212
Tarif kiritilishi oqibatida iste’molchilar talabi arzon import tovaridan qimmat
ichki tovarga yo’naltiriladi. Iste’molchilarning o’sgan to’lovlari yuqori chegaraviy
xarajatga ega, raqobatbardosh bo’lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni
kengayishiga olib keladi. Iste’molchilarning bu yo’qotish
v sohasi bilan
belgilangan bo’lib tarifning «
ishlab chiqarish samarasi» deyiladi va hech
kimning foydasi bilan qoplanmaydi.
Iste’molchilarning
yo’qotishlari
Ishlab
chiqaruvchilar
foydasi
Davlat
daromadi
Jamiyatning sof
yo’qotishi
a + b+ c + d -- a -- s =
b + a
Demak, iste’molchilarning
a sohadagi yo’qotishlari ishlab chiqaruvchilar
foydasining o’sishi hisobiga qoplanadi. Ayni damda iste’molchilar shu tarmoq
korxonalari aktsiyadorlari bo’lishsa, ular yo’qotishlarining bir qismi o’sgan
dividentlar sifatida qaytadi.
«s» sohada davlat olgan daromadini transfert to’lovlarini oshirish, soliqlarni
pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish haqini oshirishi ko’rinishida
iste’molchilarga qaytarishi mumkin.
Ammo «b» Q «d» sohalarda jamiyat sof yo’qotishga duch keladi. Valyuta
kursi o’zgarishi bu yo’qotishlarni bir oz qoplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif
kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga qimmatlashsa import qilinayotgan
tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki bahosi 20 % ga emas, 16 % ga
oshadi. Bu esa tarif kiritilishi oqibatida jamiyatning sof yo’qotish «b» va «d»
sohalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 q 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud
bo’lib, bu tadbir mamlakat iqtisodiyoti holati, xususiyati va qo’yilgan maqsadlar
bilan asoslanadi.
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko’ra import
tariflari:
mamlakat mudofaa sanoatini himoya
qilish imkonini beradi;
mamlakatda bandlilik darajasi o’sishini ta’minlaydi va yalpi talabni
rag’batlantiradi, importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport
o’sadi va joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi xolati yaxshilanadi;
milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya
qilish uchun zarur;
davlat byudjeti daromadlarini to’ldirish manbai bo’lib xizmat qiladi;
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko’rinishidagi chet el raqobatidan
himoya qiladi;
213
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular
yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg’or siljishlar rag’batlantiriladi va
h.k.
Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko’pgina davlatlar o’z ishlab
chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida protektsionizm
siyosatini qo’llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda
ishsizlik xavfini tug’diradi.
Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish,
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish
sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O’zbekistonda avtomobilsozlik
yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj.
Tarmoqni tarifli himoyalanishining haqiqiy darajasini quyidagi misolda ko’rib
chiqamiz. Masalan, O’zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni
tashkil qilsin. Ushbu mashinani ishlab chiqarish uchun zarur bo’ladigan ehtiyot
qismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz miqdorida
o’rnatilsin. Bir dona mashinaning narxi 10000 AQSh dollariga teng bo’lsa, ya’ni
bitta avtomobil uchun zarur bo’lgan ehtiyot qismlarining narxi 7000 dollar,
qo’shilgan qiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun har bir avtomobil
narxi 4000 dollarga o’sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. Ehtiyot
qismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga qilinadigan xarajatlarni 1750
dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Oqibatda mahsulot birligiga ehtiyot
qismlar xarajati 1750 dollarga oshdi. Qo’shilgan qiymat esa 2250 dollarga (4000 -
1750 q 2250) o’sdi. Shunday qilib, tarif kiritilgandan so’ng mahsulot birligiga
to’g’ri keladigan qo’shilgan qiymat 5250 dollarni (3000 Q 2250 q 5250) tashkil
etdi.
Endi esa soha (tarmoq)ning samarali himoyasi formulasidan foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: