97
qolganla rining tafovut qilishidir. Guruhdagi ijtimoiy psixologik
moslik deganda o‘sha guruh a’zolarining fikrlari, hissiyotlari,
dunyoqa rashi, ustanovkalari (ingl. set bo‘lib ko‘rsatma be rish,
anglanmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish) va o‘zaro munosa-
batlaridan iborat emotsional intellektual holat tushuniladi. Bu
holatni, sotsiometriya (sotsio – jamoa va metriya – o‘lcham)
metodini amerikalik olim Jan Moreno guruhlardagi shaxslar-
aro munosabatlarni o‘lchashga qaratilgan texnika deb atagan.
Sotsio metriya yordamida shaxslararo birgalikdagi harakat ja-
rayonida guruh a’zolarida namoyon bo‘ladigan afzal ko‘rishlik,
befarqlik yoki xush ko‘rmaslikning miqdoriy me’yori aniqla-
nadi.
Masalan:
1. Guruhlardagi odamlar orasidan bevosita, doimo birga
ishlashni xohlagan uch kishini yozing.
1._______________
2._______________
3._______________
2. Siz bilan birga o‘qiydigan kursdoshlaringizdan kimlar bi-
lan birga bo‘sh vaqtlaringizni o‘tkazishni xohlardingiz?
1._________________
2._________________
3._________________
3. Guruhdoshlaringizdan yaxshi o‘qiydigan 3 kishini yo-
zing.
1.__________
2.__________
3.__________
Qoida tariqasida tanlashning ikki yo‘nalishi – birgalikda
mehnat (o‘qish) va vaqtichog‘lik qilish sohasi tavsiya qilina-
di. Guruhdagi tabaqalanishning yakuniy holati sotsiogramma-
da aks etadi. Sotsiometriya metodi juda tezkor bo‘lib guruhda-
gi his siy intilishlar manzarasi yaqqol ko‘rinadi. Afzal ko‘rishlar
(yulduz
lar, bechoralar) natijasi pedagog uchun ahamiyatli
bo‘lib bolalar bilan yakka ish olib borishiga yordam beradi,
shu asosda tarbiyaviy jarayon tashkil etiladi.
98
Guruhlar va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni me’-
yorlashtirish, fazilatlarni tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan us-
lublar majmui mavjud. Ular ijtimoiy psixologik treninglar (IPT)
deb ataladi. «Trening» tushunchasi inglizcha «o‘rgatish», «mashq
qilish» degan ma’noni anglatib, ijtimoiy psixologik trening bu
turli ijtimoiy faoliyat sohalariga shaxsni tayyorlashdan iborat
bo‘lib, bunda asosiy e’tibor shaxs yoki yaxlit guruhning mulo-
qot yoki kommunikativ bilimdonlik darajasini maqsadga mu-
vofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir. Masalan, ko‘plab
o‘quv yurtlarida faoliyatning u yoki bu sohalari uchun mutaxas-
sislar tay yorlanadi. Lekin ularning kelgusi faoliyatlarida odam-
lar bilan murakkab munosabatlarga o‘rgatish, o‘zini va o‘zga
shaxslar hamda yaxlit ijtimoiy guruhlar faoliyatlarini boshqa-
rishga mashqlan tirish va zarur ijtimoiy malakalarni orttirish-
ga qaratilgan tadbirlar va tayyorgarliklar majmuasi treningdir.
Do'stlaringiz bilan baham: