2-rasm. Ishlab chiqaruvchilar subsidiya berilishining
iqtisodiy oqibatlari
Jahon amaliyotida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita
usullariga qaraganda bevosita usllaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullar
mazmuniga ko’ra, iqtisodiy, ma’muriy, me’yoriy - huquqiy ko’rinishga ega
bo’lishi mumkin.
Litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy xarakterdagi bevosita usullar ichida
keng tarqalgani hisoblanadi.
Litsenziyalash – bu, tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat
tashkilotlaridan ruxsat olishning ma’lum tartibidir. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarga
mahsulotlar, ishchi va xizmatchilar eksporti hamda moliya operatsiyalarini
o’tkazish, xorijga ishchi kuchini ishga joylashtirish va boshqalar kiradi.
O’zbekistonda litsenziyalar faqat davlat ro’yxatida qayd etilgan tashqi iqtisodiy
faoliyat qatnashchilariga beriladi. Ularni boshqa yuridik shaxslarga berish
taqiqlangan.
Mahsulotlar eksporti va importini litsenziyalash davlatga ular oqimini qattiq
tartibga solish, ba’zi hollarda ularni vaqtincha chegaralash va shu asosda tashqi
iqtisodiy taqchillik o’sishining to’xtash hamda savdo balansining tenglashtirish
imkonini beradi.
Umuman, import mahsulotlarga beriladigan litsenziyalar quyidagi usullar
yordamida joylashtiriladi.
1. Ochiq auktsion – davlat litsenziyalarni yuqori baholarni taklif qilgan ishlab
chiqaruvchilarga berishi.
2. Afzal ko’rish tizimi – davlat birinchi navbatda litsenziyalarni ishlab
chiqarish hajmi jihatdan yirik bo’lgan firma va kompaniyalarga hech qanday shart
va talablarsiz beradi.
216
3. Xarajat usuli – davlat litsenziyalarni yirik ishlab chiqarish quvvatlariga va
resurslarga ega bo’lgan firma va kompaniyalarga beradi.
Mahsulotlar, shuningdek, ishchi va xizmatchilar eksporti va imortiga
litsenziyalar berish huquqiga O’zbekiston Respublikasining quyidagi boshqaruv
tashkilotlari ega: Vazirlar Mahkamasi, Moliya, Adliya, Ichki ishlar, Sog’liqni
saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari, shuningdek, Markaziy bank.
Moliya operatsiyalarini o’tkazishga litsenziyalar asosan Respublika Moliya
vazirligi va Markaziy bank tomonidan o’z va xorijiy banklarga, moliya
muassasalariga beriladi. Ular moliya-kredit muassasalariga mamlakat ichida va
uning tashqarisida chet el valyutasi bilan opreatsiyalarni amalga oshirish, xorijiy
moliya-kredit muassasalariga esa ichki bozorda yuridik va jismoniy shaxslarga
xizmat ko’rsatish huquqini beradi.
Litsenziyalash bilan bir qatorda jahon amaliyotida mahsulotlarni, shuningdek,
ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng
qo’llaniladi.
Bu usulning mohiyati shundan iboratki, unda vakolatli davlat yoki xalqaro
tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi
bo’yicha ma’lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini
belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to’lov
balanslarini ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish uchun muzokaralarda
o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda kvotalash xalq
iste’moli mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni
chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarinigina emas, balki ishchi kuchi oqimlarini
tartibga solishda ham qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat
bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi.
Hozirgi vaqtda kvotalash bojlarga nisbatan ko’proq qo’llanilishiga ikkita
sabab bor:
1. Tarif stavkalari xalqaro savdo kelishuvlariga asosan belgilanadi. Ayrim
hollardan tashqari vaziyatlarda, mamlakatlar tarif stavkasini oshira olmaydilar va
shuning uchun iqtisodiyotni raqobatdan himoya qilish maqsadida kvotalarga
e’tiborni qaratishga majbur bo’ladi.
2. Himoyaga muhtoj tarmoqlar ham importga kvotalar joriy qilishni qo’llaydi.
Chunki, tarifni joriy qilishga nisbatan imtiyozli litsenziyalar olish osonroqdir.
Import kvotalari erkin raqobat sharoitiga ko’proq mos keladi. Tariflarga
nisbatan kvotalarni joriy qilishdan ko’riladigan farovonlikdagi yo’qotishlar ikki
holatda katta bo’ladi. Birinchidan, kvotalar mahsulotlar import qilayotgan milliy
ishlab chiqaruvchilar yoki xorijiy firmalar monopol hukumronligi darajasini
oshirsa. Ikkinchidan, importga litsenziyalar samarasiz joylashtirilsa.
217
Do'stlaringiz bilan baham: |