malakalardan ajrata bilish zarur. Ko‘nikmalar asosida bi-
rish malakasi hali egallab olinmagan bo‘lishi mumkin. Masa-
emas. Ko‘nikmalar kishi o‘z faoliyati jarayonida hosil qilgan
88
ma’lum darajada mukammal usulidir. Ko‘nikma bu biror ishni
bajarishga tayyorgarlik, malaka esa faoliyatning avtomatlash-
gan bo‘g‘inidir. Ko‘nikmalar turli darajalarda bo‘lishi mum-
kin: ayrim hollarda ular malakalarda tarkib topishidan oldin
hosil bo‘lishi, boshqa hollarda faoliyatning yanada rivojlani-
shi bo‘lishi mumkin. Uzoq mashq qilinmasa, ishlar takror-
lanib turilmasa, malaka hosil qilib bo‘lmaydi. Ko‘nikma esa
ko‘p mashqlarni bajarmasdan ham paydo bo‘lishi mumkin.
Ko‘nikma uchun talab qilingan narsani tushunish, ishni baja-
rish usulini bilish muhimdir. Agar malakalarimiz qat’iy tarzda
bizdagi bilimlarga tayansa, faoliyatning maqsadi va talablariga
ko‘ra harakatlarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasa, biz
buni ko‘nikma deb ataymiz.
Kishining xulq-atvorida mustahkamlanayotgan va uning
ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlar odat deyiladi. Odatlar xud-
di malakalar singari xulq-atvor va faoliyatning avtomatlash-
gan ele mentlaridan iborat, lekin ular orasida muhim farqlar
ham bor. Inson shaxsiga xos bo‘lgan malaka va odatlarning
nerv-fiziologik asoslarini tushuntirishda akademik I.P.
Pav-
lovning dinamik ste reotip haqidagi ta’limoti juda katta ahami-
yatga egadir.
Bu ta’limot bizga malaka va odatlarning murakkab mexa-
nizmlarini ma’lum darajada tushuna olish imkoniyati-
ni beradi. Har bir odam o‘zining xususiy yashash sharoiti-
ga, ya’ni o‘zining kundalik hayot tarziga o‘rganib, odatlanib
qolgan bo‘ladi. Bu ning asosiy sababi shundaki, odamda ay-
ni shu ha yot tarziga nis batan dinamik stereotip vujudga ke-
ladi. Bordiyu, hayot sha roitini kes kin o‘zgartirsak, dinamik
stereotip buziladi va yangi sharoitga mos keladigan yangi di-
namik stereotip yuzaga kelgunicha ancha vaqt o‘tadi. Chu-
nonchi, bog‘chaga yangi kelgan bola o‘zining nihoyatda odat-
lanib qolgan uy sharoitidan yangi tamomila boshqa sharo itga
o‘rganib ketguncha, ya’ni yangi dinamik stereotip hosil
bo‘lguncha xarxasha qiladi. Odat kishini aynan bir faoli-
yat bilan shug‘ullanishga undaydi. Odatlar maj muidan inson
xarakteri ke lib chiqadi. Odatlarning ijobiy va salbiy turlari
bo‘ladi. Kishida mehnat turi bilan bog‘liq professional odat-
89
lar bo‘ladi. Masalan: shifokor odamning ko‘rinishi, qiyofasi-
ga qarab sog‘lom yoki kasal ekanligiga e’tibor berishga odat-
langan. Ijobiy – aqlni bir joyga qo‘yib ishlashi, tozalikka,
xushmuomalalikka, kishilarga ziyraklik bilan munosabatda
bo‘lishga odatlanishi. Salbiy – ishyoqmaslik, qo‘pollik, che-
kish, ichishga odatlanish, ijobiy odatlarga ega bo‘lish uchun
imkoniyat boricha ijobiy harakatlarni tez-tez takrorlab tu rish,
ularni odatdagi harakatlarga aylantirish, salbiy odatdan xalos
bo‘lish uchun tegishli harakatlarni takrorlamaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: