quyidagi tarzda qayta taqsimlanadi:
• umumdavlat soliqlari va boshqa umumdavlat daromadlari bir qismining
belgilangan tartibda o’rnatilgan me’yorlar asosida turli darajadagi byudjetlar
o’rtasida taqsimlanishi asosida;
• yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga byudjet subventsiyalari va
dotatsiyalarini ajratilishi asosida;
• yuqori byudjet bo’g’inidan quyi byudjet bo’g’inlariga, shuningdek, quyi
byudjet bo’g’inlaridan yuqori byudjet bo’g’inlariga byudjet ijrosi jarayonida
yuzaga keluvchi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mablag’larning yo’naltirilishi
asosida;
• byudjet ssudalarining ajratilishi asosida.
Ma’lumki, respublika byudjetidan mahalliy byudjetlarga ajratiladigan byudjet
subventsiyalari va dotatsiyalari tartibda amalga oshiriladi. Bunday ajratmalarning
mikdori quyidagilarga bog’liq:
•
hududlarning moliyaviy holatiga, jumladan, ularning o’z daromad bazalarining
mustahkamligiga;
•
hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa
umumdavlat vazifalari va dasturlari ko’lamiga;
•
hududlar bo’yicha tovar (ish, xizmat)lar qiymatidagi farqlarga;
•
hududlar aholisining soniga;
•
ushbu hududda joylashgan va tegishli byudjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning
byudjet ajratmalariga bo’lgan ehtiyojiga;
•
hududlar o’rtasidagi moliyaviy nomutanosiblikni bartaraf etish uchun hisobga
olinadigan boshqa omillarga.
527
Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlaridagi kassa tafovuti kassadagi
naqd pul aylanmasiga, yuqori byudjetlar ssudalari hisobiga, oldingi davrlardagi
foydalanilmay qolgan byudjet mablag’lari hisobiga qoplanadi.
Byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish va boshqarish tizimida mahalliy
byudjetlar rioya qilishi lozim bo’lgan cheklanishlar muhim ahamiyatga ega.
Xususan, mahalliy byudjetlar byudjet qonunchiligiga ko’ra, balanslashgan
daromadlar va harajatlar tizimiga ega bo’lishlari zarur. Mahalliy byudjetlarning
haqiqatdagi taqchilligiga yo’l qo’yilmasligi lozim.
Qonunga muvofiq, mahalliy byudjetlar uchun quyidagilar ta’qiqlanadi:
1. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan manbalar
hisobiga o’z byudjetlarini to’ldirish yoki maqsadli fondlar tashkil etish;
2. Byudjet ssudalaridan tashqari boshqa har qanday qarz olishlarni amalga
oshirish;
3. Byudjet qonunchiligida ko’zda tutilgan holatlardan tashqari, o’z byudjet
xarajatlarini tasdiqlangan ajratmalardan ortib ketishiga yo’l qo’yish;
4. Boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va vasiylik xatlari berish;
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga byudjet ssudalarini berish.
Mahalliy byudjetlarning xarajatlari tarkibi Byudjet kodeksida belgilangan
bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning
viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar
amalga oshiriladi
159
:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari, shu
jumladan:
- umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, maktabdan tashqari
ta’lim, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, boshqa yordamchi
va uslubiy ta’lim muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
- bolalar uylari, davlat bolalar shaharchalarini saqlab turish, qonun hujjatlarida
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat
159
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 71-moddasi asosida
528
byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda
tutilgan ta’lim tizimidagi yordamchi xizmatlar va maqsadli tadbirlar xarajatlari;
- respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi filialini, ko’p tarmoqli va
ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini, ixtisoslashtirilgan kasalxonalar va
dispanserlarni, tug’ruqxonalar va akusherlik majmualarini, tibbiy tashxis qo’yish
va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarini, qon quyish xizmati va
sud-tibbiyot ekspertizasi muassasalarini, Salomatlik va tibbiyot statistikasi instituti
filialini, hududiy sog’liqni saqlashni boshqarish organlari tasarrufidagi boshqa
davolash-profilaktika muassasalari va yordamchi tashkilotlarini saqlab turish,
shuningdek qonun hujjatlarida Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika
byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlarga haq to’lash xarajatlari;
- qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash
tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
- hududiy madaniyat va sportni boshqarish organlari tasarrufidagi madaniyat,
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va
sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tasarrufidagi arxivlarni saqlab turish xarajatlari;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimliklari tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-uylari,
pansionatlari va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlarini,
aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir boshqa muassasalarni saqlab turish
xarajatlari, shuningdek maqsadli tadbirlar xarajatlari;
- shahar yo’lovchilar transporti tashuvchilarining yo’lovchilarni va bagajni
cheklangan tariflar bo’yicha tashish, shuningdek alohida toifadagi fuqarolarni
imtiyozli tashish xizmatlarini ko’rsatish bilan bog’liq zararlarning o’rnini qoplash
xarajatlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |