kret shaxs sifatida odamlar qurshovida yashaydi. Ma’lum gu-
gan kishilar birligidir. Shaxsning guruh va jamoadagi muno-
sabatlarini sotsial psixologiya o‘rganadi. Guruhlar tuzilishiga
95
ko‘ra shartli guruhlar – biror tadqiqotchi tomonidan odam-
larni ma’lum belgilar aso sida (yoshi, jinsi, millati kabilar) bir-
lashtiriladi. Shartli guruhlar keyinchalik munosabatga kirish-
masalar, real guruhlar doimo munosabatda bo‘ladilar (mas.
bir korxonadagi kasbdoshlar). Rasmiy guruhdagi munosabatlar
rasmiy normalar va huquqiy burchlar ti zimi bilan belgilana-
di. Masalan: boshliq bilan xodimlar o‘rtasidagi munosabat-
larni ta’minlovchi guruh rasmiy bo‘lsa, norasmiy – bevosi-
ta psixologik munosabatlarni ta’minlovchi guruh hisoblanadi.
Masalan: do‘stlar guruhi yoki talabalar guruhi dagi barcha qiz-
larning tanaffus paytidagi muloqoti.
Guruhlar, ulardagi o‘zaro munosabatlarga ko‘ra kat-
ta va kichik guruhlarga bo‘linadi. Kichik guruhlar – tarki-
bi jihatidan ko‘p a’zolari bo‘lmagan, umumiy maqsad bi-
lan bog‘langan kishilar uyushmasi, bu turmush qurgan yangi
oila yoki ikki do‘st. Katta guruh – bu chegarasi 12–15 kishi
(G.M. Andreyeva), 30–40 kishi (amerikalik psixolog More-
no)dan iborat, bu guruh a’zolari o‘zaro yaqin munosabatda
bo‘lmasligi mumkin.
Shaxsga bir vaqtning o‘zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri
bo‘ lib turadi. Ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga
ta’siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisining ta’siri esa
sal kamroq bo‘ladi. Masalan: o‘quvchilik yillarida maktabdagi
o‘quvchilar guruhining ta’siri, mahalladagi o‘rtoqlar davrasini-
kidan kuchliroq bo‘lishi, ya’ni xonadonga kelin bo‘lib tushgan
qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan
kuchliroq bo‘lishi tabiiy.
Referent guruh – bunda shaxs guruh a’zolarining niyatlari,
g‘oyalari, qiziqishlari, fikrlariga ergashishga, harakatlaridan an-
daza olishga, ularga taqlid qilishga intiladi.
Normativ guruhlar – bu shaxs uchun shunday insonlar gu-
ruhiki, ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilish-
ga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda
oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, professional guruhlarni
kiritish mumkin. Masalan: o‘zbek xalqi uchun dasturxon solib
o‘tirilgan zahoti yuzga fotiha tortish, mezbonlarning mehmon-
larga «Xush kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi.
96
Qiyoslash guruhi – bu
shunday guruhki, shaxs o‘sha guruh-
ga kirishga, uning ma’qullashiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z
harakatlarini yo‘lga solishda unga asoslanadi. Masalan: talabalar
guruhida shunday yoshlar bo‘lishi mumkinki, shaxs ular bilan
umuman muloqotda bo‘lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlari-
ni yoqlamaydi, lekin bu guruh aynan o‘shalarga o‘xshamaslik va
o‘z ustida ko‘proq ishlashga o‘zini ko‘proq safarbar qilishi uchun
kerak.
Negativ guruhlar – shaxs ularning xatti-harakatlaridan atay-
lab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutlaq farq
qiladi. Masalan: bir-biri bilan chiqisha olmagan ikki qo‘sh de-
vorlarini alohida rangda bo‘yaydi, biri tanlagan rangni ikkin-
chisi xohlamaydi. Biri oq desa ikkinchisi aksincha qora deb
turaveradi. Guruhlar shaxsning shakllanishiga ham ijobiy, ham
salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jamoalar deganda biz umumiy faoliyat maqsadi asosida
birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va shu jamiyat
maqsadlariga to‘la bo‘ysunadigan odamlar guruhini tushuna-
miz. Jamoa inson shaxsini shakllantirish uchun eng qulay
shart-sharoitlar yara tadigan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi,
maktabdagi o‘quv-tarbiya jamoasi, bolalar jamoasi, mehnat ja-
moalari shunday bir muhit hisoblanadiki, unda shaxsning har
tomonlama rivoj lanishi yuz beradi. Bir-biriga yordam, xay-
rixohlik, uyush qoqlik, intizom kabi axloqiy motivlar jamoada
tarkib topadi. Bolani mumkin qadar tezroq jamoaga qo‘shish,
undagi munosabatlarda, birgalikdagi faoliyatda ishtirok eti-
shi muhim hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari jamoasi ning ahil
bo‘lishi uchun turli tadbirlar, olim
piadalar, ko‘rik-tanlovlar,
sport bellashuvlari, kechalar, intellek tual o‘yinlar uyushtirish
jarayoni va birgalashib tashvish tortishlari g‘oyat muhimdir. Bu
jamoani shakllanishiga yordam beradi, bolalarni bir-biriga ya-
qinlashtiradi, ularni dardi va quvonchini his etishga o‘rgatadi.
Jamoada «men» va «ular» degan bir-biriga qarshi bo‘lgan aza-
liy so‘zlar «biz» degan tushuncha vositasida barham topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: