Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:

1. Shaxs – ijtimoiy munosabatlar mahsuli deganda nima-

ni tushunasiz?

2.  Insoniy munosabat deganda nimani tushunasiz?

3.  Professional tinglash texnikasiga nimalar kiradi?

4.  Muloqot qanday tuzilishga ega? 

5.  Stereotiplashtirish nima?

6.  Guruhlar qanday tuziladi?

7.  Jamoadagi va guruhdagi munosabatlarda farq bormi?

8.  IPT nima?



2.4. Diqqat. 

Diqqat haqida tushuncha

Ongning biror-bir predmet, hodisa yoki faoliyatiga qara-

tilishi hamda to‘planishi diqqat  deyiladi. Agar inson diqqat-

e’tiborini o‘zi idrok etayotgan narsaga yoki bajarayotgan ishi-

ga qarata olmas ekan, unda hech bir psixik jarayon maqsadga 

yo‘naltirilgan va unum li bo‘la olmaydi. Ba’zan biron-bir pred-

metga qarab tursak ham uni ko‘rmasligimiz mumkin yoki u 

narsa ko‘zimizga g‘ira-shira ko‘rinib qolishi mumkin. O‘z fikr-

lari bilan band odam yaqin atrofdagilar gaplarini mutlaqo eshit-



99

maydi. Agar diqqatimiz biror-bir narsaga qaratilgan bo‘lsa, biz 

og‘riqni sezmasligimiz mumkin. Agar shu narsaga, predmetga 

butun diqqat-e’tibor bilan qaralsa, shu predmetning miridan-

sirigacha bilib olishimiz mumkin.

Diqqat subyektning atrof-muhitda muvaffaqiyatli ish 

ko‘rishiga imkon yaratadi va tashqi olamning inson psixikasi-

da to‘laroq hamda ravshanroq aks etishini ta’minlaydi. Biron-

bir predmetga diqqat-e’tibor bilan munosabatda bo‘linganda, 

bu predmet ongimizning markazidan o‘rin egallaydi, boshqa 

barcha narsa lar esa shu chog‘da kuchsiz, noaniq idrok qilina-

di. Bunda diqqatimizning yo‘nalishi o‘zgarib turishi mumkin. 

Masalan: kitob o‘qiyotgan shaxsga xona bo‘ylab radiodan tara-

layotgan kuy e’tiborsiz bo‘lishi mumkin. Lekin radiodagi fut-

bol sharhi uning diqqatini tortishi mumkin. Diqqat odatda mi-

mikada, tashqi qi yofada, xatti-harakatda ifodalanadi. Ammo, 

ba’zi paytda o‘quvchi diqqat bilan o‘qituvchi so‘zlarini ting-

layotganga o‘xshaydi, lekin uning fikri-xayoli sinfda yuz bera-

yotgan voqea-hodisalardan ancha olislarda daydib yuradi.

Diqqat shunday muhim bir psixik jarayonki, u odamning 

barcha faoliyatlarida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatda ham 

(masalan, ninaga ip o‘tkazishdan tortib), eng murakkab faoli-

yatni ham (o‘qish, yozish kabi) diqqatning ishtirokisiz baja-

rish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson 

hayotidagi roli benihoya kattadir. Mashhur rus pedagoglaridan 

K.D. Ushinskiy diqqatning inson hayotidagi ahamiyati haqida 

gapirib, bunday degan edi: «Diqqat ruhiy hayotimizning shun-

day yagona bir eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning 

barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi». Haqiqatdan ham, diqqat 

eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga borib yetmaydi.

Diqqatning bilish jarayonidagi ahamiyatini alohida ta’kidlab 

o‘tish lozimdir. Diqqat sezish, idrok qilish, xotira, xayol va ta-

fakkur jarayonlarida har vaqt ishtirok etadi. Demak, diqqat 

barcha aks ettirish jarayonining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat 

barcha psixik jarayonlarda ishtirok etsa ham, lekin diqqatning 

yolg‘iz o‘zi hech narsani aks ettira olmaydi. Odam biron nar-

saga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytda uning tashqi qiyofasida, 

masalan, ko‘z qarashida, ish harakatlarida ayrim o‘zgarishlar 




100

yuzaga keladi. Diqqatning ana shu tashqi alomatlariga qarab 

odam ayni chog‘da diqqatini biror narsaga qaratayotganini yo-

ki qaratmayot ganini aniqlash qiyin emas. Masalan, diqqatimiz 

biron narsaga jiddiy qaratilgan paytda barcha ortiqcha harakat-

lar to‘xtalib organizm qimirlamay qoladi va hatto nafas olishda 

ham o‘zgarish ro‘y beradi. Bunday holatda nafas olish ba’zan 

susayib, ba’zan chuqurlashib turadi.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish