519
Byudjetning yaxlitliligi tufayli respublika o’z tasarrufiga pul resurslarining
yagona markazlashtirilgan jamg’armaini oladi, uni byudjet tizimining faqat biror-
bir bo’g’iniga taqdim etish mumkin emas hamda O’zbekiston Respublikasi davlat
byudjetiga birlashtiriladigan barcha byudjetlarning majmui sifatida ifodalanadi.
Respublika byudjet tizimining yaxlitligi va bir butunligi qonun tomonidan
mustahkamlab qo’yilgan, unda quyi byudjetlarning biri yuqori bo’g’inga kirishi
ko’zda tutilgan.
O’zbekiston
Respublikasi
byudjet
tizimining
etakchi
bo’g’ini - umumrespublika byudjeti.
Respublika byudjeti - Davlat byudjetining umumdavlat tusidagi tadbirlarni
moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va
ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar
uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Milliy daromadni Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash jarayoni umumrespublika byudjeti orqali
tartibga solinadi.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to’laroq hisobga olish va
ularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora-tadbirlar bilan
to’g’ri muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun mahalliy hokimiyat
organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib turishini va resurslardan avaylab
foydalanishdan manfaatdorlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o’sish
sur’atlari mahalliy rezervlarni safarbar etishga, mablag’larni rejali sarflashga doir
ishlarni tashkil etishga bevosita bog’liq bo’lib, bu esa, o’z navbatida, umuman
O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkon
yaratadi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy kommunal xo’jalik va obodonlashtirish,
ta’lim va sog’liqni saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minotga doir tadbirlar va
hokazolar moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat
hokimiyatining iqtisodiy imkoniyatlarini moliyaviy asoslarini yaratadi.
520
Masalan, iqtisodchi G.V. Polyak quyidagi fikrlarni bildiradi “Davlat
byudjetdan o’zining faoliyatini bevosita moliyaviy ta’minlashning instrumenti
sifatida hamda iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim elementi
sifatida foydalanadi”
155
- deb ta’kidlaydi.
Demak, bir tomondan byudjetning paydo bqlishi davlatlarning paydo
bo’lishi bilan bevosita bog’liq bqlib, ikkinchidan, aynan bozor iqtisodiyoti
sharoitida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy sohalaridagi davlat islohotlarini amalga
oshirishning asosiy instrumenti sifatidagi byudjetning sifat belgilariga aniqlik
kiritiladi.
Iqtisodchi L.A Drobozinaning byudjetning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
to’g’risi dagi fikrlari quyidagichadir: “O’zining moddiy mazmuniga ko’ra davlat
byudjeti – o’zida davlatning markazlashtirilgan pul mablag’lari jamg’armasini
shakllantirish va undan foydalanishning alohida shaklidir, o’zining ijtimoiy-
iqtisodiy mohiyatiga ko’ra – milliy daromadni taqsimlashning asosiy qurolidir”
156
-
deb ta’kidlaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo’lishi
lozim. Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari taqchilligiga yo’l qo’yilmaydi
157
.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlarini qabul qilish va ijro etishda:
mablag’lar jalb qilishni amalga oshirishga, bundan yuqori turuvchi
byudjetlardan byudjet ssudalari olish mustasno;
tasdiqlangan byudjetdan ajratilgan mablag’lardan ortiq xarajatlarni amalga
oshirishga, bundan ushbu Kodeksning 143-moddasi ikkinchi qismida nazarda
tutilgan hollar mustasno;
155
Polyak G.B. Budjetnaya sistema RF.-M.: YuNITI, 2011.
156
Drobozina L.A. Finansi.-M.: YuNITI, 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: