgan  sanasini  ko’rsatgan  holda  o’z  imzolarini  qo’yadi  hamda  bir 

nusxasini  Byudjet  mablag’larini  o’tkazish  (so’zsiz  undirish)  uchun  so’rovnomani 

yuborgan  moliya  organiga  qaytaradi.  Byudjet  mablag’larini  o’tkazish  (so’zsiz 

undirish) uchun so’rovnomada kamchiliklar aniqlanganida kamchiliklarni bartaraf 

etish uchun so’rovnomaning ikkala nusxasini moliya organiga qaytaradi. 

 G’aznachilik  bo’linmalari  moliya  organlarining  Byudjet  mablag’larini 

o’tkazish  (so’zsiz  undirish)  uchun  so’rovnomani  qabul  qilib  olganidan  so’ng  shu 

ish  kunining  o’zida  «O’RMV»  ATda  mablag’larni  so’zsiz  undirish  uchun 

g’anachilik  memorial  orderi  shakllantiradi  va  g’anachilik  memorial  orderi 

«O’RMV» ATda avtomatik tarzda bajariladi. 

 Buyurtmachilarning  inkasso  topshiriqnomalari  va  to’lov  talabnomalari 

O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish