Maktabgacha yoshdagi


  Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

10.2.  Bolalarni maktabdagi ta’lim jarayoniga psixik jihatdan 

tayyorlash

Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. 

Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi, mak-

tab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Maktab 

yoshidan boshlab bola larning asosiy faoliyatlari va vazifalari 

o‘qish, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish bo‘lib qoladi.

Yetti yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish 

ular dan yangi sifat, yangi xususiyatlarga ega bo‘lishlarini ta-

lab qiladi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, 

o‘tkir zehn, mustahkam xotira, tafakkur, yaxshi nutq, iroda 

va shuning bilan birga mustaqillik, ishchanlik, tartiblilik his-

lari bo‘lishi kerak.




422

Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning ilk yoshdan 

bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdir. Bola-

lar maktabga o‘tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlari-

da ham o‘zgarish yuz beradi. Masalan, yetti yoshga yaqinlash-

gan bolalar bog‘chada «katta», ya’ni katta guruh bolalari deb 

hisoblanar edi. Maktabga o‘tishlari bilan yana «eng kichki-

nalar» qatoriga tu shib qoladilar. Yetti yoshdagi bolalarning 

maktabga o‘tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy 

o‘zgarishlarni nazarda tutib, ularni maktabdagi yangi hayotga 

har tomonlama tayyorlash kerak.

Ma’lumki, bolalar bog‘chasining asosiy vazifalaridan bi-

ri bolalarga har tomonlama tarbiya berib, ular ning taraqqiyot 

darajalarini maktabda o‘qiy oladigan qilishdan iboratdir. Bu 

esa, o‘z navbatida maktabda gi o‘qish bilan bog‘chadagi ta’lim-

tarbiya o‘rtasida ma’lum izchillik bo‘lishini talab qiladi.

Bog‘chada bolalarning jismoniy o‘sishlariga qanchalik e’tibor 

berilsa, ularning aqliy va axloqiy o‘sishlariga ham shunchalik 

e’tibor beriladi. Bolalar ning maktabga chiqishlari doimo nazar-

da tutilib ular bilan o‘tkaziladigan ta’limiy mashg‘ulotlarda 

bolalarning idroki, diqqati, tasavvur va xotiralari, xayol hamda 

tafakkurlari, irodaviy sifatlari izchil ravishda taraqqiy ettirib 

boriladi. Bolalarni maktabdagi o‘qish jarayoniga tayyorlashda  

ularning nutqini o‘stirish juda zaruriy shartlardandir. 

K.D. Ushin skiyning ko‘rsatishicha, bolalarning nutqni egal-

lashlari ular 

ning maktabdagi o‘qishga tayyor ekanliklarini 

ko‘rsatuvchi eng ishonchli dalildir. Shuning uchun tayyor-

lov guruhi bolalarini maktabdagi o‘qishga tayyor lashda ular-

ning o‘z ona tillarini yaxshi, puxta o‘rganishlariga, ya’ni so‘z 

boyligini orttirishga, to‘g‘ri talaffuz qilishlariga va to‘la hamda 

to‘g‘ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash-

da ular ning qiziqishlaridan foydalanish lozim. Katta gu-

ruh bolalari maktab hayoti bilan juda qiziqa boshlaydilar. 

Bolalardagi bunday qiziqishni tarbiyachi qo‘llab-quvvat-

lashi va yanada ortti rib borishi kerak. Buning uchun mak-

tab va unda o‘qish haqida qizi qarli suhbatlar o‘tkazish ham-

da yaqin atrofdagi maktabga eks kursiya uyushtirish yaxshi 



423

natija beradi. Bog‘chalardagi yetti yoshga to‘lgan bolalar-

ning hammasi ham maktabdagi o‘qish mashg‘ulotlariga 

bab-baravar tay yor bo‘lavermaydi. Ayrim bolalar maktab-

dagi yangi sharo 

itga tez kirishib keta olmaydi. Ular 

da 

o‘qish mashg‘ulotlari (dars) uchun qandaydir bir xususi yat 



yetishmayotgandek ko‘rinadi. Bu o‘rinda shunday bir savol 

tug‘iladi. Bo lalarni qay paytda psixologik jihatdan maktab-

dagi o‘qish jarayoniga tay yor deb hisoblash mumkin? Ay-

rim psi xologlarning fikricha, bola maktabda o‘qish uchun 

atrofdagi narsa va hodisa larga doir anchagina tasavvur va 

tushunchalarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy 

jihatdan o‘sgan bo‘lishi lozim. Lekin bu bola ning o‘qishga 

tayyor ekanligini aniq lashda hal qiluvchi omil emas, chun-

ki bu yerda yosh masalasi ham bor.

Yetti yoshga to‘lish davri bog‘cha yoshi davrining tugal-

lanishi va o‘smirlikning boshlanishi davriga to‘g‘ri keladi. 

Xuddi ana shu davrdan boshlab bolalarda o‘z-o‘zini anglash 

tarkib topa boshlaydi. Shuning uchun ham shu davrdan bosh-

lab bolalarni izchil o‘qitishga o‘tish maqsadga muvofiqdir. 

K.D. 

Ushinskiy 



ning fikricha, bolaning maktabda 

gi o‘qish 

faoliyatiga tay yorligi ayrim psixik jarayonlar ning taraqqiyot 

darajasi bilangina emas, balki bola shaxsining umumiy taraq-

qiyot darajasi bilan aniq lanadi.

Shunday qilib, bolaning maktabdagi o‘qishga tayyor-

ligi shaxs ning ijtimoiy yetuklik bosqichlaridan biridir. Le-

kin ijtimoiy tarqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola 

o‘z-o‘zidan ko‘tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog‘chadagi va 

oila dagi butun ta’lim-tarbiya ishi ko‘taradi. Bola yetti yosh-

ga to‘lganda u jismoniy jihatdan ancha o‘sadi, o‘zini idora qi-

lishga, nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga, xulq-atvor 

qoidalari ni o‘zlashtirishga harakat qiladi. U o‘zini bemalol 

eplaydigan bo‘ladi, o‘z kuchiga yarasha mehnat qila oladi, ja-

moada yashashga ko‘nika boshlaydi. Bu davrda bola ning tur-

mush  tajri b a

    

si anchagina ortadi, ko‘p narsalarning nomini va 



ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari 

o‘sib, ko‘pgina she’r va hikoyalarni yoddan bilib oladi. Yetti 

yoshli bola ning nutqi ma’lum darajada rivojlanib, so‘z zaxira-



424

si ko‘payadi. Na tijada u o‘z o‘rtoqlari va kattalar bilan erkin 

suhbat qila oladigan bo‘ladi.

Yetti yoshga to‘lgan bolalarda turli harakatlar ham mus-

tahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi ish qurol-

laridan foydalanish malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davr-

da ham bolada beixtiyor aktivlik hali ustunlik qiladi. Shu sababli 

bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta’sir qila digan narsa-

lar uning diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Bola maktabga chiqqa-

nidan keyin ham uning hayotida o‘yin juda katta o‘rin egallaydi. 

Bola o‘qish mashg‘ulotlaridan bo‘sh paytida har xil o‘yinlarni 

o‘ynashda davom etaveradi. O‘yin jarayonida bola o‘z-o‘zini ido-

ra qilishga, o‘z harakatlarini o‘yin qoidalariga bo‘ysundirishga, 

javobgarlikni sezishga, jamoa manfaatini ustun qo‘yishga odat-

lanadi. O‘yin va bog‘chadagi didaktik mashg‘ulotlar jarayonida 

bolalarning aql-idroki, xotira va tafak kuri o‘sadi. Bular, o‘z nav-

batida, bolaning maktabda o‘qiy olishi uchun psixologik zamin 

tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda, 

albatta, oilada hamda bolalar bog‘chasida olib boriladigan ta’-

lim-tarbiya ishlari hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Bolalarda 5–6 yoshdan ijtimoiy ong tarkib topa boshlaydi. 

Bolalar o‘zlari yashab turgan ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini bel-

gilashga, kattalar bilan yanada yaqinroq munosabatlarga kiri-

shishga intiladilar. Katta guruh bolalari maktabga chiqish-

dan ancha ilgariroq maktab haqida orzu qiladilar, maktabda 

nimalar bo‘lishini kattalardan so‘rab surishtira boshlaydilar. 

Maktab ga borish vaqtini sanaydilar. Agar birorta o‘rtoqlari 

maktabga o‘tib ketsa o‘zlari bog‘chada qolganliklari 

dan 

o‘ksinib yuradilar. Katta yoshdagi bog‘cha bolalarining mak-



tabga intilishi ijtimoiy munosabatlar doirasida yangi mavqeni 

egallashga intilayotganidan dalolat beradi. Ta’limga psixo-

logik tayyorgarlik deganda bolaning obyektiv va subyektiv 

tayyorgarligi nazarda tutiladi. Bola maktab ta’limiga avval 

psixologik jihatdan tayyorlanadi, uning psixikasi bilim olish-

ga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idroki-

ning o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, bola ning qiziquvchanli-

gi, ishonuvchanligi, dilkashligi, xayrixohligi, tafakkurining 

yaqqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajra lib turadi.



425


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish